Nazorat ishi: Insho va uning tahlili. (2 soat, A2+: 3 soat) Takrorlash: (1 soat) Nazorat ishi: Test. (1 soat) Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi: (1 soat, A2+:2) 38-42-mavzu. Imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Hadislar (5 soat, A2+: 7 soat) Imom Buxoriy va uning “Al-jome’ as-sahih” («Ishonchli to‘plam») hadis
to‘plami haqida ma’lumot. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom
Hadislarining inson ma’naviyati yuksalishida tutgan o‘rni. Axloq-odobga oid
hadislarning o‘ziga xos xususiyatlari. Ularda ezgu insoniy fazilatlarning ixcham
voqeiy hikoyalar asosida ifodalanishi. Hadislarning millatimiz axloqiy
qadriyatlarini shakllantirishdagi o‘rni.
Komil insonning ma’naviyatini shakllantirishda hadislarning o‘rni. Hadislarda
bildirilgan fikrlar va o‘quvchi tabiatidagi sifatlar orasidagi aloqadorlik.
Mehribonlik, bag‘rikenglik, ma’rifatga chanqoqlik, odillik singari fazilatlarning
ahamiyati xususida. Hadislar bilan o‘zbek xalq maqollari va buyuk allomalar
hikmatli so‘zlarining mushtarak jihatlari. Hadis haqida tushuncha. 43-45-mavzu. Oybek lirikasi. (3 soat) Oybek she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari. Lirik qahramon ruhiyatining
kashf etilishi va so‘z qo‘llashdagi mahorat. Shoir lirikasida tabiat, inson va tarix
munosabatining ifodalanishi. “Na’matak”, “Sozim”, “Yig‘i kelmaydi sira”,
“Mashrab” she’rlarining g‘oyaviy-badiiy tahlili. Oybekning she’riy mahorati.
46-50-mavzu. Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi” asari (5 soat, A2+: 7 soat). Odil Yoqubov romanlari xususida. Asarda temuriyzoda hukmdor
Ulug‘bekning allomalik fazilatlari va insoniy xislatlarini yoritilishi. Asarda shoh va
olim Ulug‘bekning fojiasi haqidagi tarixiy haqiqat va badiiy to‘qimaning o‘zaro
munosabati. Romandagi zamon tasviri, undagi qahramonlarning o‘ziga xos
tavsifi.Tasvirlangan voqealar va ularda ilgari surilgan ma’naviy jihatlar.