Ўзр вазирлар Маҳкамасининг



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

qog‘ozlarini yozish 
yuzasidan materiallar berildi. Ushbu materiallar 
o‘quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 5-6-sinflarda leksika, 
grammatika, muomala odobi, adabiy o‘qish; 7-9-sinflarda esa leksika
grammatika, ish qog‘ozlarini yozish va adabiy o‘qish sifatida taqsimlandi. 
Bunda nutqiy kompetensiya har bir sinf uchun uzviylik va uzluksizlik asosida 
belgilangan nutqiy mavzular va ular bo‘yicha beriladigan faol so‘z va birikmalar, 
nutq namunalarida, lingvistik kompetensiya esa grammatik bilimlar va so‘z 
shakllarida ifodalanadi. Grammatika bilan tanishtirishda 5-8-sinflarda tilning 
morfologiya bo‘limiga oid ma’lumotlarni, 9-sinfda esa sintaksis bo‘limiga oid so‘z 
birikmasi va sodda gapga doir ma’lumotlarni soddadan murakkabga tomon 
izchillikda o‘stirib boriladi. O‘zlashtirilgan so‘zlar, birikmalar va egallangan 
bilimlar orqali o‘quvchilarda nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni 
shakllantirishga erishiladi.
O‘zbek tilini o‘qitishda, shuningdek, muomala odobi va rasmiy muloqot 
yuritish hamda adabiy o‘qish bo‘yicha beriladigan materiallarning o‘rni ham 
nihoyatda muhim. Shunga ko‘ra, 5-sinfda muomala odobiga oid iboralar, 9-
sinfda esa rasmiy ish qog‘ozlari yuritishga oid ma’lumotlarni berildi. Adabiy 
o‘qish materiallari ham o‘quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
taqsimlandi: 5-sinfda o‘quvchilarni ertaklar, she’rlar, topishmoq va maqollar bilan, 
6-7-sinflarda hikoyalar, rivoyatlar, o‘zbek bolalar adabiyoti namunalari bilan 
tanishtirish, 8-9-sinflarda esa o‘zbek yozuvchilarining asarlaridan parchalar
publitsistik matnlar ustida ishlash ko‘zda tutildi. O‘quv dasturida har bir bo‘lim 
bo‘yicha o‘quvchilarda A1, A1+, A2, A2+ darajalar uchun shakllantiriladigan 
121 


tayanch va fanga oid kompetensiyalarning elementlari nutqiy mavzu va shu mavzu 
doirasida beriladigan bilimlar mazmunidan kelib chiqib belgilandi.
O‘zbek tili fanidan o‘quv dasturidagi “Kun tartibim”, “Tejamkorlik”, “Suv – 
hayot manbai”, “O‘zbekistonning suv havzalari”, “Tejamkor bo‘laylik”, 
“Ekologiya va biz” kabi mavzularni o‘tishda “Tejamkorlik saboqlari” o‘quv 
qo‘llanmasidagi materiallardan unumli foydalanish mumkin. Quyida A1, A1+, A2, 
A2+ darajalar uchun shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalarning elementlari 
berildi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin