Mustahkamlash. Yuklama, undov, modal, taqlid va tasdiq hamda inkor
so‘zlar bo‘yicha tahlil. (1 soat).
Olmosh, egalik va kelishik shakllari yuzasidan o‘tilganlarni takrorlash. (2 soat, A2+:4 soat) Nazorat ishi va tahlil. (2 soat) Yordamchi so‘zlar. Undov, taqlid va modal so‘zlar yuzasidan
o‘tilganlarni takrorlash. (1 soat) 65-66-mavzular.Matndagi asosiy fikrni aniqlash. Matnni o‘qish va qayta
hikoya qilish. Tasviriy matnni qayta hikoya qilish. (2 soat, A2+:3 soat) Takrorlash. (1 soat) 67-mavzu.Ish qog‘ozlari ustida ishlash. Asosiy atamalar ustida ishlash. (1 soat) Yakuniy dars. Yozgi ta’til uchun topshiriqlar. O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish): A2 tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi asosiy voqea-hodisalarni tushuna oladi;
matnlarni, so‘z, iboralarni ma’nosini anglagan holda to‘g‘ri o‘qiy oladi;
fikrini to‘g‘ri va ravon bayon qila oladi;
105-125 ta so‘zdan iborat bo‘lgan diktantni yoza oladi, imlo, tinish belgilari
qoidalariga amal qiladi. 12-15 gapdan iborat ijodiy matn yoza oladi, imlo, tinish
belgilari qoidalariga amal qiladi.
A2+ 125-130 ta so‘zdan iborat bo‘lgan diktantni yoza oladi, imlo, tinish belgilari
qoidalariga amal qiladi. 19-20 gapdan iborat ijodiy matn yoza oladi, imlo, tinish
belgilari qoidalariga amal qiladi. Lingvistik kompetensiya: A2 olmosh so‘z turkumi, so‘zlarning yordamchi so‘z turkumlari, undov, taqlid
so‘zlarni izohlay oladi, gaplarning ifoda qurilishida foydalana oladi. A2+ olmosh so‘z turkumi, so‘zlarning yordamchi so‘z turkumlari, undov, taqlid
so‘zlarni izohlay oladi, gaplarning ifoda qurilishida foydalana oladi.