Nazorat ishi: test. (1 soat) Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun. (1 soat, A2+: 2 soat) 25-27-mavzu. Alisher Navoiy. (3 soat, A2+: 5 soat) Leksika: buyuk mutafakkir, o‘zbek adabiy tilining asoschisi, jahon adabiyotining tengsiz namoyandasi, besh doston muallifi, shoirlarning sultoni kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Fe’llarning tuzilishiga ko‘ra turlari (1 soat). Sodda va yasama
fe’llar (2 soat).
Adabiy o‘qish: Alisher Navoiy haqidagi adabiy matnlar, rivoyatlar, Alisher
Navoiyning ruboiylari va hikmatlaridan namunalar. 28-29-mavzu. Adabiyot muzeyida. (2 soat, A2+: 4 soat) Leksika: adabiyot muzeyi, ko‘rgazmalar, o‘quvchilar, chet ellik mehmonlar, tashrif buyurmoq, nodir eksponatlar, qo‘lyozma nusxalar, illustrasiyalar, tasvirlangan kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Fe’l yasovchi qo‘shimchalar, ularning imlosi (2 soat).
Adabiy o‘qish: mavzuga oid suhbatlar, adabiy matnlar, she’rlar. Nazorat ishi: matn yaratish. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. (1 soat) 30-32-mavzu. Ona – ulug‘ zot. (3 soat, A2+: 4 soat) Leksika: ulug‘ zot, xonadon chirog‘i, dunyoga keltirib, katta qilib, o‘stirib, voyaga yetkazgan kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Yordamchi fe’llar (1 soat), ularning fe’l yasashdagi ishtiroki
(2 soat).
Adabiy o‘qish: Onalar haqidagi matnlar, rivoyatlar, maqollar va she’rlar. 33-35-mavzu. Milliy urf-odatlarimiz. (3 soat, A2+: 4 soat) Leksika: milliy, qadriyatlar, odob-axloq, mehmondo‘stligi bilan, mehnatkashligi tufayli, urf-odatlariga ko‘ra kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: To‘liqsiz fe’llar (1 soat), ularning shakllari (2 soat).