Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


-mavzu. Ruhiy kamolot vositasi. (1 soat)



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

 
1-mavzu. Ruhiy kamolot vositasi. (1 soat) 
Badiiy adabiyot obrazli tafakkur mahsuli sifatida. Shaxs kamolotida obrazli 
tafakkurning o‘rni. Adabiyot inson ruhini shakllantirish vositasi sifatida. Mantiqiy 
va badiiy tafakkurning o‘zaro aloqador hamda farqli jihatlari.
99 


Komil shaxsni shakllantirishda hissiyot tarbiyasining o‘rni. Kishi hissiyotini 
shakllantirishda badiiy so‘zning o‘rni. Komil shaxs ma’naviyatining ruhiy 
qirralarini ezgu qarashlarga muvofiq shakllantirish badiiy adabiyotning bosh 
maqsadi sifatida.
Badiiy adabiyotning tarbiyaviy, estetik, ma’rifiy, kommunikativ vazifalari 
mavjud ekanligi. Insoniyat tomonidan asrlar davomida shakllantirilgan axloqiy 
xislatlarni o‘quvchilarda tarkib toptirishga intilish badiiy adabiyotning tarbiyaviy 
vazifasi sirasiga kirishi. Insonning tuyg‘ulari, hissiyotinigina rivojlantirib qolmay, 
balki tafakkurini ham taraqqiy ettirishga xizmat qilishi badiiy adabiyotning 
ma’rifiy vazifasi ekanligi.
 
I. 
XALQ OG‘ZAKI IJODI 
(5 soat, A2+: 1 soat). 
 
2-6-mavzu. “Alpomish” dostoni. (5 soat, A2+: 6 soat) 
Turkiy xalqlar madaniyati va ma’naviyati shakllanishida “Alpomish” 
dostonining o‘rni. Doston ko‘lamining estetik tafakkur va turkiy saltanatchilik 
bilan bevosita bog‘liqligi (1 soat).
Dostonda o‘zbek milliy ruhiyati va urf-odatlari tasviri. Mardlik, sadoqat, 
ezgulik, iymonga egalik fazilatlarining Alpomish, Qorajon, Oybarchin, 
Qaldirg‘och obrazlari orqali ifodalanishi (3 soat). 
Asarning til xususiyatlari. Dostonda qo‘llanilgan tasvir usullari (1 soat).
Nazorat ishi: Insho va uning tahlili. (2 soat) 
 
O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asar:
“Alpomish” dostoni. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin