Ўзр вазирлар Маҳкамасининг



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

Takrorlash. (4 soat) 
ONA TILI FANIDAN O‘QUV DASTURI 
(10-sinf) 
 
Uqtirish xati 
Ona tili ta’limining asosiy maqsadi – o‘quvchilarning o‘z fikrini og‘zaki va 
yozma tarzda to‘g‘ri hamda ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati 
shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan 
muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat. 
Ona tili fanini o‘qitishning vazifasi esa o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar 
fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila 
olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; ona tilining 
36 


imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrni to‘g‘ri va ravon bayon eta 
olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish; 
yozma nutqda yuksak savodxonlik, adabiy til meyorlariga rioya etish, uslubiy 
rang-baranglikdan foydalana olish hamda fanning mazmunidan kelib chiqqan 
holda o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. 
Ona tili fanining 10-11-sinf o‘quv dasturi davlat ta’lim standartining B1 
darajasi talabi asosida tuzilgan. Davlat ta’lim standartining B1 darajasi 10-11-
sinf ta’limi bosqichi uchun meyor hisoblanadi. Mazkur ta’lim bosqichi 
bitiruvchilari davlat ta’lim standartining ushbu darajasi uchun qo‘yilgan talablarga 
javob berishlari shart. Shundan kelib chiqib, har bir ta’lim bosqichi uchun ta’lim 
mazmuni uzviylik va uzluksizlik asosida taqsimlangan. 
10-11-sinfda ona tili ta’limi o‘rta ta’lim bosqichida olingan bilimlarni 
chuqurlashtiradi va rivojlantiradi. Bu esa o‘rta ta’lim bosqichi ona tili ta’limida 
o‘rganilgan o‘quv materialining maxsus takrorlanishini inkor etmaydi. 
Dasturda o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan leksik-grammatik bilimlar 
majmui o‘zaro bog‘liq va uzviy tarzda talqin etilgan bo‘lib, o‘quvchilarning bilim 
va dunyoqarashi ko‘lamiga, ijtimoiy hayot va davlat siyosatidan kelib chiqadigan 
ta’limiy-tarbiyaviy vazifalarga asoslangan. 
Ona tili o‘quv rejasida 10-11-sinflar uchun jami 68 soat hajmida 
belgilangan. Shundan 10-sinf 34 soat, 11-sinf uchun 34 soatga mo‘ljallangan. 
o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalar  bilan 
birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Bunga 
ko‘ra, Ona tili fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda quyidagi tayanch 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin