28-31-mavzu. Furqat lirikasi. (4 soat) Hayoti va ijodiy faoliyati haqida qisqacha ma’lumot. Adabiy merosi haqida
umumiy ma’lumot. Furqat – mashhur lirik shoir.
“Fasli navbahor o‘ldi” g‘azalida bahorning rangin, fusunkor manzarasi tasviri.
Bahor va umrning go‘zalligi, g‘animatligi. She’rning badiiyati. “Bormasmiz”
she’rida ham insoniy qadrni baland tutishning madh etilishi, ayni paytda, havoyilik
va xudbinlikning tanqid qilinishi.
“Surmadin ko‘zlar qaro” g‘azalida go‘zal yor portretining inja tasviri.
G‘azallardagi poetik san’atlar. “Bir qamar siymoni ko‘rdim, baldai Kashmirda”
g‘azalida ishqiy mavzuning g‘urbatdagi shoir taqdiri bilan bog‘lab berilishi. Furqat
lirikasidagi g‘urbat ohanglarining shoir hayot yo‘li bilan bevosita bog‘liqligi.
“Sayding qo‘yaber, sayyod” musaddasida tutqinlik fojiasidan kuyunish,
erksizlikdan qayg‘urish, hurlikka tashnalik tuyg‘ularining ifodalanishi. Sayd,
sayyod, lirik qahramon obrazlari.
Furqat ijodining o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni.
Nazorat ishi: Insho va uning tahlili. (2 soat) O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan asarlar: Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridan “Farhod va Shirin” dostoni.
Zahiriddin Muhammad Bobur lirikasi.
Muhammad Rizo Ogahiy lirikasi.
Furqat. “Sayding qo‘ya ber, sayyod” musaddasi.
III. O‘ZBEK ADABIYOTINING YANGI BOSQICHI (24 soat, A2+: 14 soat) 32-34-mavzu. Izzat Sulton. “Imon” dramasi. (3 soat, A2+: 5 soat) Izzat Sultonning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Uning “Imon”
dramasi haqida. Inson har qanday sharoitda ham o‘z vijdoniga quloq tutib ish
ko‘rishi, turli murakkab, chigal vaziyatlarda halollik, poklik, insof va diyonat
singari chin insoniy fazilatlar bilan munosib yo‘l topishdek ezgu g‘oyaning asar
mazmuniga singdirilganligi. Dramada yuksak axloq, halollik va poklikni o‘z imoni
deb bilgan insonlarning hayotda uchrab turadigan tamagirlik, xudbinlik, haromdan
hazar qilmaslik, vijdonsizlikka qarshi kurashida ochib berilishi. Asarning badiiy
103