Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his
etish va
unda faol
ishtirok etish;
maktabda va maktabdan tashqari adabiy-badiiy yo‘nalishdagi
tadbirlarda
(turli mavzudagi ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar va h.k.) faol ishtirok etish,
atrofdagi insonlar bilan xushmuomalada bo‘lish;
badiiy asarlarda xilma-xil shakl va ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladigan
qahramon va personajlarning ijtimoiy-ma’naviy, fuqarolik, insoniylik va boshqa
burch hamda huquqlarini bajarishlaridagi o‘ziga xosliklar (halol, vijdonli,
jonkuyar, loqayd...) ga qarab turib xolis va jiddiy mulohaza yuritish.
A2+
badiiy asarlarda aks etgan yuksak ma’naviy fazilatlar, shuningdek, yuksak
badiiyat
namunalarini anglay olish, his etish va boshqalarga yetkazishga intilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik
g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni
anglash, ulardan ta’sirlanish, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga
intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish;
A2+
badiiy asarlarda aks etgan tarixiy, ma’naviy va madaniy hodisalar mohiyatini
to‘g‘ri
tushunish va talqin qila olish, ulardagi estetik jihatlarni ilg‘ay olish hamda
tushuntirib bera olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish
hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
aniq hisob-kitoblarga asoslangan
holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy
rejalarini tuza olish;
shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob
bilan ish yurita
olish;
kundalik
faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni
o‘qiy olish va undan
foydalana olish;
A2+
inson
mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va
qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘la
olish hamda ulardan foydalana olish.
Dostları ilə paylaş: