Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


O‘zbek tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

 
O‘zbek tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari 
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida 
o‘zbek tili fanini o‘qitishning maqsadi:
o‘quvchilarning o‘qish va mehnat jarayonida, jamoat joylarida turli nutqiy 
vaziyatlarda mustaqil ravishda fikrini bayon eta olish, eshitilgan axborotni idrok 
etish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish; 
o‘zbek adabiyotining eng sara namunalari, o‘zbek xalqining tarixiy, madaniy 
hayoti, jahon madaniyatiga va milliy madaniyatga hissa qo‘shgan buyuk allomalar 
ijodiy merosini o‘rganish orqali milliy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda 
bo‘lish malakasini rivojlantirishdan iborat.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida 
o‘zbek tili fanini o‘qitishning asosiy vazifalari: 
o‘quvchilarning kundalik va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun 
o‘zbek tili fani bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini muloqot jarayonida qo‘llash 
malakasini rivojlantiruvchi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish; 
o‘quvchilarning o‘zbek tilida og‘zaki va yozma savodxonligini 
rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish; 
o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlari asosida o‘zini o‘zi mustaqil 
rivojlantirish, egallangan bilim, ko‘nikma va malakasini turli vaziyatlarda qo‘llay 
olishga qaratilgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. 
117 


O‘zbek tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’lim muassasalari o‘quvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari 
1. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish): 
A1  
sodda savollar va gaplar, suhbatlarni tinglab tushuna oladi; 
berilgan matnni (badiiy asardan parcha, she’r) o‘qib tushuna oladi; 
matn ( topishmoq, maqol, ertak, kichik hikoya, she’r) tarkibidagi yangi so‘zlar 
ma’nosini lug‘at yordamida tushuna oladi;
sodda savollarga javob bera oladi, ma’lumot so‘ray oladi;
o‘zi, oilasi, yashash joyi, do‘stlari, tanishlari haqida gapira oladi;
mamlakatimiz ramzlari va bayramlari, an’analari haqida gapira oladi; 
audio-video vositalar yordamida eshittirilgan so‘zlar va gaplar ma’nosini 
tushunib, gapira oladi; 
topishmoq, tez aytish, ertak va kichik hikoyalarni o‘qib tushunadi, mazmunini 
so‘zlab bera oladi
o‘zbek tilida o‘zlashtirilgan 600 ta so‘zni nutqida qo‘llay oladi; 
o‘rganilgan mavzu doirasida o‘z fikrini 6 — 8 ta gap bilan izchil bayon qila 
oladi; 
so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish va bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qilgan 
holda yoza oladi; 
o‘rganilgan so‘zlar va sodda gaplarni, tabriknoma, xat, so‘rovnoma 
ma’lumotlarini to‘g‘ri yoza oladi; 
25 — 30 so‘zdan iborat diktant matnini husnixat talablari asosida yoza oladi.
A1+ 
savollar va gaplarni, eshittirilgan qisqa matn, suhbat, qo‘shiq va she’rlarni 
tushuna oladi; 
so‘zlarni bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qilgan holda yoza oladi; 
xalq og‘zaki ijodi (topishmoq, maqol, tez aytish, ertak) va bolalar adabiyoti 
namunalaridan olingan hikoya, she’rlarni o‘qib tushunadi va mazmunini so‘zlab 
bera oladi, mavzu yuzasidan yoshiga mos tarzda qisqa taqdimot qila oladi. 
A2
audio-video vositalar orqali eshittirilgan xabarlar, ommabop va kundalik 
hayot mavzusidagi yangiliklarni tushuna oladi;
o‘rganilgan mavzularda o‘zaro suhbatlasha oladi va bahslarda ishtirok eta 
oladi;
suhbat jarayonida murojaat etish shakllarini, muomala odobi (etiket) 
elementlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi va fikrga munosabat bildira oladi;
suhbatdoshining gapini bo‘lish, suhbatga qo‘shilish va unga aniqlik kiritish, 
nutqini sekinlashtirishga undash vositalaridan foydalana oladi;
ommabop materiallarni (gazeta, shaxsiy va elektron xatlar) o‘qib tushunadi va 
mazmunini so‘zlay oladi; 
o‘rganilgan matnlar asosida 1300 ta so‘zni nutqida qo‘llay oladi; 
matnni (badiiy asardan parcha, hikoya, xabar) bir daqiqada 70 — 75 so‘z 
tezligida o‘qiy oladi;
118 


70 — 80 so‘zdan iborat matn asosida diktant; 90 — 100 so‘zli matn asosida 
bayon yoza oladi; 11 — 15 gap hajmida matn tuza oladi;
ayrim ish qog‘ozlarini (ariza, tarjimai hol, e’lon, tushuntirish xatini) yoza 
oladi. 
A2+ 
ko‘rgan yoki eshitgan voqea-hodisani, hikoya, ertak, matn mazmunini gapirib 
bera oladi, unga munosabat bildira oladi;
o‘zbek tiliga xos nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi. 
B1
shaxsiy qiziqishlari va kasbiga oid axborot va ma’lumotlarni tinglab tushuna 
oladi;
ijtimoiy va kasbga yo‘naltirilgan mavzulardagi ommabop suhbatlarni, bahs-
munozaralarni tushuna oladi, erkin suhbatlasha oladi, o‘z rejalarini tushuntira 
oladi;
bayoniy va tavsifiy matnlar tuza oladi, matnni kengaytirib, qisqartirib so‘zlab 
bera oladi;
kasbiy mavzularda taqdimot qila oladi, o‘qilgan va ko‘rilgan asar haqidagi 
taassuroti va unga munosabatini bayon qila oladi;
o‘zbek tilida faol qo‘llanadigan 1500 ta so‘zni va 50 dan ortiq iboralarni 
nutqida qo‘llay oladi; 
90 — 100 so‘zdan iborat matn asosida diktant yoza oladi, 2 — 2,5 bet 
hajmida ijodiy matn tuza oladi. 
B1+
Kasbiy mavzularda taqdimot qila oladi, o‘qilgan asar va film haqidagi 
taassuroti va munosabatini bayon qila oladi; 
ma’muriy ish qog‘ozlari, mutaxassislikka oid ichki hujjatlar, hisobotlar va 
boshqa yozma topshiriqlarni imlo qoidalari asosida to‘g‘ri yoza oladi; 
kasb-hunarga oid lug‘at minimumini, o‘zbek tilining milliy-madaniy 
leksikasini, ma’nodosh, shakldosh, uslubiy bo‘yoqdor so‘zlarni nutqda to‘g‘ri 
qo‘llay oladi. 
2. Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, 
leksika, grammatika va uslubiyat): 
A1 
o‘zbek tilining nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi va husnixat talablari 
asosida yoza oladi;
fikrni bayon qilish uchun zarur bo‘lgan sodda grammatik vositalarni og‘zaki 
va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi; 
sodda gaplar tuza oladi.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin