maktab kutubxonasidan mustaqil foydalana oladi, turli janrdagi adabiyotlarni
tanlab mutolaa qiladi, undagi voqea-hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat bildira
oladi.
A2+
turli janrdagi matnlarni obrazga kirib ifodali o‘qiy oladi;
turli janr va hajmdagi 10-12 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan
ifodali ayta oladi;
badiiy asar asosida yaratilgan kichik sahna ko‘rinishlarida qahramonlar rolini
ijro eta oladi.
Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi:
A2
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyoti namunalarini
(nasriy, she’riy, dramatik asar yoki ulardan olingan parchani)
farqlaydi va tahlil
qila oladi;
badiiy tasvir vositalarini farqlay oladi, ularni berilgan matndan topib, tahlilda
foydalana oladi;
asarda tasvirlangan insoniy his-tuyg‘ular xususida fikr yurita oladi;
badiiy asarda aks etgan voqelikni estetik tahlil qila oladi;
asar qahramonlari xarakteriga xos bo‘lgan fazilatlar va xislatlarga munosabat
bildiradi, baholay oladi, ularni hozirgi kun bilan qiyoslab xulosa chiqara oladi;
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyotiga oid asar va
uning qahramonlariga yozma hamda og‘zaki tavsif bera oladi;
musiqa yoki rangtasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qila oladi va so‘z
bilan ifodalab bera oladi.
A2+
asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyati va yozuvchi mahoratini baholay oladi;
adabiy janr imkoniyatlaridan kelib chiqadigan
badiiy-estetik hodisalarga
mustaqil va ijodiy munosabat bildira oladi;
asarlarga annotatsiya, taqriz hamda kichik xabar, lavhalar yoza oladi.
Dostları ilə paylaş: