Leksika: O‘zbekistonning shifobaxsh o‘simliklari, lola, ravoch, boychechak, yovvoyi piyoz, na’matak, archa, bodom, pista, yong‘oq, tog‘olcha, yovvoyi olma daraxtlari kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Qo‘shma sifatlar (1soat), juft sifatlar (1soat), takroriy sifatlar,
ularning imlosi (1 soat).
Adabiy o‘qish: Shifobaxsh o‘simliklar haqidagi matnlar, rivoyatlar,
maqollar, topishmoqlar, she’rlar. Nazorat ishi: diktant. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. (1 soat) 21-22-mavzu. Vatanga sadoqat. (2 soat, A2+ 4 soat) Leksika: Vatanga sadoqat, vatanparvarlik, Vatanni sevish, asrab- avaylash, Vatanni himoya qilish, Vatanga xizmat qilish, fidoyilik unutilmaydi kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Ravishlarning yasalishi. Ravish yasovchi qo‘shimchalar imlosi
(2 soat).
Adabiy o‘qish: mavzuga oid adabiy matnlardan parchalar, rivoyatlar,
maqollar, she’rlar.
23-24-mavzu. Vatan sarhadlari. (2 soat, A2+: 4 soat) Leksika: Vatanimiz sarhadlari, chegarachilik kasbi, tinchlik posbonlari, ogohlik va xushyorlik, xalqimiz tinchligini saqlash, mas’uliyat bilan qarash kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Qo‘shma ravishlar, juft ravishlar, ularning imlosi (2 soat).
Adabiy o‘qish: Vatan sarhadlari, chegarachilar haqidagi matnlar, rivoyatlar,
maqollar va she’rlar. O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar: Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalar: A2 matndagi notanish so‘zlarni lug‘at yordamida tushuna oladi;
mavzuga oid matnlar va suhbatlar mazmunini so‘zlab bera oladi;
berilgan kichik hikoya, rivoyatlarni ovoz chiqarib o‘qiy oladi;
mavzuga oid she’rlarni ifodali o‘qib, yoddan ayta oladi;
grammatik bilimlardan qo‘shma, juft, takror so‘zlar, sifatlar, ravish, qo‘shma
va juft ravishlarning qo‘llanishiga oid og‘zaki va yozma topshiriqlarni bajara oladi.
matndan grammatik mavzuga doir birikmalar va jumlalarni ajratib yoza oladi;
berilgan savollar, tayanch so‘zlar yoki rasm asosida 15-20 ta gapdan iborat
bog‘lanishli matn tuza oladi.
o‘rganilgan mavzular bo‘yicha 51-60 ta gapdan iborat diktant yoza oladi; A2+ 171
matndagi notanish so‘zlarni matnning umumiy mazmunidan kelib chiqib
tushuna oladi;
matnlar mazmuni bo‘yicha savollar tuza oladi va o‘zaro suhbatlasha oladi;
ko‘rsatilgan o‘quv filmi mazmunini so‘zlab bera oladi;
berilgan tayanch so‘zlardan foydalanib, rasm asosida og‘zaki va yozma matn
tuza oladi;