Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


-19-mavzu. Nodira. G‘azallar. (2 soat, A2+: 4 soat))



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

18-19-mavzu. Nodira. G‘azallar. (2 soat, A2+: 4 soat))
Nodiraning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Nodira g‘azallarida 
hijron va ayriliq ohanglari. Ularning badiiy yetukligi, g‘azallarda ayol 
tuyg‘ularining ifodalanishi. “Doda keldim...”, “Vasl uyin obod qildim...”, “Kel 
dahrni imtihon etib ket...” g‘azallarining tahlili. 
 
O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan 
asarlar: 
Lutfiy. G‘azal va tuyuqlar. 
Alisher Navoiy. G‘azal va qit’alar. 
Nodira. G‘azallar. 
 
III. XX ASR O‘ZBEK ADABIYOTI 
(23 soat, A2+: 25 soat ) 
 
20-21-mavzu. G‘afur G‘ulom. “Sog‘inish”, “Vaqt”, “Bilib qo‘yki, seni 
Vatan kutadi” she’rlari. (2 soat, A2+: 4 soat) 
G‘afur G‘ulomning XX asr o‘zbek she’riyatida tutgan o‘rni.
“Sog‘inish” she’rida otaga xos sog‘inch tuyg‘usining tiniq va jozibali 
ifodalanishi. Lirik qahramon tabiatida milliy o‘ziga xoslikning bo‘rtib ko‘rinishi. 
She’rda yaxshilikka, ezgulikka, ertangi kunga ishonch tuyg‘ulari falsafiy 
tasvirlanishi. “Vaqt” she’rida umr falsafasi, hayotning har bir daqiqasini qadrlab va 
iz qoldirib yashashga da’vatning yuksak poetik shaklda ifodalanishi. “Bilib qo‘yki, 
seni Vatan kutadi” she’rida barkamol yoshlarni Vatan kutayotganligini, ularning 
90 


Vatani oldidagi mas’uliyati shoirona mahorat bilan tasvirlanishi. Shoir she’rlarida 
so‘z qo‘llash san’ati. 
22-24-mavzu. M. Shayxzoda. “Jaloliddin Manguberdi” dramasi 
(3 соат, 
А2+: 5 соат). 
Shayxzodaning o‘zbek dramaturgiyasi taraqqiyotida tutgan o‘rni. 
“Jaloliddin Manguberdi” dramasi o‘zbek adabiyoti dramaturgiyasining yetuk 
namunasi sifatida. Asarda mo`g`il istilochilariga qarshi kurashgan xalq qahramoni 
Jaloliddin Manguberdi obrazi va unga xos bo`lgan vatanparvarlik sifatlarining 
tasviri. Asar qahramoni haqidagi tarixiy haqiqat va badiiy to‘qimaning o‘zaro 
munosabati. Dramadagi falsafiy ruh va til jozibadorligi.
Nazariy ma’lumot. Drama. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin