Leksika: kitobxonlik, men sevgan asar, kitob o‘qish usullari, sevimli qahramonlar, ijobiy, salbiy, obraz, tarixiy asarlar, sarguzasht asarlar kabi
tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Ravishdosh (1 soat), uning yasalishi va imlosi (2 soat). Adabiy o‘qish: mavzuga oid matnlar, suhbatlar, she’rlar.
Nazorat ishi: bayon. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. (1 soat) 20-21-mavzu. Milliy hunarmandchilik. (2 soat, A2+: 3 soat) Leksika: milliy hunarmandchilik, naqqoshlik, ganchkorlik, zardo‘zlik, zargarlik, gilamdo‘zlik, chinnisozlik, kulolchilik, Sharq me’morchiligi, qadimiy an’analar kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Sifatdosh (1soat), uning yasalishi va imlosi (1soat).
Adabiy o‘qish: milliy hunarmandchilik haqidagi matnlar, ma’lumotlar,
she’rlar.
22-23-mavzu. Hunarmand maktabi. (2 soat, A2+: 4 soat) Leksika: hunarmand maktabi, ustoz va shogir an’anasi, hunar sirlari, ajdodlarimizdan meros, milliylik va zamonaviylik, qiziqish, astoydil o‘rganmoq, hunardan unar kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Sifatdoshlarning turlanishi (1 soat), ot o‘rnida qo‘llanishi Adabiy o‘qish: hunar sirlari, hunarmandlar haqidagi matnlar, maqollar,
she’rlar.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalar: A2 o‘rtacha tezlikda o‘qilgan yoki eshittirilgan sport, madaniyat va yoshlar
hayotiga oid xabarlar, yangiliklarni tinglab tushuna oladi; 177
mavzular bo‘yicha savollarga javob bera oladi, savollar bilan murojaat eta
oladi;
mavzuga oid she’r va she’riy parchalarni ifodali o‘qib, yoddan ayta oladi; grammatik bilimlardan fe’lning aniq, o‘zlik, birgalik va majhul nisbati,
sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi va bog‘lovchilarning qo‘llanishiga oid
topshiriqlarni bajara oladi;
o‘rganilgan mavzular bo‘yicha 61-70 ta so‘zdan iborat diktant yoza oladi;
berilgan tayanch so‘zlar yoki rasm asosida 21-25 ta gapdan iborat bog‘lanishli
matn yoza oladi.