Mavzu. Hamza Hakimzoda Niyoziy. “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” dramasi. (A2+: 4 soat) Hamzaning o‘zbek milliy dramaturgiyasi shakllanishi va taraqqiy etishiga
qo‘shgan hissasi. XX asr boshida yaratilgan sahna asarlarida ma’rifatparvarlik,
milliy ma’naviyat va axloq, dunyoviy tafakkur targ‘ibining markaziy o‘ringa
chiqishi. “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” dramasining o‘z davri dramatik
asarlari bilan g‘oyaviy va badiiy aloqadorligi. Dramaning yaratilishiga turtki
bo‘lgan ijtimoiy-ma’naviy muhit. Asarning markaziy qahramonlari Mahmudxon
va Maryamxonning mazkur muhitga munosabati. Asarda otalar va bolalar
muammosi tahlili. Dramaning badiiy xususiyatlari. Asarning bugungi kundagi
ahamiyati.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon
qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish): A2 badiiy asarlar asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni tinglab, ko‘rib
tushunadi, tegishli munosabat bildira oladi;
nasriy, she’riy, dramatik asar namunalarini ifodali o‘qiydi va mazmun-
mohiyatini tushuna oladi;
badiiy asar syujetini qayta hikoya qila oladi;
adabiy, adabiy-ijodiy va erkin mavzulardagi insholarga xos xususiyatlarni
biladi va tegishli yo‘nalishda insho (5-6 sahifa) yoza oladi;
adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda turli mavzularda taassurot, referat
va ijodiy matn yoza oladi, unda xalq maqollari, matallari, hikmatli so‘z, badiiy
asarlardan o‘rinli foydalana oladi;
turli janrdagi adabiyotlarni mustaqil tanlab, mutolaa qiladi, undagi voqea-
hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat bildira oladi.
A2+ turli janrdagi matnlarni obrazga kirib ifodali o‘qiy oladi;
91
badiiy asar asosida yaratilgan kichik sahna ko‘rinishlarida qahramonlar rolini
ijro eta oladi.