" " 2023-yil O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi buxoro viloyati yuridik texnikumi



Yüklə 390 Kb.
səhifə1/12
tarix16.06.2023
ölçüsü390 Kb.
#131419
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
DHF to\'g\'-555 (2)



TASDIQLAYMAN”


Buxoro viloyati yuridik texnikumi


direktori_________ I.Ismatov


"___"____________ 2023-yil


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
BUXORO VILOYATI YURIDIK TEXNIKUMI
tanishtiruv VA MALAKAVIY AMALIYOTiNING
dasturi
(1-kurs - 50420101. “Davlat-huquqiy faoliyat”
yo‘nalishi o‘quvchilari uchun,
2-kurs - 5.33.01.09. “Davlat-huquqiy faoliyat”
yo‘nalishi o‘quvchilari uchun)

Buxoro-2023
O‘quvchilar tanishtiruv va malakaviy amaliyotini o‘tash dasturi
Buxoro viloyati yuridik texnikumida ishlab chiqildi.


Tuzuvchilar:



D.Salixova

Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari.



I.Ergashova

O‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i.



B.Saidov

Amaliyot va kasbiy rivojlantirish bo‘lim uslubchisi.

O‘quvchilar tanishtiruv va malakaviy amaliyotini o‘tash dasturi


Buxoro viloyati yuridik texnikum kengashida tavsiya qilingan (2023-yil
“___” martdagi “___” - sonli bayonnoma).
KIRISH
O‘quvchilar tanishtiruv va malakaviy amaliyotini o‘tash dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PQ–5987-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o‘quvchilari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizom va Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining o‘quvchilarini bilimi, malakasi va ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablarga muvofiq ishlab chiqilgan.
Hozirgi kunda respublikamizda olib borilayotgan izchil islohotlar yoshlarni har tomonlama yetuk, bilimli, ma’naviy va jismoniy jihatdan barkamol bo‘lib voyaga etishlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, zamonaviy bilimlarni puxta egallagan o‘quvchi yoshlarga e’tibor tobora kuchayib bormoqda. Shuning uchun ham malakali, yetuk o‘rta maxsus professional huquqshunos kadrlar tayyorlashga bo‘lgan munosabat davlatimizning diqqat e’tiboridagi masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, mamlakatimizda aholining huquqiy madaniyatini rivojlantirish, huquqiy amaliyotni yanada takomillashtirish zaruriyati huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimi oldiga jiddiy vazifalarni quymoqda.
Bugungi kunda malakali huquqshunos mutaxassislarga ehtiyojning ortib borishi natijasida o‘quvchilarning huquqni muhofaza qilish organlari va huquqshunos mutaxassislar zarur bo‘ladigan tashkilotlar, muassasalar va korxonalarda amaliyotni o‘tashlari kelgusida yoshlarni ish bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni samarali hal qilish imkonini beradi. Zero, o‘quvchi o‘qish davomida olgan nazariy bilimlarini amaliyot davrida sinab ko‘rmas ekan, har tomonlama etuk, malakali huquqshunos tayyorlab bo‘lmaydi.
Malakali huquqshunos kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj kundan-kunga ortib borishi munosabati bilan o‘quvchilarning amaliyotni o‘qishdan ajralgan holda o‘tashi davr talabi bo‘lib qolmoqda.
Shuning uchun ham o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash o‘quvchilarning amaliyotga oid bilimlarini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Zero, jamiyatning barcha sohalarida malakali huquqshunos kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning tobora oshib borayotganligi huquqshunos kadrlarning malakasi yanada yuqori bo‘lishini taqozo etmoqda.



Yüklə 390 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin