012 yil chorak yakunlari raqamlarda



Yüklə 283,5 Kb.
səhifə1/2
tarix07.05.2023
ölçüsü283,5 Kb.
#108982
  1   2
yil yakunlari


  • Asosiy



  • Matbuot xizmati



  • DSQ yangiliklаri

2012 yil 1 chorak yakunlari raqamlarda


23 Aprel 2012 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatning 2012 yil 1 chorakdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari bo‘yicha ma‘lumotlar tayyorlandi. 2012 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston YaIM o‘sishi 2011 yilning shu davriga nisbatan 7,5% ni tashkil qildi.


Boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sish sur‘atlari quyidagilarni tashkil qildi: sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi – 106,0%, qishloq xo‘jaligi mahsuloti – 106,1%, asosiy kapitalga investitsiyalar – 104,4%, qurilish ishlari – 106,6%, yuk aylanmasi – 104,6%, yo‘lovchi aylanmasi – 104,3%, chakana tovar aylanmasi – 111,0%, pullik xizmat ko‘rsatish – 120,1%.  

Siyosat

2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi


19.01.2012 21:07
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi
Hurmatli majlis ishtirokchilari!
Vazirlar Mahkamasining bugungi kengaytirilgan majlisining kun tartibi o‘tgan 2011-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini baholash va 2012-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish masalalariga bag‘ishlangan.
2011-yilda iqtisodiyotimizni rivojlantirishning amaliy yakunlari tahliliga o‘tishdan oldin keyingi yillarda jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan o‘zgarishlar va avvalambor turli salbiy tendensiyalar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tishni o‘rinli deb bilaman.
Shular haqida gapirganda, dunyodagi taniqli iqtisodchilar, nufuzli ekspert va mutaxassislarning baholari va chiqarayotgan xulosalari prinsipial jihatdan yagona bir fikrga kelmoqda.
Jahon iqtisodiyotiga, birinchi navbatda, rivojlangan yirik mamlakatlar iqtisodiyotiga 2008-yilda boshlangan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hali-beri salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
O‘tgan davr mobaynida ahvolni yaxshilash maqsadida ko‘rilayotgan barcha chora-tadbirlarga qaramasdan, aksariyat davlatlarda o‘sish sur’atlari va ishlab chiqarishning amalda pasayishi kuzatilmoqda va bunday jarayon davom etadigan bo‘lsa, u global miqyosda retsessiya holatiga, ya’ni iqtisodiyotning o‘sish o‘rniga davomli ravishda pasayib borishiga olib kelishi mumkinligi bashorat qilinmoqda.
Ko‘pgina taraqqiy topgan mamlakatlarda vaziyat qanday tus olishini oldindan aytib bo‘lmaydigan va turli xavf-xatarlar saqlanib qolayotgan bir sharoitda davlat qarzlari va davlat byudjeti taqchilligi tobora ortib bormoqda.
Shu bilan birga, jahon zaxira valyutalarining beqarorligi, moliya-bank tizimi kredit qobiliyatining keskin pasayishi va investitsiyaviy faollikning susayishi bilan bog‘liq murakkab muammolar ko‘plab davlatlar iqtisodiyotining tiklanish va o‘sish sur’atlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Sakkizlik” va “yigirmalik” deb atalgan mamlakatlar guruhlari doirasida qabul qilinayotgan qarorlarga qaramasdan, eng avvalo, jahon moliya-valyuta tizimida inqiroz keltirib chiqarayotgan muammolarni hal etish va kerakli nazorat o‘rnatish bo‘yicha yagona iqtisodiy model hanuzgacha ishlab chiqilmagan. Bu esa jahon iqtisodiyotida hal qiluvchi o‘rin tutadigan yirik davlatlarni o‘z manfaatlarini o‘ylab, o‘z bilganicha harakat qilishga majbur etmoqda.
Shuni tan olish kerakki, so‘nggi yillarda jahon iqtisodiyotida yuzaga kelayotgan muammolar asosan qo‘shimcha pul bosib chiqarish va moliya bozorini shunday pullar bilan to‘ldirish hisobidan hal etilishi ko‘zga tashlanmoqda.Bu esa, o‘z navbatida, kelgusida jilovlab bo‘lmaydigan inflyatsiyaga, ya’ni qimmatchilikka, zaxira va milliy valyutalarning qadrsizlanishiga va shu bilan bog‘liq og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
O‘z-o‘zidan ayonki, jahon bozorida kechayotgan inqiroz jarayonlari o‘tgan davr mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanish ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmadi va O‘zbekiston iqtisodiyotining 2012-yilga mo‘ljallangan o‘sish sur’atlari va samaradorligini ta’minlashda katta qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin.
Birinchi navbatda, dunyo bozorida xomashyo va tayyor mahsulotga ehtiyojning tobora pasayib borishini hisobga oladigan bo‘lsak, bunday holat mamlakatimizning eksport salohiyati va valyuta tushumiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi, albatta.
Hurmatli majlis ishtirokchilari!
Shunday muammolarga, shuningdek, o‘zimizdagi mavjud ayrim murakkablik va qiyinchiliklarga qaramasdan, xalqimizning fidokorona mehnati evaziga erishilgan 2011-yilning yakunlari bilan haqli ravishda faxrlanishimiz uchun bugun barcha asoslarimiz bor.
Oxirgi yillarda va o‘tgan yili mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish borasida qo‘lga kiritilgan natijalar Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan yuksak baholanmoqda.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining keyingi baholash missiyasi bayonotida jumladan bunday deyiladi:
“O‘zbekiston jadal o‘sishga erishdi va global moliyaviy inqirozga qarshi samarali choralar ko‘rdi. Keyingi besh yilda O‘zbekistonda o‘sish sur’atlari o‘rtacha 8,5 foizni tashkil etdi va bu Markaziy Osiyodagi o‘rtacha o‘sish ko‘rsatkichidan yuqoridir.
Qator yillar davomida kuzatilgan byudjet profitsiti, rasmiy zaxiralar darajasining yuqoriligi, davlat qarzining kamligi, barqaror bank tizimi va xalqaro moliya bozorlaridan qarz olishga ehtiyotkorlik bilan yondashish mamlakatni global inqirozning bevosita oqibatlaridan himoya qildi… Missiya 2011-yilda yalpi ichki mahsulot 8,3 foiz ko‘payishini kutmoqda va o‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlari saqlanib qolishini bashorat qilmoqda”.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan yili mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati, kutilganidek, amalda 8,3 foizni tashkil etdi, 2000-2011-yillar mobaynida yalpi ichki mahsulot hajmi 2,1 barobar oshdi. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston dunyoning iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlari qatoridan joy oldi.
O‘tgan yili sanoat ishlab chiqarishi 6,3 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 6,6 foiz, chakana savdo aylanmasi 16,4 foiz va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish 16,1 foizga barqaror yuqori sur’atlar bilan o‘sdi.
Iqtisodiyotimizda yuz berayotgan jiddiy tarkibiy va sifat o‘zgarishlarini birgina misolda, ya’ni 2000-yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini shakllantirishda sanoat ishlab chiqarishining ulushi bor-yo‘g‘i 14,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2011-yilda bu ko‘rsatkich 24,1 foizga yetganida yaqqol ko‘rish mumkin.
Sanoat mahsuloti umumiy o‘sishining qariyb 70 foizini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan sohalar tashkil etdi. Bugungi kunda iqtisodiyotimizning lokomotiviga aylangan mashinasozlik va avtomobilsozlik (12,2 foiz), kimyo va neft-kimyo sanoati (9,4 foiz), oziq-ovqat sanoati (13,1 foiz), qurilish materiallari sanoati (11,9 foiz), farmatsevtika va mebelsozlik (18 foiz) 2011-yilda jadal sur’atlar bilan rivojlandi.
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2011-yilda 11,2 foizga o‘sdi, 2000-yilga nisbatan esa bu ko‘rsatkich 4 barobardan ziyod oshdi.
Ta’kidlash kerakki, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va bu sohalarni diversifikatsiya qilishga qaratilayotgan ulkan e’tibor eksport hajmi, uning tarkibi va sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
2011-yilda eksport mahsulotlari hajmi 2010-yilga nisbatan qariyb 15,4 foizga ko‘paydi va 15 milliard dollardan ko‘proqni tashkil etdi. Bu 2000-yilga nisbatan 4,6 barobar ziyoddir. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 4 milliard 500 million dollardan oshdi. Eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi 60 foizni tashkil etdi, holbuki, 2000-yilda bu ko‘rsatkich qariyb 46 foizni tashkil etgan edi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror va mutanosib rivojlanib borayotganini 2005-yildan boshlab Davlat byudjeti profitsit bilan bajarilayotgani ham yaqqol tasdiqlab turibdi.
2011-yilda Davlat byudjetining xarajatlar qismi 2010-yilga nisbatan 25,4 foizga, 2000-yilga nisbatan esa qariyb 17,8 barobar o‘sdi. Qayd etish joizki, davlat byudjeti xarajatlarining 58,7 foizi ijtimoiy sohani moliyalash va aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.
Mana bu raqamlarga alohida e’tiboringizni jalb etmoqchiman. 2012-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimizning umumiy tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 17,5 foizidan, eksport hajmiga nisbatan esa 53,7 foizdan oshmaydi. Bu xalqaro mezonlar bo‘yicha “Har jihatdan maqbul holat” deb hisoblanadi.
Bularning barchasi mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab ham davlat, ham tijorat banklari, kompaniya va korxonalar miqyosida har tomonlama puxta o‘ylangan chetdan qarz olish siyosatini amalga oshirib kelayotganimiz bilan bog‘liq ekanini, o‘ylaymanki, tushunish, anglash qiyin emas.
Shu o‘rinda mamlakatimiz moliya-bank tizimida sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlarni mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman.
2011-yilda banklarning kapitallashuvi, ularning barqarorligi va likvidligini yanada mustahkamlashga qaratilgan izchil va aniq maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Oxirgi besh yil davomida mamlakatimiz bank sektori kapitalining yetarlilik darajasi bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan 8 foiz etib belgilangan xalqaro me’yordan uch barobar ko‘p bo‘lgan darajani tashkil etmoqda.
Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash kerakki, “Standart end Purs”, “Mudis” va “Fitch Reytings” kabi nufuzli xalqaro reyting agentliklari ikki yildan buyon O‘zbekiston bank tizimiga muttasil ravishda “barqaror” reyting darajasini bermoqda, ayni paytda mamlakatimizning shunday bahoga sazovor bo‘lgan banklari soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Agar 2010-yilda mamlakatimizning 15 ta tijorat banki “barqaror” reytingini olgan bo‘lsa, hozirgi kunda ularning soni 23 taga yetdi, bu banklarning aktivlari yurtimiz bank tizimi umumiy aktivlarining 98 foizini tashkil etmoqda.
Ma’lumki, aholining bank tizimiga ishonchi ortib borayotgani banklar faoliyati samaradorligining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Shu ma’noda, 2011-yilda depozitlarga 18 trillion so‘mdan ortiq, o‘tgan yilga nisbatan 36,3 foiz ko‘p mablag‘ jalb qilingani, jumladan, aholi depozitlari 38,8 foizga oshgani ayniqsa e’tiborlidir.
Banklarning kredit portfeli tarkibi sifat jihatidan tubdan o‘zgarmoqda. Agar 2000-yilda kredit portfelining 54 foizi tashqi qarzlar hisobidan shakllantirilgan bo‘lsa, 2011-yilda uning 85,3 foizi ichki manbalar – yuridik va jismoniy shaxslar depozitlari hisobidan shakllantirildi. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiyotimiz tarmoqlariga investitsiya kiritish va shuning hisobidan taraqqiyotimizni ta’minlashda ichki imkoniyatlarimiz tobora ortib borayotganining dalilidir.
Tijorat banklarining investitsiyaviy faolligi ortmoqda. Tijorat banklari qo‘yilmalarining 75 foizdan ortig‘ini uch yildan ziyod bo‘lgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari tashkil etmoqda. Umuman, so‘nggi o‘n yilda banklarimiz tomonidan iqtisodiyotning real sektorini kreditlash 7 barobar oshganini alohida qayd etish lozim, deb o‘ylayman.
Bizning iqtisodiy nochor korxonalarni banklar balansiga o‘tkazib, ularni sog‘lomlashtirish borasida qo‘llagan noan’anaviy yondashuvimiz o‘zini oqladi va samaradorligini ko‘rsatdi, deb bugun to‘la asos bilan aytishimiz mumkin.
Hozirgi paytda banklarga berilgan 164 ta bankrot korxonadan 156 tasida ishlab chiqarish faoliyati to‘liq tiklandi, 110 ta korxona yangi investorlarga sotildi. Bunday korxonalarni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilish ishlariga tijorat banklari tomonidan 275 milliard so‘m miqdorida investitsiya kiritildi, natijada 22 mingdan ziyod ish o‘rni yaratildi.
Fursatdan foydalanib, bu vazifalarni bajarishga o‘z hissasini qo‘shgan barcha bank rahbarlari, mutaxassis va xizmatchilarga o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman.
Endi, ruxsatingiz bilan, qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlarimizning natijalari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchiman.
Bu haqda gapirganda, avvalo, murakkab ob-havo va iqlim sharoiti tufayli vujudga kelgan muammo va qiyinchiliklarga qaramasdan, qishloq mehnatkashlarining fidokorona mehnati hisobidan 2011-yili eng muhim qishloq xo‘jalik mahsulotlari davlat xaridi bo‘yicha shartnoma majburiyatlari nafaqat bajarilgani, balki ortig‘i bilan bajarilganini ta’kidlash o‘rinlidir.
Mamlakatimizda o‘tgan yili 6 million 800 ming tonna g‘alla, 3 million 500 ming tonnaga yaqin paxta, 8 million 200 ming tonnadan ortiq sabzavot va poliz, qariyb 3 million tonna bog‘dorchilik mahsulotlari yetishtirildi. Shu bilan birga, 6 million 600 ming tonna sut, 1 million 500 ming tonnadan ortiq go‘sht, 3 milliard 500 million donadan ziyod tuxum tayyorlandi.
Bugun mana shu yuksak minbardan turib, kunni – kun, tunni – tun demasdan, qilgan fidokorona mehnatlari uchun fermer va dehqonlarimizga yana bir bor minnatdorlik bildirib, o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni izhor etishni ham qarz, ham farz, deb bilaman.
Ayni paytda biz qishloq xo‘jaligi sohasida birinchi navbatda tuproq unumdorligini oshirish choralarini ko‘rish, barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy qilish, seleksiya va urug‘chilikni yanada rivojlantirish, mehnatni tashkil etish va rag‘batlantirish bilan bog‘liq, hali-beri ishga solinmagan katta imkoniyatlar mavjudligini ham e’tirof etishimiz zarur.
Shuni ochiq tan olish kerakki, fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va ularning mas’uliyatini yanada oshirish borasida hali ko‘p ish qilishimiz lozim.
O‘tgan yili 3 ming 800 dan ortiq fermer xo‘jaligi paxta yetishtirish bo‘yicha shartnoma majburiyatini bajara olmadi. Natijada 120 milliard so‘mlikdan ortiq yoki 160 ming tonnadan ziyod paxta xomashyosi kam yetkazib berildi. Agar bu ko‘rsatkichni eksport qilish mumkin bo‘lgan paxta tolasiga aylantiradigan bo‘lsak, boy berilgan foyda hajmi, paxtani qayta ishlashdan olinadigan moy, shrot, kunjara va boshqa mahsulotlarni hisobga olmaganda ham, yo‘qotish qariyb 100 million dollarni tashkil etadi.
O‘tgan yili 1 ming 500 ta fermer xo‘jaligi davlat zaxirasiga g‘alla sotish bo‘yicha 18 milliard so‘mlik yoki 62 ming tonna hajmidagi shartnoma majburiyatini bajarmadi.
Ana shu masalalar yuzasidan har bir viloyat va tuman bo‘yicha tegishli xulosalar chiqarilishi kerak. Bunda, eng avvalo, fermer xo‘jaliklariga yer maydonlarini uzoq muddatga ijaraga berish bo‘yicha belgilangan tartibga rioya qilinishini, shu borada qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlash zarur.
Mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish va servis sohasi 2011-yilda jadal sur’atlar bilan rivojlanib, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000-yildagi 37 foiz o‘rniga 50,5 foizni tashkil etdi.
Yil davomida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmining 41,6 foizga o‘sganini bugungi kun talablariga javob beradigan ijobiy tendensiya sifatida baholash lozim.
Bu ko‘rsatkich, avvalo, mobil aloqa va Internet tarmog‘i xizmatlaridan foydalanadigan abonentlar sonining o‘sishi hisobidan ta’minlandi. Bunda hisobot yilida aholi uchun Internet xizmatlaridan foydalanish tariflarini 22 foizga kamaytirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etdi. Hozirgi kunda mamlakatimiz aholisining 8 millionga yaqini Internet tarmog‘idan faol foydalanmoqda.
Izchillik bilan amalga oshirilayotgan, birinchi navbatda soliq yukini kamaytirishga qaratilgan oqilona soliq siyosati iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarga, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy barqarorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Xususan, 2011-yilda soliq yuki, 1991-yil bilan solishtirganda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan qariyb 2 barobar kamayib, 41,2 foizdan 22 foizga tushganini qayd etish zarur.
2011-yilda mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasining 7 foizdan 6 foizga kamaytirilishi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar investitsiya faoliyatining kengayishiga xizmat qildi. Buning natijasida bo‘shab qolgan qariyb 80 milliard 300 million so‘m mablag‘ni birinchi navbatda ishlab chiqarishni texnologik yangilash va zamonaviy texnikani joriy etishga yo‘naltirish imkoni paydo bo‘ldi.
O‘tgan yili faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida faol investitsiya siyosati yuritishga alohida e’tibor qaratildi.
2011-yilda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan qiymati 10 milliard 800 million dollardan ortiq kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi, bu 2010-yilga nisbatan 11,2 foiz ko‘p demakdir. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 23,9 foizni tashkil etgani mamlakatimizda investitsiya jarayonlarining jadal faollashib borayotganidan dalolat beradi.
Iqtisodiyotimizning real sektoriga qariyb 2 milliard 900 million dollar hajmida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi, ularning 78,8 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.
Kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish manbalari va ulardan foydalanish borasida ijobiy sifat o‘zgarishlari ro‘y bermoqda.
Jami investitsiyalarning 73 foizdan ortig‘i mamlakatimizning ichki manbalari hisobidan – korxonalar va aholi mablag‘lari, investitsiya jarayonlarida tobora faol ishtirok etayotgan tijorat banklari kreditlari, shuningdek, davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan shakllantirilmoqda.
Jami investitsiyalarning 73,5 foizidan ortig‘i ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo‘naltirilmoqda. Investitsiyalarning qariyb 45,3 foizi zamonaviy, yuksak samarali asbob-uskunalar xarid qilishga yo‘naltirilgani ayniqsa muhimdir.
Mamlakatimizda faol investitsiya siyosati olib borilishi natijasida hisobot davrida o‘nlab zamonaviy korxonalar ishga tushirildi. Jumladan, “Jeneral Motors Pavertreyn O‘zbekiston” qo‘shma korxonasida yuqori texnologiyalar asosida avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, avtomobil generatori va kompressorlari ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlar barpo etildi, energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarish bo‘yicha uchta loyiha amalga oshirildi.
Shular qatorida “Zenit elektroniks” qo‘shma korxonasida “Samsung” kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Ayni paytda maishiy gaz plitalari, konditsionerlar, elektr pilesoslar va bir qancha boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar sho‘ba korxonasida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish maqsadida propan-butan aralashmasi qurilmasining birinchi navbatini, Samarqand viloyatida “MAN” yuk tashish mashinalari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi majmuaning dilerlik markazini bunyod etish ishlari yakuniga yetkazildi.
Navoiy issiqlik elektr stansiyasida bug‘-gaz qurilmasini barpo etish, O‘zbekiston-Xitoy gaz quvurining uchinchi yo‘nalishi kabi yirik loyihalarni amalga oshirishda qurilish-montaj ishlari qizg‘in pallaga kirdi.
Navoiy shahridagi erkin industrial-iqtisodiy zona muvaffaqiyatli faoliyat yurita boshladi, uning hududida yangi tashkil etilgan korxonalarda spidometrlar, avtomobillar uchun o‘tkazgichlar, kompressorlar, raqamli televizion tyunerlar, energiyani tejaydigan lampalar, yoritish uskunalari, diodli lampalar, modemlar, polietilen va polipropilen quvurlar, kosmetika vositalari hamda tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston milliy avtomobil magistralini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalar doirasida 302,5 kilometr uzunlikdagi yo‘lga zamonaviy qoplama yotqizilib, rekonstruksiya qilindi. Toshkent va Buxoro shaharlari aeroportlarining mahalliy yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatadigan yo‘lovchi terminallari foydalanishga topshirildi.
Toshkent – Samarqand yo‘nalishida mazkur ikki shahar o‘rtasidagi 344 kilometr masofani atigi 2 soatda bosib o‘tadigan, yuqori tezlikda harakat qiladigan “Talgo-250” yo‘lovchi elektr poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Bu poyezdlardan foydalanish maqsadida temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 600 kilometr uzunlikdagi yo‘llar qaytadan tiklandi, 68 kilometrdan iborat yangi temir yo‘llar yotqizildi, Toshkent va Samarqand shaharlari temiryo‘l vokzallari rekonstruksiya qilindi va qaytadan jihozlandi.
O‘tgan yil mobaynida telekommunikatsiya tizimini rivojlantirishga qaratilgan bir qator loyihalarni amalga oshirish ishlari davom ettirildi. Xususan, Jizzax – Bulung‘ur yo‘nalishi bo‘ylab 73 kilometr uzunlikdagi optik tolali aloqa liniyasi o‘tkazildi, mobil aloqa va Internet tarmog‘i ko‘lami tobora faol kengayib bormoqda. Yurtimizda aholiga raqamli televideniye xizmati ko‘rsatish hajmi 38 foizga yetgani ham shu boradagi ulkan ishlarimizning amaliy natijasidir.
2011-yilda logistika markazlari faoliyati jadallashdi. Xususan, “Navoiy xalqaro intermodal logistika markazi” orqali 50 ming tonna yuk tashildi. “Angren logistika markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan Qamchiq dovoni orqali 4 million 200 ming tonna, ya’ni 2010-yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘p yuk tashildi.
O‘tgan yili ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, mamlakatimiz aholisining daromadlari va turmush darajasini muttasil oshirib borish masalalari doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ldi.
2011-yilda respublikamizda ish haqi 20,2 foizga, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdori esa 26,5 foizga o‘sdi. Aholining real daromadlari yil mobaynida 23,1 foizga ortdi. Ayni paytda – shunga e’tibor berishingizni so‘rayman – aholi jami daromadlarining 47 foizi tadbirkorlik faoliyatidan olinmoqda.
Sir emaski, biz mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki yillaridan boshlab ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash, aholining daromadlari va turmush sharoitida keskin tafovut bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka katta e’tibor qaratmoqdamiz.
Keyingi o‘n yilda yurtimizda aholi daromadlari hajmi 8,1 barobar ortgan bir paytda, ish haqi, ijtimoiy ko‘makka muhtoj toifalarning daromadlari miqdorini jadal oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va soliq imtiyozlari berish hisobidan aholining eng past va eng yuqori daromadga ega bo‘lgan guruhlari o‘rtasidagi tafovut, boshqacha aytganda, daromadlardagi farq koeffitsiyenti 21,1 barobardan 8,3 barobarga qisqardi. Aytish kerakki, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari va bir qator iqtisodiy rivojlangan davlatlar o‘rtasida bu koeffitsiyent eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Yurtimizda o‘tgan yillar davomida ish haqi va pensiyalarning xarid qobiliyati izchil va barqaror o‘sgani aholining hayot darajasi va sifati ortib borayotganining yaqqol tasdig‘idir.
Buning isboti tariqasida quyidagi misol va raqamlarni keltirmoqchiman.
Agar 1991-yilda eng kam ish haqiga Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga qat’iy muvofiq tarzda hisoblab chiqilgan iste’mol korzinkasi qiymatining faqat 8 foizini tashkil etadigan tovar va xizmatlarni xarid qilish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, 2011-yilda bu ko‘rsatkich iste’mol korzinkasining 120 foizini tashkil etdi yoki 15 barobar o‘sdi, eng kam pensiyaning xarid qobiliyati esa 9 karra oshdi.
Ayni shu ko‘rsatkichlar 2000-yilda mos ravishda 11,0 va 3,6 barobarni tashkil etdi.
Hisobot yilida ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirgan ishlarimiz haqida gapirar ekanmiz, umumiy o‘rta ta’limdan boshlab o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’limgacha bo‘lgan bo‘g‘inlarda chuqur bilim va puxta kasb-hunar tayyorgarligiga ega bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash jarayonini o‘z ichiga olgan yaxlit uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish ishlari izchil davom ettirilganini ta’kidlamoqchiman.
Olis va chekka hududlarda kasb-hunar kollejlarining 24 ta filialini tashkil etish, faoliyat yuritayotgan kollejlar qoshida 18 ta talabalar turar-joylarini qurish orqali umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar ta’limi bilan to‘liq qamrab olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarning qabul qilingani mazkur yo‘nalishdagi muhim qadam bo‘ldi.
Umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida katta ishlar amalga oshirildi. Eng zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan, 46 ming 300 dan ortiq o‘quvchiga mo‘ljallangan 166 ta yangi maktab qurildi va rekonstruksiya qilindi, 151 ta maktab kapital ta’mirlandi. Mamlakatimizdagi 852 ta maktabda zamonaviy o‘quv kompyuter sinflari tashkil etildi.
Hozirgi vaqtda 9 ming 400 dan ziyod umumta’lim maktabi yoki jami maktablarning 96 foizi ZiyoNet elektron axborot tarmog‘iga ulanganini qayd etish lozim.
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Kollejlar va korxonalar o‘rtasida bitiruvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi va kelajakda mazkur korxonalarda ishga joylashishi bo‘yicha shartnoma tuzish yo‘lga qo‘yildi. Mazkur kelishuvlar asosida 390 mingdan ortiq bitiruvchi ish bilan ta’minlandi.
Hukumat qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha 2011-2016-yillarga mo‘ljallangan dasturni amalga oshirish uchun 277 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Mablag‘larni jamlash va dasturda belgilangan chora-tadbirlarning moliyalashtirilishini ta’minlash maqsadida o‘tgan yili maxsus jamg‘arma tashkil etildi va uning mablag‘lari hisobidan 2011-yilda bir yilga mo‘ljallangan 39 milliard so‘mdan ortiq tadbirlar moliyalashtirildi.
O‘tgan yili ilg‘or axborot-kompyuter texnologiyalari bilan jihozlangan, avvalo yoshlarimizga milliy va xorijiy axborot-kutubxona fondlaridan keng foydalanish imkonini beradigan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi – zamonaviy axborot-resurs markazi va Simpoziumlar saroyini o‘ziga qamrab olgan Ma’rifat markazining qurib bitkazilgani va ishga tushirilgani mamlakatimiz hayotida tom ma’noda ulkan voqea bo‘ldi, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.
2011-yilda sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish va rivojlantirish borasidagi ishlar izchil va tizimli asosda davom ettirildi.
Davolash-profilaktika muassasalarini rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy laboratoriya, diagnostika va davolash jihozlari bilan ta’minlash uchun qiymati qariyb 137 milliard so‘mlik byudjet mablag‘lari hamda 136 million dollarlik xorijiy imtiyozli kredit va grantlar yo‘naltirildi.
Umuman olganda, keyingi o‘n yil mobaynida sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan byudjet mablag‘lari hamda imtiyozli kredit va grantlar 750 million AQSh dollaridan ziyodni tashkil etdi.
Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish va rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan izchil chora-tadbirlar keyingi o‘n yilda aholining umumiy kasallanish ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada qisqartirish imkonini berdi. Har yuz ming kishiga hisoblaganda, ijtimoiy xavfi katta bo‘lgan kasalliklarga chalinish holatlari, jumladan, tug‘ma nuqsonlar bilan tug‘ilish – 32,4 foizga, yuqumli kasalliklar – 40 foizga, yuqori nafas organlarining o‘tkir infeksiyalari bilan og‘rish – 4,2 barobar kamaydi. Difteriya, paratif, poliomiyelit, bezgak kasalliklariga chalinish holatlariga butunlay barham berildi.
2011-yilda 5,9 million nafar xotin-qiz har yili o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rikdan, qariyb 150 ming homilador ayol skrining tekshiruvidan o‘tkazildi. Qishloq joylarda istiqomat qilayotgan 243 mingdan ortiq homilador ayol polivitaminlar bilan bepul ta’minlandi. Bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash darajasi qariyb 100 foizni tashkil etdi.
Yurtimiz ta’lim va tibbiyot muassasalarini zamonaviy talablar va xalqaro andozalar asosida rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ishlarni tizimli amalga oshirish maqsadida 2011-yilda byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi tashkil etildi va u 2012-yilning birinchi kunlaridan ish boshladi.
Aholi salomatligini muhofaza qilish sohasida biz erishgan bunday katta yutuqlar o‘tgan yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy modeli: “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” mavzuidagi xalqaro simpoziumda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti,YUNISEF va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak baholandi.
“Bolalarni asraylik” xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida O‘zbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasida katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan eng ilg‘or yetakchi o‘nta mamlakat qatoriga kiritilgani, albatta barchamizga yuksak g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.
Hisobot yilida yangi ish o‘rinlari tashkil etish orqali aholi bandligini ta’minlash masalasini hal qilish ham e’tiborimiz markazida bo‘ldi. Hududiy bandlik dasturlarining amalga oshirilishi natijasida yaratilgan 1 millionga yaqin ish o‘rnining 68 foizidan ko‘prog‘i qishloq joylarda tashkil etildi.
Ta’kidlash joizki, yangi ish o‘rinlarining 64 foizidan ortig‘i kichik biznes, xususiy tadbirkorlik va fermerlik rivojini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish, xususan, ularga yangi imtiyoz va preferensiyalar berish, 28 foizidan ziyodi esa yangi korxonalar tashkil etish, kasanachilikning turli shakllarini kengaytirish hisobidan yaratildi.
O‘tgan yil yakunlari haqida xulosa chiqarar ekanmiz, 2011-yil Iqtisodiyotimizni isloh qilish dasturining mantiqiy davomi bo‘ldi, O‘zbekistonning 20-yillik mustaqil taraqqiyoti tarixida, jamiyatimizni izchil demokratik yangilash va liberallashtirish jarayonida alohida o‘rin egallagan yil bo‘ldi, deb to‘la ishonch bilan ta’kidlashimiz mumkin.
Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari!
2012-yilning asosiy yo‘nalishlari haqida gapirganda, joriy yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti va uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishning ko‘rsatkichlari avvalo yuqori va izchil o‘sish sur’atlarini saqlash, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlashga qaratilganini ta’kidlash lozim.
Yalpi ichki mahsulotning 8,2 foizga, sanoat ishlab chiqarishining 8,6 foizga, qishloq xo‘jaligining 5,8 foizga o‘sish sur’atlari belgilanmoqda. Shuningdek, iste’mol narxlarining o‘sish darajasi 7-9 foiz doirasida bo‘lishi mo‘ljallanmoqda, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini 12 foiz darajasida saqlash nazarda tutilmoqda.
Mamlakatimizning 2012-yil uchun tasdiqlangan Davlat byudjeti jami xarajatlarining 60 foizdan ortig‘ini sotsial soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda.
Soliq yukini, birinchi navbatda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlaridan olinadigan soliq yukini sezilarli darajada kamaytirish belgilanmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 6 foizdan 5 foizga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining eng past stavkasi 10 foizdan 9 foizga pasaytirilganini qayd etish lozim. Bu, avvalo, kam ish haqi to‘lanadigan ishlovchilar toifasi daromadlarining ko‘payishiga sezilarli ravishda ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiydir.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan kapital qo‘yilmalar hajmi ancha oshib, o‘tgan yilga nisbatan ularning o‘sish sur’atlari 109,3 foizni, yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi esa 24,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Shuningdek, xorijiy investitsiyalar va jalb qilinadigan kreditlar hajmi 16 foizga ko‘payib, 3 milliard 300 million dollardan oshadi. Mazkur mablag‘ning 2 milliard 300 million dollardan ortig‘i yoki qariyb 70 foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etishi ayniqsa e’tiborlidir.
Bu xorijiy investorlarning iqtisodiyotimizning mustahkamligi va barqarorligiga, eng muhimi, O‘zbekiston taraqqiyotining istiqboliga bo‘lgan qiziqishi va ishonchi tobora ortib borayotganidan yaqqol dalolat beradi.
Jahon iqtisodiyotida vujudga kelayotgan tendensiyalardan, shuningdek, mamlakatimizni kelajakda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish strategiyasidan kelib chiqqan holda, 2012-yilda va undan keyingi yillarda quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Birinchi darajali e’tibor mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirish bo‘yicha dastur tayyorlash va uni amalga oshirishga qaratilishi zarur.
Bu maqsadning dolzarbligi va ahamiyati avvalo shu bilan belgilanadiki, biz o‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiyotimizni rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga olib chiqishni hozirgi bosqichdagi bosh strategik vazifa sifatida o‘z oldimizga qo‘yganmiz.
O‘z-o‘zidan ayonki, raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, pirovard natijada esa raqobatdosh mamlakatni barpo etmasdan turib, biz qabul qilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ko‘zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, bu haqda jiddiy so‘z yuritish mumkin emas.
Bu vazifaning o‘rtaga qo‘yilishi, shuningdek, inqiroz jarayonlarining chuqurlashuvi, dunyo miqyosida xarid talabining pasayishi va shunga muvofiq tarzda jahon bozorida xomashyo, materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar bo‘yicha raqobatning yildan-yilga kuchayib borayotgani bilan ham bog‘liq, albatta.
Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va raqobatdosh mahsulotlarning yangi turlarini o‘zlashtirish bo‘yicha qabul qilingan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, 2012-2016-yillarda hisob-kitoblar bo‘yicha qiymati 6 milliard 200 million dollar bo‘lgan 270 dan ziyod investitsiya loyihasini, shuningdek, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha tarmoq dasturlarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Joriy 2012-yilda iqtisodiyotimizni diversifikatsiya qilishni davom ettirishda o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. Jumladan, Surg‘il koni bazasida Ustyurt gaz-kimyo kompleksi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar va Qo‘ng‘irot soda zavodlarining ikkinchi navbatini, sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodini qurish ishlari boshlanadi.
Shuningdek, Tollimarjon issiqlik elektr stansiyasida ikkita bug‘-gaz qurilmasi, Angren issiqlik elektr stansiyasida yangi energoblok qurish, avtomobil shinalari va transportyor tasmasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, to‘qimachilik korxonalari quvvatlarini yanada kengaytirish va butun texnologik jarayonni takomillashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash ishlarini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining roli tobora ortib borayotganini alohida ta’kidlashni istardim.
Aytish kerakki, hozirgi vaqtda ushbu Jamg‘arma kapitali 9 milliard dollardan oshib ketdi. 2012-yilda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmasining yetakchi tarmoqlarida 758 million dollardan ziyod hajmdagi 29 ta strategik investitsiya loyihasini birgalikda moliyalash mo‘ljallanmoqda, bu o‘tgan yilga nisbatan 38,2 foizga ko‘p demakdir.
Vazirlar Mahkamasi strategik ahamiyatga molik loyihalarning amalga oshirilishini alohida nazoratga olishi, loyiha-smeta hujjatlarining puxta ishlanishini, tanlov savdolarining o‘z vaqtida o‘tkazilishini, zarur asbob-uskunalarning yetkazib berilishi bo‘yicha shartnomalar tuzilishi hamda qurilish-montaj ishlarining belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlashi zarur.
Hukumatning chorak yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishlarida qabul qilingan Birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturini va modernizatsiyalash bo‘yicha tarmoq dasturlari hamda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan tarmoq jadvallari ijrosi ta’minlanishini ko‘rib chiqish va ularning bajarilishi uchun o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rish tartibini joriy etish darkor.
O‘tgan yili protokol bilan belgilangan topshiriqqa binoan mamlakatimizning barcha yirik korxonalari va ishlab chiqarish tarmoqlarida o‘tkazilgan texnik audit natijasida 37 mingga yaqin asbob-uskuna va texnologiyalarning jahon miqyosida sinovdan o‘tgan, zamonaviy turlariga almashtirilishi lozimligi aniqlandi.
Vazirlar Mahkamasi ushbu audit natijalari asosida bir oy muddatda moddiy va ma’naviy jihatdan eskirgan asbob-uskunalarni yangilash bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan, ularni moliyalashning aniq manbalariga alohida e’tibor qaratgan holda, tarmoq jadvallarini tasdiqlashi zarur.
Bugungi kunda iqtisodiyotimizning samarasi haqida so‘z yuritar ekanmiz, shuni tan olishimiz kerakki, bu yo‘nalishda eskidan qolgan va hali-beri ro‘y berib kelayotgan oqsoqlik holatlari borligi, birinchi navbatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning material va energiya sarfi yuqori darajada saqlanib qolayotgani ayon bo‘ladi.
Avvalo, biz tabiat tomonidan berilgan noyob, qayta tiklanmaydigan zaxiralar bo‘lmish neft, gaz kondensati, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishni hamon o‘rganganimiz yo‘q. Bu resurslarning katta qismidan ko‘proq yoqilg‘i sifatida foydalanyapmiz, xolos.
Muqobil energiya resurslarini izlash va joriy etish ishlari talab darajasida emas. Umuman, ushbu sohada zudlik bilan hal qilinishi lozim bo‘lgan ko‘plab muammolar to‘planib qolganini afsus bilan qayd etish kerak.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash masalasi barcha korxonalarda ham hal etilgan, deb bo‘lmaydi. Bu kamchilik, ayniqsa, biz uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yengil sanoat, farmatsevtika va qurilish materiallari sanoati kabi iste’mol tovarlari ishlab chiqariladigan tarmoqlarga tegishlidir.
Mamlakatimizda yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish borasida ham ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjud. Biz ishlab chiqarishni yangilash va modernizatsiya qilish uchun katta mablag‘ sarflaymiz, ko‘p miqdordagi xorijiy investitsiyalarni jalb etamiz.
Lekin qator tarmoqlarda ishlab chiqarish quvvatlaridan, asosiy fondlardan to‘liq foydalanishda, mehnat samaradorligini oshirishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar mahsulotlar tannarxining asossiz ravishda o‘sib ketishiga olib kelmoqda.
Bunday vaziyatlarni tanqidiy baholab, Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagi masalalarni hal etishi zarur:
Birinchidan. Manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, kompaniya va korxonalar ishtirokida sanoatda mahsulot tannarxini 10-15 foizga pasaytirish yuzasidan har bir sanoat korxonasi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ko‘zda tutadigan dastur ishlab chiqish lozim.
Ikkinchidan. Mamlakatimiz korxonalarida qishloq xo‘jaligi xomashyosini qayta ishlash darajasini tanqidiy tahlil qilish va uni rivojlantirish bo‘yicha mavjud resurs va imkoniyatlarni aniqlash hamda sanoatning qayta ishlash tarmoqlarini jadal rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlari turlarini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash, buning uchun qo‘shimcha imtiyozlarni ko‘zda tutadigan maxsus qaror qabul qilish kerak.
Bu borada, birinchi navbatda, mahalliy xomashyo va materiallar asosida sanoat kooperatsiyasi va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tizimini yanada rivojlantirishga oid ishlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratish darkor.
Uchinchidan. Bugungi keskin raqobat sharoitida mahsulotlarimizning jahon va mintaqaviy bozorlarda xaridorgir bo‘lishi va mustahkam o‘rin egallashi uchun bu boradagi ishlarni yana bir bor tanqidiy ko‘rib chiqish lozim. Bunda tashqi bozorda xaridorbop, yuqori likvidli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish uchun eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish, ularga yangi imtiyoz va preferensiyalar berish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tayyorlash zarur.
To‘rtinchidan. Mamlakatimizdagi raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari va boshqa tarmoqlarning eksport yarmarkalari o‘tkazishini kengaytirish, shuningdek, mahsulot sotishning zamonaviy usullaridan keng foydalanish, asosiy ishlab chiqaruvchilarimizni o‘z mahsulotlari taqdimotini o‘tkazish va yangi eksport shartnomalari tuzishi uchun nufuzli xalqaro yarmarkalarga jalb etish bo‘yicha alohida Hukumat qarorini qabul qilish lozim.
Tarkibiy yangilanishdagi alohida e’tiborni talab etadigan navbatdagi muhim masala – bu xizmatlar sohasining jadal rivojlanishini ta’minlashdan iborat.
Xizmatlar va servis sohasining joriy yilda keskin o‘sishi, avvalo qurilish, transport, moliya-bank va axborot-kommunikatsiya sohalarida, aholiga tibbiy va kommunal-maishiy xizmatlar ko‘rsatishda, ayniqsa, qishloq joylarda bu sohani yanada kengaytirish uchun hali-beri foydalanilmayotgan katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Xizmatlar sohasining rivojlanishi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va sifati bo‘yicha biz iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan hamon jiddiy orqada qolmoqdamiz.
Eng muhimi, shuni unutmaslik kerakki, katta kapital qo‘yilmalar talab qilmaydigan bu soha iqtisodiyotning yuksalishiga, aholi bandligi va daromadlarining ortishiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 2012-2016-yillarga mo‘ljallangan dastur loyihasini tasdiqlash uchun kiritishi, bunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida bu sohaning ulushi 54-56 foizga yetkazilishini nazarda tutish darkor.
2012-yilda eng muhim ustuvor vazifalardan biri transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirishni ta’minlashdan iborat bo‘lib qoladi.
Transport-kommunikatsiya tarmoqlarining inson tanasini qon bilan ta’minlaydigan hayotbaxsh tomirlarga o‘xshatilishi bejiz emas, albatta.
Bugungi kunda yuksak taraqqiy topgan zamonaviy mamlakatni iqtisodiyot rivojini, shaharlar va aholi punktlarining hayotiy faoliyatini ta’minlaydigan magistral kommunikatsiyalarning keng tarmog‘isiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Barchamiz, avvalo, viloyat va hududiy tuzilmalar rahbarlari transport va kommunikatsiya, birinchi navbatda yo‘l qurilishi sohasi, shuningdek, ijtimoiy va obodonlashtirish ishlari ko‘p mehnat talab etadigan va ayni vaqtda yaxshi haq to‘lanadigan, aholini ish bilan ta’minlash imkonini beradigan tarmoqlar ekanini doimo yodimizda tutishimiz zarur. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mamlakatimizning barcha hududlarini ishonchli ravishda bog‘laydigan, mintaqaviy va jahon bozorlariga chiqishni ta’minlaydigan O‘zbek milliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan yo‘llarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini jadal amalga oshirish biz uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
Shu maqsadda 2012-yilda 517 kilometrlik avtomobil yo‘llari, ikkita yirik transport bog‘lamasi, 544 pogon-metr ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish mo‘ljallanmoqda. Buning uchun Respublika yo‘l jamg‘armasidan 360 million AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi, o‘tgan yilga nisbatan 12,5 foiz ko‘p mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
O‘zbek milliy avtomagistralini modernizatsiya qilish nafaqat mamlakatimiz, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ulkan strategik ahamiyatga ega ekanini inobatga olgan holda, ushbu loyihani amalga oshirishda Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Arab Muvofiqlashtirish guruhi a’zolari singari xalqaro moliya tuzilmalari faol ishtirok etmoqda.
Mazkur tashkilotlar tomonidan 742 kilometrlik avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, yo‘l qurilishi bo‘yicha zamonaviy texnika sotib olish uchun 1 milliard 400 million dollarga yaqin imtiyozli kreditlar ajratildi.
Faqat 2012-yilning o‘zida ushbu maqsadlar uchun 109 million dollar miqdoridagi mablag‘ni o‘zlashtirish, 165 kilometr sement-beton qoplamali yo‘llarni foydalanishga topshirish, jumladan, Qamchiq dovoni orqali o‘tadigan yo‘lni rekonstruksiya qilish mo‘ljallanmoqda.
“O‘zavtoyo‘l” davlat aksiyadorlik kompaniyasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ajratilayotgan mablag‘larni samarali o‘zlashtirish hamda avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash yuzasidan belgilangan ko‘rsatkichlarni so‘zsiz bajarish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish vazifasi topshiriladi.
Temir yo‘llar kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish, Maroqand – Qarshi va Qarshi – Termiz temir yo‘l uchastkalarini elektrlashtirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishini jadallashtirish zarur. Shu bilan birga, Toshkent – Samarqand temir yo‘l liniyasi uchastkasida obodonlashtirish ishlarini davom ettirish hamda yuqori tezlikda harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlarning ishonchli va xavfsiz qatnovini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish darkor. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur ishlarni amalga oshirish bo‘yicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqishi va tasdiqlatishi, ularning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashi lozim.
Vazirlar Mahkamasi “Navoiy xalqaro intermodal logistika markazi”ni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini, xalqaro yuklar tranzit hajmini ko‘paytirish, parvozlar geografiyasini yanada kengaytirish, aeroport infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, “Angren logistika markazi”ni modernizatsiya qilish, rivojlantirish va jihozlash ishlarini qat’iy nazoratga olishi zarur.
Telekommunikatsiya tarmog‘i ko‘lamini kengaytirish, uni rivojlantirish va modernizatsiya qilish uchun qo‘shimcha resurslarni jalb etish lozim. Joriy yilda uzunligi 172 kilometrdan ortiq bo‘lgan Urgut – Shahrisabz va Boysun – Denov optik tolali aloqa liniyasi qurilishini amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. Ayni vaqtda 89 ta yangi baza stansiyalarini barpo etish hisobidan simsiz aloqa zonasini kengaytirish, Farg‘ona, Navoiy, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida teleuzatgichlar o‘rnatish orqali raqamli televideniyega bosqichma-bosqich o‘tish va boshqa ishlarni bajarish shu boradagi vazifalarimiz qatoriga kiradi.
Telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha mo‘ljallangan investitsiya loyihalarini amalga oshirish ishlariga 2012-yilda 176 million dollardan ortiq hajmdagi investitsiyalarni yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi har oyda tegishli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va hududiy boshqaruv organlari rahbarlari ishtirokida 2011-2015-yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishi rivojlanishini jadallashtirish to‘g‘risidagi dasturga muvofiq ko‘zda tutilgan loyihalarning ijrosini ko‘rib chiqishi lozim. Bunda ushbu loyihalarning amalga oshirilishini jadallashtirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinishini ta’minlash darkor.
2012-yilda va undan keyingi yillarda diqqatimiz markazida turishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida so‘z borar ekan, Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida xususiy uy-joylarni qurish bo‘yicha dasturni amalga oshirish masalalariga alohida to‘xtalmoqchiman.
Qishloq joylarda xususiy uy-joylarni qurish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur amalga oshirila boshlaganidan buyon, ya’ni so‘nggi ikki yil davomida 15 mingdan ziyod oila har tomonlama qulay yangi uy-joylarga ega bo‘ldi.
Faqat o‘tgan yilning o‘zida namunaviy loyihalar asosida umumiy maydoni 1 million 100 ming kvadrat metrga teng bo‘lgan 7 ming 400 ta xususiy uy-joy qurib bitkazildi. Bu maqsad uchun 576 milliard so‘mlikdan ortiq investitsiyalar yo‘naltirildi, ularning 63 foizidan ziyodini markazlashtirilgan manbalar va “Qishloq qurilish bank” mablag‘lari tashkil etadi.
Joriy yilda umumiy turar-joy maydoni 1 million 200 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan 8 ming 510 ta yakka tartibdagi uy-joy qurilishi rejalashtirilgan, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 15 foiz ko‘pdir.
Shu bilan birga, davlat mablag‘lari, takror aytaman – byudjet mablag‘lari hisobidan turar-joy posyolkalarini qurish bo‘yicha oldindan tasdiqlangan kompleks rejalarga muvofiq 425 kilometrdan ziyod vodoprovod tarmog‘i, qariyb 260 kilometr elektr liniyalari, 375 kilometr gaz tarmoqlari va 306 kilometr ichki yo‘llar qurilishi rejalashtirilgan.
Ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini barpo etish hisobidan kompleks qurilish joylarida 26 ta qishloq vrachlik punkti, 10 ta umumta’lim maktabi va 680 tadan ziyod xizmat ko‘rsatish va servis ob’ekti foydalanishga topshiriladi.
Ushbu maqsadlarda yil davomida qariyb 810 milliard so‘mlik kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda. Umuman aytganda, Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirishning 2015-yilgacha mo‘ljallangan tasdiqlangan dasturini amalga oshirish ishlariga 2 milliard 200 million AQSh dollari qiymatidagi mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, bu Dasturning amalga oshirilishida Osiyo taraqqiyot banki faol ishtirok etmoqda. Mazkur bank qishloqda yakka tartibdagi uy-joylar qurilishiga 500 million dollar miqdorida, jumladan, 2012-yilda 160 million dollar investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.
Shu borada masalaning yana bir jihatiga e’tiboringizni qaratmoqchiman. “Qishloq qurilish bank” tomonidan uning o‘z mablag‘lari va Osiyo taraqqiyot bankining zayom mablag‘lari hisobidan namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish uchun kreditlar qishloq aholisiga imtiyozli shartlarda, 15-yil muddatga yillik 7 foizli stavka bo‘yicha berilmoqda. Bu esa tijorat banklarining ipoteka kreditlari stavkasidan qariyb ikki barobar past bo‘lib, mohiyat e’tibori bilan qishloqda yashayotgan oilalarga katta imtiyoz va imkoniyat yaratib berishga qaratilgandir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Qishloq qurilish invest” kompaniyasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Qishloq qurilish bank” shu yil fevral oyining oxirigacha qishloq joylardagi yakka tartibdagi turar-joy massivlarida uy-joylar, tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalari, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob’ektlarini moliyalashni va ularning qurilishi boshlanishini ta’minlasin.
Hech kimga sir emas, mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlari, avvalo, demografik jihatlariga ko‘ra, aholi bandligi masalalari o‘zining dolzarbligi va o‘tkirligini saqlab qolmoqda, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ma’qullangan 2012-yilda ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturi barchamizning, avvalo, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining diqqat markazida turishi zarur. Ushbu dasturga binoan 967 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish, ularning qariyb 600 mingini qishloq joylarda tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hisobidan 480 mingdan ziyod kishini ishga joylashtirish, birinchi navbatda, korxonalar bilan hamkorlikda mehnat shartnomalari asosida kasanachilikning turli shakllarini, shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali 210 mingdan ortiq kishining bandligini ta’minlash rejalashtirilgan.
Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani, transport va kommunikatsiyalar qurilishini jadal rivojlantirish, aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarining ko‘lamini kengaytirish hisobidan 2012-yilda qariyb 75 mingta yangi ish o‘rni tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
Shu borada biz uchun o‘ta muhim, aytish mumkinki, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir masalaga to‘xtalib o‘tishni joiz deb bilaman. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalasi barchamizning jiddiy va doimiy e’tiborimiz markazida turishi zarur.
Bu yil yurtimizda 516 ming nafardan ziyod yigit-qiz kollej va litseylarni tamomlaydi. Ularning qayerga ishga joylashishini hozirdanoq aniq belgilab olish, korxonalar bilan ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash va undan so‘ng ishga qabul qilish bo‘yicha shartnomalarning o‘z vaqtida tuzilishini ta’minlash – bunday masalalarni alohida nazoratga olish lozim.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor korxonalar va idoralar bilan birgalikda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish yuzasidan chora-tadbirlar majmuini bir oy muddatda ishlab chiqsin va uni shu yilning 1-iyunigacha amalga oshirsin.
Fursatdan foydalanib, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarini, ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashini, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarini bu boradagi ishlar qanday yo‘lga qo‘yilgani va qanday bajarilayotganiga qarab ularning faoliyatiga baho berilishi haqida alohida ogohlantirib qo‘ymoqchiman.
Hurmatli majlis qatnashchilari!
Biz 2012-yilni yurtimizda “Mustahkam oila yili” deb e’lon qildik.
Jamiyatimizning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, bugungi kunda yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, bu borada mahallaning roli va ahamiyatini kuchaytirish, xotin-qizlar, opa-singillarimiz uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish, jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va barkamol avlodni tarbiyalash kabi o‘z oldimizga qo‘ygan boshqa muhim maqsadlar barchamizga yaxshi ma’lum.
Bu o‘rinda gap aynan shular hisobidan pirovard natijada oila farovonligini va shu asosda butun xalqimiz farovonligini yanada oshirish haqida bormoqda.
Shu kunlarda ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalarni amalga oshirish va hayotga joriy etish bo‘yicha Davlat dasturini ishlab chiqish ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur dasturni amalga oshirish uchun 2012-yilda moliyalashning barcha manbalari hisobidan qariyb 4 trillion 400 milliard so‘m va 370 million dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda.

Bu mablag‘ning 60 foizga yaqinini davlat mablag‘lari, 25 foizini tijorat banklari kreditlari, qariyb 15 foizini mas’ul ijrochilarning o‘z mablag‘lari hamda 360 million dollardan ortig‘ini xalqaro institutlar va donor mamlakatlar mablag‘lari tashkil etadi. To‘qima mebellar har qanday uyga yarashadi


O‘zA, Adhambek Rashidbekov, Otabek Mirsoatov (surat), 16.01.2013 18:12
Erkin bozor iqtiso_diyotiga bosqichma-bosqich o‘tishda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga samarali ta’sir ko‘rsatadigan oilaviy biznes muhim o‘rin tutadi. Tadbirkorlikning ushbu turi ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan urf-odat va an’analar, hunarmand-ustalarning mahorati bilan chambarchas bog‘liqdir.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ta’kidlanganidek, biznesni tashkil qilishning ushbu shakli biznesni yuritishda yuzaga kelgan milliy an’analarimizga, xo‘jalik yuritish faoliyatining mavjud holatiga to‘la mos keladi.
...Zarifaxon Bahodirova – oilaviy tadbirkor, majnuntol va rotang novdalaridan to‘qilgan mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Pokizaxon” xususiy ishlab chiqarish korxonasining rahbari.
Mamlakatimizda mebel ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda. So‘nggi yillarda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan to‘qima mebellar ichki bozorda ommalashmoqda va xaridorgir bo‘lmoqda. Chunki bunday mebellar o‘z sifati bo‘yicha xorijda ishlab chiqarilgan turdosh mahsulotlardan qolishmaydi. Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari kuchayib borayotgan raqobat sharoitida doimiy izlanishlar olib borgan holda, o‘z mahsuloti texnologiyalari va dizaynini tobora takomillashtirmoqda. Bunda ular mebel ishlab chiqarishning moliyaviy jihatini ham e’tiborga olib, mahsulotni maksimal darajada arzonlashtirishga harakat qilmoqda.
– To‘qima mebel – bejirim, tabiiy mahsulot bo‘lib, ayni paytda foydalanish uchun qulay va narxi arzondir, – deydi Z. Bahodirova. – Odamlar qadimdan bunday uy anjomlaridan foydalanib kelgan. Bugungi kunda ham bunday mebellar o‘z xaridoriga ega, asosiysi, mustahkamligi bois bir necha avlodga xizmat qiladi.
Nafis, o‘ziga xos, ekologik toza va yengil to‘qima uy anjomlari xonaga qulaylik va ko‘rk baxsh etadi. Bugun biz ushbu mebellar nafaqat uy va dala hovlilarimizni, ayni paytda ko‘plab restoran va qahvaxonalar, mehmonxonalar va boshqa jamoat joylarini ham bezab turganini ko‘rishimiz mumkin.
Ohangaronda joylashgan “Pokizaxon” korxonasida yigirma nafardan ortiq ustalar va ularning shogirdlari yelkama-elka mehnat qilmoqda. Ishni samarali tashkil qilish uchun ularga barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. O‘z egasini kutib turgan bejirim mahsulotlar e’tiborni tortadi. Bu yerga tashrif buyurgan odam estetik zavq oladi, kayfiyati ko‘tariladi.
– Yoshim yigirma ikkida, bu yerda anchadan buyon ishlayman, – deydi usta Ulug‘bek Hamroyev. – Bir qarashda mebellarni to‘qish oson ishdek tuyuladi. Aslida bu hunarni egallash uchun katta qiziqish kerak bo‘ladi, mebelning turli shakldagi har bir detalini tayyorlashda katta e’tibor va sabr talab etiladi. Bizning ishimizda sifat muhim ahamiyatga ega.
– “Pokizaxon” xususiy ishlab chiqarish korxonasida tayyorlanadigan har bir detal o‘ziga xos bo‘lib, bu jarayonda turli naqsh va shakllardan unumli foydalaniladi. Mahsulot turi ko‘p – meva va shirinliklar solinadigan kichik savatchalardan yotoqxona uchun to‘qima to‘siq va karavotlargacha ishlab chiqariladi. Bir qarashda barcha texnologik jarayonlar osondek tuyuladi, lekin oddiy savat yoki kursi tayyorlash uchun ancha mehnat va vaqt talab etiladi. Chunki ularni ishlab chiqarishda mexanizmlardan kamdan kam foydalaniladi. Xalqimiz tomonidan yuksak qadrlanadigan bunday mebellarning betakror bo‘lishiga qo‘l mehnati bilan erishiladi. Ishlab chiqaruvchilar talab etiladigan xomashyoni mahalliy fermerlardan xarid qiladi, novdalarni esa o‘zlari o‘stiradi.
Zarifaxon opa biz bilan suhbatda, tadbirkorlik faoliyatini qanday boshlaganini gapirib berdi. Mutaxassisligi o‘qituvchi bo‘lgan Zarifaxon opa yoshligidan novdalardan mebel to‘qishga qiziqqan va shunday korxona tashkil etish orzusi bilan yashagan. 2002-yilda to‘qima mebel ishlab chiqaruvchilar hozirgidek ko‘p emasdi.
– Xalq iste’moli mollari bozorda hamisha xaridorgir bo‘lishini yaxshi bilardim, lekin o‘shanda tavakkal qilishga to‘g‘ri kelgan, – deydi Z. Bahodirova. – O‘sha paytlarda ham mamlakatimizda tadbirkorlarga alohida e’tibor qaratilib, ular uchun zarur sharoitlar yaratilayotgan edi. Xuddi kechagidek esimda, uyni tozalash va ovqat tayyorlash o‘rniga ko‘pincha to‘qima mebellar to‘g‘risida kitoblar o‘qib, xaridorlar ehtiyojini o‘rganardim.
Sidqidildan qilingan mehnat va tinimsiz yangilikka intilish qisqa vaqtda o‘z samarasini berdi. Zarifa opa tadbirkorlik faoliyatini boshlaganidan uch yil o‘tgach, “Tashabbus – 2004” ko‘rik tanlovining yakuniy bosqichida “Eng yaxshi tadbirkor ayol” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Hozirgi kunda Z.Bahodirovaga ikki nafar o‘g‘li va ikki nafar qizi yordamlashmoqda. Ular zamonaviy tadbirkorlikning sir-asrorlarini puxta o‘rganmoqda. Bolalar tarbiyasi, oila baxti, kasbiy yuksalish va muvaffaqiyatli biznes Bahodirovlar oilasining har bir a’zosi hayotida o‘z ifodasini topmoqda.
Bugun “Pokizaxon” xususiy ishlab chiqarish korxonasida tayyorlangan mahsulotlar ko‘plab yarmarka va ko‘rgazmalarning pavilon hamda stendlarini bezab kelmoqda. Zarifaxon opaning o‘zi esa tinim bilmaydi: turli mamlakatlarga sayohat qiladi, tadbirlarda ishtirok etadi, yoshlarga o‘z sohasi sir-asrorlarini o‘rgatadi. Mashhur tadbirkor Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona viloyatida mahorat darslarini o‘tkazdi. Zarifaxon opaning istiqbol rejalari yanada ulkan – ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratishni mo‘ljallamoqda. Eng muhimi, “Pokizaxon” xususiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari davlatimizning har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi tufayli o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishiga qat’iy ishonadi.

Hech shubhasiz, bunday keng ko‘lamda ajratilayotgan mablag‘lar avvalo shu saxovatli O‘zbekiston zaminida yashayotgan har qaysi oilaga ko‘rsatilayotgan katta e’tibor va g‘amxo‘rlik, ko‘mak va yordam belgisi va timsoli, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.


Aziz do‘stlar!
O‘tgan 2011-yilning asosiy yakunlari va mamlakatimizning 2012-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturining muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlari ana shulardan iborat.
Ushbu dasturda belgilangan ulkan vazifalarni amalga oshirish eng avvalo barchamizdan butun salohiyatimiz, bilim va tajribamizni, bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishni, har birimizdan zimmamizdagi mas’uliyatni chuqur his etgan holda, samarali mehnat qilishni talab etadi.
Oldimizda turgan ana shunday yuksak va ezgu maqsadlarga erishishda barchangizga chin qalbimdan sog‘lik-salomatlik, yangi omadlar tilayman.

Iqtisodiyot

Yüklə 283,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin