Nazorat ishi. (2 soat)
“Ta’sirchan nutq qanday bo‘lishi kerak?”
Xulosa. (1 soat)
Nutq tayyorlash bo‘yicha maxsus tavsiyalar. Nutq, notiq va ma’naviyat.
Mavzularni o‘rganish uchun – 20 soat
Amaliy mashg‘ulotlar uchun – 10 soat
Nazorat ishlari uchun – 4 soat
9-SINF
(102 soat, haftasiga 3 soatdan), (
A2+: 136 soat).
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
A2
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot
vositalari, internet,
lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron
pochta va boshq.) foydalana olish va ulardagi materiallarga ongli munosabat
bildirish, xulosa chiqarish, ibrat olish va o‘z faoliyatida qo‘llay olish.
A2+
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet,
lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron
pochta va boshq.) zarur bo‘lgan
axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta
ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash
va foydalanishda media-
madaniyatga rioya qilish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni
hayotiy-
ma’naviy ehtiyojga aylanta olish;
badiiy asarlarda tasvirlangan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash
va ularga amal qilish;
badiiy kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rganish, xulosa chiqarish, ibrat olish;
o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini
nazorat
qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera olish.
A2+
badiiy, publitsistik, ilmiy, ilmiy-ommabop, fan
va texnika, san’at va
boshqalarga doir kitoblarni muntazam o‘qish, o‘rganish, va xulosa chiqarish,
tegishli holatlarda ulardan o‘z fikrining isboti va dalili sifatida amaliyotda
foydalana olish.
Dostları ilə paylaş: