pochta va boshq.) foydalana olish va ulardagi materiallarga ongli munosabat
bildirish, xulosa chiqarish, ibrat olish va o‘z faoliyatida qo‘llay olish.
A2+
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet,
kitob, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron
pochta va boshq.) zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta
ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-
madaniyatga rioya qilish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-
ma’naviy ehtiyojga aylantira olish;
badiiy asarlarda tasvirlangan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash
va ularga amal qilish;
badiiy kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rganish, xulosa chiqarish, ibrat olish;
o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat
qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera olish.
A2+
badiiy, publitsistik, ilmiy, ilmiy-ommabop, fan va texnika, san’at va
boshqalarga doir kitoblarni muntazam o‘qish, o‘rganish va xulosa chiqarish,
tegishli holatlarda ulardan o‘z fikrining isboti va dalili sifatida amaliyotda
foydalana olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va
unda faol ishtirok etish;
maktabda va maktabdan tashqari adabiy-badiiy yo‘nalishdagi tadbirlarda
(turli mavzudagi ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar va h.k.) faol ishtirok etish,
atrofdagi insonlar bilan xushmuomalada bo‘lish;
badiiy asarlarda xilma-xil shakl va ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladigan
qahramon va personajlarning ijtimoiy-ma’naviy, fuqarolik, insoniylik va boshqa
burch hamda huquqlarini bajarishlaridagi o‘ziga xosliklar (halol, vijdonli,
jonkuyar, loqayd...) ga qarab turib xolis va jiddiy mulohaza yuritish.
A2+
badiiy asarlarda aks etgan yuksak ma’naviy fazilatlar, shuningdek, yuksak
badiiyat namunalarini anglay olish, his etish va boshqalarga yetkazishga intilish.
Dostları ilə paylaş: