A2+ namoyish qilingan yoki eshittirilgan xabar, ko‘rsatuv, filmlarning mazmunini
tushuna oladi; suhbatga kirisha oladi va suhbatdoshining fikriga munosabat bildira oladi; berilgan mavzu yoki rasm asosida 21-25 ta gapdan iborat bog‘lanishli matn
yoza oladi.
Nazorat ishi: test. (1 soat) Takrorlash. (1 soat) Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun. (1 soat, A2+: 2soat) 24-26-mavzu. Do‘stlik – qudratli kuch. (3 soat, A2+: 5 soat) Leksika: do‘stlik, o‘rtoqlik, birodarlik, eng yaxshi fazilat, do‘st va o‘rtoqlar orttirish, do‘stlikni qadrlash, do‘stlik qudrati kabi tayanch so‘zlar va
birikmalar.
Grammatika:Bog‘lovchilar (1soat). Teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilar
(1soat), ularning qo‘llanishi (1 soat). Adabiy o‘qish: do‘stlik haqidagi adabiy matnlar, rivoyat va maqollar,
she’rlar. 27-29-mavzu. Sog‘lik - tuman boylik. (3 soat, A2+: 5 soat) Leksika: sog‘ligimiz - boyligimiz, sog‘ tanda sog‘lom aql, salomatlik sirlari, sog‘lom turmush tarzi, uzoq umr ko‘rish, badantarbiya mashqlari, piyoda yurish, to‘g‘ri ovqatlanish, orastalik qoidalari; va, ham, hamda, ammo, lekin, biroq kabi faol so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Biriktiruv va zidlov bog‘lovchilari (2 soat), ularning
qo‘llanishi (1 soat).
Adabiy o‘qish: salomatlik haqidagi matnlar, rivoyat va maqollar, she’rlar.
30-32-mavzu. Dunyo mo‘jizalari. (3 soat, A2+: 4 soat) Leksika: dunyoning mo‘jizalari, sirli olam, Misr ehromlari, Bobil osma bog‘lari, Zevs haykali, Foros orolidagi mayoq, Tojmahal, Registon majmuasi; yo, yoki, ba’zan, goh, goho, na kabi faol so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Ayiruv va inkor bog‘lovchilari (1 soat), ularning imlosi va
talaffuzi (2 soat).
178