Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


-44-mavzu. Herman Hessening “Oy shu’lasi (Bo‘ri)” hikoyasi. (3 soat)



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

42-44-mavzu. Herman Hessening “Oy shu’lasi (Bo‘ri)” hikoyasi. (3 soat) 
Yozuvchi haqida qisqacha ma’lumot.
Uning “Oy shu’lasida” hikoyasida qishloq odamlarining o‘z ovullariga 
oralagan bo‘riga qarshi kurashganlarining tasvirlanishi. Asarning tabiat va inson 
o‘rtasidagi yo‘qolib borayotgan muvozanat haqida fikrlashga undashi.
45-48-mavzu. Daniel Defo. “Robinzon Kruzo” asaridan parcha. (4 soat, 
A2+: 6 soat) 
Adib haqida qisqacha ma’lumot. Asardan olingan parchada qiziqarli sayohat 
voqealari har doim ham ko‘ngilli tugamasligi, lekin insonning matonati har qanday 
tashvishni yengib o‘tishining ishonarli tasvirlanganligi (2 soat). 
Asar qahramonining o‘ziga xos insoniy sifatlari, bukilmas irodasi, yashashga 
nisbatan ishonchining so‘nmasligi. Asarning badiiy xususiyatlari (2 soat). 
Hamza Hakimzoda Niyoziy. She’rlar. (A2+: 2 soat) 
Shoir haqida qisqacha ma’lumot. Shoir she’rlarida yolg‘on bilan rost 
o‘rtasidagi farqning ko‘rsatilishi. Yolg‘onchi albatta o‘z jazosini olishi 
muqarrarligi tasviri. “Mevalar mojarosi” she’rida kibrning ramziy timsollarda 
ifodalanishi.
Nazorat ishi: Insho va uning tahlili.
 (2 soat) 
O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan 
asarlar: 
Abdulla Qodiriy. Hikoyalar. 
Oybek. “Bolalik xotiralarim” qissasi. 
Mirkarim Osim.“Zulmat ichra nur” qissasi. 
O‘tkir Hoshimov. “Dunyoning ishlari” asari. 
Herman Hesse. Hikoyalar. 
Daniel Defo. “Robinzon Kruzo” asari. 
 
IV. 
MUMTOZ ADABIYOT BO‘STONI 
(12 soat, A2+: 5 soat) 
 
49-53-mavzu. Alisher Navoiy. “Hayrat ul-abror” dostoni. (5 soat, A2+:6 
soat). 
60 


Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida qisqacha annotatsia. 
“Hayrat ul-abror” dostonidan olingan “O‘ninchi maqolot”da to‘g‘rilikning 
qanchalar azob bilan bo‘lsa-da, g‘olib kelishi, yolg‘on va egrilikning oxir-oqibat 
yengilishining tasvirlanishi (2 soat). 
Buning Sher bilan Durroj qismati misolida aks ettirilgani. “Sher bilan 
Durroj” asari matnining o‘quvchilar tomonidan o‘qilishini ta’minlash (2 soat) 
Hikoyatlarning ramziy ma’nosi. Inson ma’naviy qiyofasini aks ettiruvchi 
hikoyatlarning badiiy va axloqiy xususiyatlari (1 soat). 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin