Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


Nazorat ishi: Insho va uning tahlili. (2 soat, A2+: 3 soat)



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

Nazorat ishi: Insho va uning tahlili. (2 soat, A2+: 3 soat) 
Takrorlash: (1 soat) 
Nazorat ishi: Test. (1 soat) 
Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi: (1 soat, A2+: 2 soat) 
 
O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan 
asarlar: 
Imom Ismoil al-Buxoriy. Hadislar
Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi” asari. 
Oybek. She’rlar. 
Abdulla Oripov. She’rlar.
Vilyam Shekspir. “Gamlet” tragediyasi. 
 
 
60-62-mavzu. O‘ljas Sulaymonov. She’rlar. (3 soat) 
O‘ljas Sulaymonovning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Uning 
she’rlaridagi yangicha ohanglar talqini. Shoirning “Arg`umoq”, “Maxambetga” 
she’rlari, “Qoyilmisan insonga zamin” dostonidagi vatan va vatanparvarlik 
107 


g‘oyalarining o‘ziga xos talqini. Ularda milliy va umuminsoniy g‘oyalarning yaxlit 
tarzdagi ifodasi. Shoir she’rlarining badiiy o‘ziga xosligi. Ularning ma’rifiy-estetik 
ahamiyati.
63-65-mavzu. A.S.Pushkin. She’rlar. “Yevgeniy Onegin” she’riy romani. 
(3 soat) 
Shoirning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Pushkin rus 
adabiyotining buyuk namoyandasi. “Yevgeniy Onegin” she’riy romani. Asarda 
XIX asrdagi rus xalqi hayotining yorqin ifodalanishi. Yevgeniy, Lenskiy va 
Tatyana obrazlari. Asarning g‘oyaviy yo‘nalishi va badiiy xususiyatlari. Pushkin 
ijodining o‘zbek she’riyati taraqqiyotiga, shu jumladan, o‘zbek adabiyotida she’riy 
roman janrining paydo bo‘lishiga ta’siri. 
Nazariy ma’lumot. She’riy roman. 
66-69-mavzu. Chingiz Aytmatov. “Asrga tatigulik kun” romani. (4 soat) 
Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. 
Yozuvchining XX asr jahon adabiyoti taraqqiyotida tutgan o‘rni. Adib romanlari
jumladan, “Asrga tatigulik kun” asari haqida ma’lumot (1 soat).
Asar markazidagi Edigey obrazi, uning mashaqqatli hayot yo‘li, ruhiy olami 
orqali kechagi kunini unutmagan, bobolar amal qilgan yuksak udumlar asosida 
yashagan chin insonning ifodalanishi (1 soat).
Romanda Edigeyning yaqin do‘sti Kazangap vasiyatini ro‘yobga chiqarish 
yo‘lidagi zahmatlari ifodasining ta’sirli berilishi. Unda jamiyatdagi ma’naviy 
inqirozlar mohiyatining ochilishi. Asarda hodisalarning falsafiy-badiiy talqini 
“Asrga tatigulik kun” romanining badiiy xususiyatlari (2 soat). 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin