Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi:
A2
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va
jahon adabiyoti namunalari (nasriy,
she’riy asar yoki ulardan olingan parcha)ni farqlaydi va tahlil qila oladi;
badiiy tasvir vositalarini
farqlay oladi, ularni berilgan matndan topadi va
tahlilda foydalana oladi;
asarda tasvirlangan insoniy his-tuyg‘ular xususida fikr yurita oladi;
badiiy asarda aks etgan voqelikni
estetik tahlil qila oladi;
asar qahramonlari xarakteriga xos fazilat va nuqsonlarga munosabat bildiradi,
baholay oladi, ularni hozirgi kun bilan qiyoslab, xulosa chiqara oladi;
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon
adabiyotiga oid asar va
uning qahramonlariga yozma hamda og‘zaki tavsif bera oladi;
musiqa yoki rangtasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qila oladi va so‘z
bilan ifodalab bera oladi.
A2+
asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyati va yozuvchi mahoratini baholay oladi;
adabiy janr imkoniyatlaridan kelib chiqadigan badiiy-estetik hodisalarga
mustaqil va ijodiy munosabat bildira oladi;
asarlarga annotatsiya taqriz hamda kichik xabar, lavhalar yoza oladi;
nutq ta’sirchanligiga daxl etuvchi omillarni tushuna oladi.
Dostları ilə paylaş: