Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
o‘zbek tili kommunikativ tamoyil asosida ikkinchi til sifatida o‘qitiladi. Shuning
uchun ta’lim mazmunida asosiy diqqat-e’tibor nutqiy va lingvistik
kompetensiyaga
qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning o‘zbek tilidan egallaydigan lingvistik bilimlari
vositasida kundalik turmush, ijtimoiy-madaniy hayot, mutaxassislik
sohalarida
og‘zaki va yozma erkin muloqot yurita olishlariga qaratilgan.
Boshlang‘ich ta’limda o‘zbek tili fanini o‘qitishdan maqsad, avvalo, o‘zbek
tilining nutq tovushlari va harflari bilan tanishtirish, so‘ngra o‘quvchilarning lug‘at
boyligini
oshirish, o‘zbek tilida muloqotga kirisha olish ko‘nikmalarini hosil
qilishdan iboratdir. Shunga ko‘ra 2-4-sinflar o‘quv dasturida avval
talaffuz qilish,
o‘qish, yozish, so‘ngra
lug‘at, nutq namunalari, tinglab tushunish, so‘zlash,
o‘qish va
yozish bo‘yicha o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi shakllantiriladi.
5-9-sinflardan boshlab esa o‘quvchilarga o‘zbek tilida so‘z tarkibi,
so‘zlarning yasalishi va o‘zgarishi, so‘z turkumlari, so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi,
so‘z birikmasi hamda gap tuzish qonuniyatlarini o‘rgatish yuzasidan
nazariy
bilimlarni berish ko‘zda tutiladi. Ushbu bilimlar asosida hosil qilinadigan
ko‘nikma-malakalar bitiruvchilarda o‘zbek tilida so‘zlarni o‘zaro to‘g‘ri bog‘lab
gap
tuza olish, nutqning dialogik va monologik shakllarida erkin muloqot yurita
olish kompetensiyasini shakllantirishi lozim. Shundan kelib chiqib o‘quv
dasturida
sinflar kesimida har bir nutqiy mavzu doirasida
leksik-grammatik minimum (faol
so‘zlar, birikmalar, so‘z shakllari),
muomala odobi,
adabiy o‘qish va
ish
Dostları ilə paylaş: