7-9-mavzular. Murojaat bosqichi. Tanishishning milliy, hududiy va ijtimoiy
xususiyatlari (3 soat) 10-11-mavzular. Xayrlashuv odobi va bosqichlarining o‘ziga xos tomonlari.
(2 soat) So‘zlash, tinglash va nutq madaniyati (11 soat) 1-2-mavzular. So‘zlash odobi. Matn ustida ishlash. (2 soat) 3-5-mavzular. Nutq vaziyatiga ko‘ra tinglash odobining turlari. (3 soat) 6-8-mavzular. Tinglash odobining nutq madaniyatida tutgan o‘rni. (3 soat) 9-11-mavzular. Nutq jarayonida sukutning o‘rni, nutq vaziyatida tinglash
odobining turlari (e’tiborli va e’tiborsiz tinglash). (3 soat) Takrorlash. (3 soat) 7-SINF (102 soat, A2+ :136 soat) (haftasiga 3 soat, A2+: 4 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A2 – eshitilgan yoki o‘qilgan matnlardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish,
saralash.
A2+ – axborot manbalaridan foydalanib, ma’lumotlarni o‘zaro almasha olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi : A2 – doimiy ravishda mustaqil o‘qib-o‘rganish, bilimni oshirib borish,
kognitivlik (ijodiylik) ko‘nikmasini shakllantirish.
A2+ – o‘zining qobiliyatini namoyon qila olish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: A2 – mavzu doirasida berilgan matnlar mazmuni orqali milliy qadriyatlarga
e’tiqodli bo‘lish.
A2+ – ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A2 – dars va mashg‘ulot jarayonlarida faol ishtirok etish;
30
– o‘zining fuqarolik burchlarini bilish.
. A2+ – dars va mashg‘ulot jarayonlarida faol ishtirok etish;
– o‘zining fuqarolik burch hamda huquqlarini bilish.