umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida
adabiyot fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:
o‘quvchilarning og‘zaki nutqi adabiy til me’yorlari asosida shakllanishi va
rivojlanishini ta’minlash, nutqiy kompetensiyani o‘stirish;
46
yozma nutqda yuksak savodxonlik, adabiy til me’yorlariga rioya etish,
uslubiy rang-baranglikdan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish
hamda adabiyot fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda tayanch
kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Adabiyot fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari
1. Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon
qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish).
A1
ixcham matn asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna
oladi;
ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, rivoyat, hikoyat, masal, xalq qo‘shiqlari,
hikoya, she’rlarni o‘qib tushunadi va mazmunini qayta so‘zlab bera oladi;
yozma va bosma harflarni, ular ifodalaydigan tovushlarni to‘g‘ri talaffuz eta
oladi;
matnni gap ohangiga rioya qilgan holda aniq, ravon o‘qiy oladi;
bir daqiqada 50 — 55 so‘zni o‘qiy oladi;
monologik va dialogik nutqda o‘z fikrini aniq ifodalay oladi;
o‘rganilgan mavzular doirasida 5-6 gapdan iborat kichik ijodiy matn yoza
oladi;
maktab kutubxonasidan foydalana oladi;
kichik hajmdagi 8 — 10 ta she’rni yoddan aytib bera oladi.
A1+
bir daqiqada 55 — 60 so‘zni o‘qiy oladi;
asar qahramonlari, tabiat tasviri haqida 7-8 gapdan iborat kichik ijodiy matn
yoza oladi;
kichik hajmdagi 10 — 12 ta she’rni yoddan aytib bera oladi.
A2
badiiy asarlar asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni tinglab
tushunadi, tegishli munosabat bildira oladi;
nasriy, she’riy, dramatik asar namunalarini ifodali o‘qiydi va mazmun-
mohiyatini tushuna oladi;
badiiy asar syujetini qayta so‘zlab bera oladi;
turli janr va hajmdagi 8 — 10 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan
ifodali ayta oladi;
adabiy, adabiy-ijodiy va erkin mavzulardagi insholarga xos xususiyatlarni
biladi va ushbu yo‘nalishlarda insho (5 — 7 sahifa) yoza oladi;
adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda turli mavzularda taassurot, referat
va ijodiy matn yoza oladi, unda xalq maqollari, matallari, hikmatli so‘z, badiiy,
publitsistik asarlardan o‘rinli foydalana oladi;
maktab kutubxonasidan mustaqil foydalana oladi, turli janrdagi adabiyotlarni
tanlab mutolaa qiladi, undagi voqea-hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat bildira
oladi.
A2+
47
Turli janrdagi matnlarni obrazga kirib ifodali o‘qiy oladi;
turli janr va hajmdagi 10 — 12 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan
ifodali ayta oladi;
badiiy asar asosida yaratilgan kichik sahna ko‘rinishlarida qahramonlar rolini
ijro eta oladi.
B1
Badiiy ijod namunalari (nasriy, she’riy, dramatik asar)ni ifodali o‘qiy oladi,
ularning ijtimoiy hamda badiiy-estetik mazmun-mohiyatini tushunadi, anglaydi va
idrok eta oladi;
badiiy asar syujetida aks etgan nutq tiplarini, tasvir, mulohazalarni o‘zgalarga
tushuntirib bera oladi, tasvirlangan voqea-hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat
bildira oladi;
shaxs sifatida adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda to‘g‘ri va tushunarli
so‘zlay oladi, o‘z fikrini boshqalarga yetkaza oladi;
xalq maqollari, matallari, aforizmlardan og‘zaki nutqda o‘rinli foydalana
oladi;
turli janr va hajmdagi 12 — 14 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan
ifodali ayta oladi.
B1+
o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarining janr xususiyatlarini ajrata oladi;
musiqa va rang-tasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qiladi va uni so‘z
bilan ifodalay oladi;
adabiyot va uning muayyan davri, janri haqida keng tushuncha, tasavvurlarni
tushuntira oladi;
turli janr va hajmdagi 14 — 18 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan
ifodali ayta oladi.
2. Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi
A1
matndagi so‘z va gaplarning ma’nolarini tushuna oladi;
asar mazmunidan ta’sirlana oladi;
xalq og‘zaki ijodi namunalarini (ertak, topishmoq, maqol, masal, tez aytishni)
farqlay oladi;
o‘rganilgan asarlarning nomi, muallifi, mazmuni va qahramonlarini ajrata
oladi;
asar qahramonlariga munosabat bildira oladi;
o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi.
A1+
mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan asarlarda tasvirlangan voqea-hodisalar
mazmunini tushunib, qayta hikoya qila oladi, asar qahramonlariga munosabat
bildira oladi.
A2
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyoti namunalarini
(nasriy, she’riy, dramatik asar yoki ulardan olingan parchani) farqlaydi va tahlil
qila oladi;
48
badiiy tasvir vositalarini farqlay oladi, ularni berilgan matndan topib, tahlilda
foydalana oladi;
asarda tasvirlangan insoniy his-tuyg‘ular xususida fikr yurita oladi;
badiiy asarda aks etgan voqelikni estetik tahlil qila oladi;
asar qahramonlari xarakteriga xos bo‘lgan fazilatlar va xislatlarga munosabat
bildiradi, baholay oladi, ularni hozirgi kun bilan qiyoslab xulosa chiqara oladi;
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyotiga oid asar va
uning qahramonlariga yozma hamda og‘zaki tavsif bera oladi;
musiqa yoki rangtasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qila oladi va so‘z
bilan ifodalab bera oladi.
A2+
asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyati va yozuvchi mahoratini baholay oladi;
adabiy janr imkoniyatlaridan kelib chiqadigan badiiy-estetik hodisalarga
mustaqil va ijodiy munosabat bildira oladi.
asarlarga annotatsiya, taqriz hamda kichik xabar, lavhalar yoza oladi.
B1
badiiy ijod namunalarini (nasriy, she’riy, dramatik asarni) ifodali o‘qiydi,
ularning ijtimoiy hamda badiiy-estetik mazmun-mohiyatini tushunadi, anglaydi va
idrok etadi;
badiiy asar syujetida aks etgan nutq tiplarini, tasvir, mulohazalarni o‘zgalarga
tushuntirib beradi, tasvirlangan voqea-hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat
bildiradi;
shaxs sifatida adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda to‘g‘ri va tushunarli
so‘zlaydi, o‘z fikrini boshqalarga yetkaza oladi;
xalq maqollari, matallari, aforizmlardan og‘zaki nutqda o‘rinli foydalanadi;
she’riy matn yoki uning parchasini ifodali yod ayta oladi.
B1+
o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini ifodali o‘qiydi, she’riy san’at turlari,
janr xususiyatlarini ajrata oladi;
musiqa va rang-tasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qiladi va uni so‘z
bilan ifodalay oladi;
adabiyot va uning muayyan davri, janri haqida keng tushuncha, tasavvurlarini
tushuntira oladi;
asarlarga annotatsiya, taqriz hamda kichik xabar, lavhalar yoza oladi.
Dostları ilə paylaş: |