1 – amaliy mashg‟ulot ishi mavzu: respublikamizning noyob durdona obekti bo`lgan g`O`za genetik kolleksiyasining materiallari bilan tanishish



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix27.01.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#81220
  1   2
1.Amaliy.Genetika



150 
1 – AMALIY MASHG‟ULOT ISHI 
Mavzu: RESPUBLIKAMIZNING NOYOB DURDONA OBEKTI BO`LGAN G`O`ZA GENETIK KOLLEKSIYASINING MATERIALLARI BILAN 
TANISHISH. 
 
Amaliy mashg‟ulotning maqsadi: Respublikamiz hududida ekiladigan g‘o‘za navlari bilan tanishish. Go‘za navlari va ularning 
genetikasi to‘g‘risida talabalarga ko‘nikmalar berish. 
Kerakli jihozlar: Yorug‘lik mikroskopi, elektron mikroskop, tarqatma materiallar, tayyor preparatlar, g‘oza kolleksiyasi, go‘za 
navlari urug‘lari, buyum va qoplag‘ich oynalar, qalamlar, albom, tablitsalar. 
1-ish Ishning borishi 
1. 
Respublikamizning noyob durdona obekti bo‘lgan go‘za genetik kolleksiyasi bilan tanishish
2. 
Respublikamizning noyob durdona obekti bo‘lgan go‘zaning morfologiyasi bilan tanishish. 
3. 
Respublikamizning noyob durdona obekti bo‘lgan go‘zaning tola xillar bilan tanishish. 
4. 
Respublikamizning noyob durdona obekti bo‘lgan go‘za genetikasini o‘rgangan olimlar va ularning tadqiqotlari 
bilan tanishish. 
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Go‘zaning morfologiyasi, genetikasi , seleksiyasi va kolleksiyalari o‘rganiladi va kerakli 
bo‘lgan ma‘lumotlar yozib olinadi. Undan tashqari rasmlar albomga chiziladi. 
Gʻoʻza --
gulxayridoshlar oilasiga 
mansub 
oʻsimliklar turkumi

paxta tolasi 
olish uchun ekiladigan texnika ekini. 3 ta kenja turkum 
(GossypiumKarpasSturtia)ni oʻz ichiga oladi. Bular 
bir yillik 
va 
koʻp yillik butalar,
 
daraxtlar 
hamda tropik mintaqa buta va 
oʻtlaridir. G‘o‘zaning 50 turi maʼlum. g‘o‘za turkumida 
xromosomalar 
soni 
diploid 
(2 l = 26) va tetraploid (2 p =52) boʻlgan turlari 
bor. 
Genomining 
tarkibiga koʻra ular 6 guruhga (A, V, D, S, Ye, Gʻ) boʻlinadi. Tetraploidlarda genomi AD. Turlar guruhlar ichida 
oson, guruhlar oʻrtasida esa qiyin chatishadi yoki duragaylarning toʻliq bepushtligi kuzatiladi. Tola olinadigan oʻsimlik sifatida 
hindi-xitoy, afrika-osiyo, meksika, peru gʻoʻzalari ekiladi (qarang 
Yovvoyi gʻoʻzalar

Madaniy gʻoʻzalar
). g‘o‘za dehqonchilikdagi 
qad. ekinlardan biri. g‘o‘za paxtasidan olinadigan toladan foydalanish qadim 
zamonlar 

paleolit 
davridan
boshlangan. g‘o‘zavatani 
Hindiston 
hisoblanadi. 
Hind vodiysida 
mil. dan 3 ming yil ilgari paxta yetishtirilib, undan 
yigirilgan ip tay-yorlangan. Shuningdek
Xitoy,
 
Eron,
 
Peru 
va 
Meksikada 
g‘o‘za mil.dan bir necha asr ilgari maʼlum boʻlgan. 
arxeologik maʼlumotlarga koʻra, 
Oʻrta Osiyoda 
miloddan avvalgi 6-5-asrdan boshlab ekilgan. 10-asrdan 
Ispaniyaga 
va undan 
boshqa Yevropa mamlakatlariga tarqalgan. 
Jahonda G‘O‘ZA 80 dan ortiq mamlakatda yetishtiriladi. Asosiy paxta yetishtiruvchi mamlakatlar: Xitoy (3,7 mln.ga, 30,6 s/ga, 
11,4 mln. t), AQSH (5,4 mln. ga, 17,5 i/gʻa, 9,5 mln.t), 
Hindiston (9,0 mln.ga, 6,9 s/ga, 6,2 mln.t), 
Pokiston 
(2,9 mln.ga, 15,3 s/ga, 4,4 mln.t). Shuningdek, 
Braziliya,
 
Turkiya,
 
Misrda 
ham katta maydonlarni egallaydi. 20-asr oxiriga kelib asosiy paxta yetishti-ruvchi mamlakatlardan Xitoyda 3,8, AQShda 3,6, 
Hindistonda 2,0, pokistonda 1,5, Turkiyada 0,8 mln.t; jahon boʻyicha 18,2 mln. t paxta tolasi yetishtirildi (1999). 
Oʻzbekiston 
paxta tolasi yetishtirish boʻyicha jahonda 4-oʻrinda turadi (gʻoʻza ekin maydoni 1440,8 ming ga, hosildorligi 24,5 
s/ga, yalpi hosili3537,1 ming t; 2004). 
Seleksiya madaniy o’simliklarning yangi navlarini, uy hayvonlarining yangi zotlarini va foydali mikroorganizmlarning yangi 
shtammlarini yaratish va yaxshilashning genetik, umumbiologik asoslari va metodlarini o’rganuvchi amaliy fan. 


151 
Seleksiya atamasi lotincha ―Selektio‖- so’zidan olingan bo’lib, tanlash degan ma‘noni bildiradi. Bu fan o’z faoliyatida 
organik olam evolyusiya sini ta‘min etuvchi omillar - 


152 
o’zgaruvchanlik, irsiyat, hamda tabiiy tanlanish va sun‘iy tanlash qonuniyatlariga asoslanadi. SHuning uchun ham genetika va 
darvinizm fanlari seleksiyaning nazariy asosini tashkil etadi. Seleksiya irsiyat va o’zgaruvchanlikning genetika fani kashf etgan 
qonuniyatlariga asoslanib, yangi nav, zot va shtammlar yaratishning nazariy asoslarini hamda samarador metodlarini yaratadi. 
Bundan tashqari, seleksiya evolyusion ta‘limotga tayanib madaniy o’simliklar va uy hayvonlarining inson faoliyati bilan (ya‘ni 
sun‘iy tanlash) boshqariladigan evolyusiyasining qonuniyatlarini ochadi. YAngi yaratilgan sermahsul nav, zot va shtammlarni 
amaliyotga tatbiq etadi. Binobarin, seleksiya o’simlikshunoslik, chorvachilik va amaliy mikrobiologiyaning samaradorligini 
oshiradi. 
Atoqli genetik olim, akademik N.I. Vavilov seleksiyaning mazmuni va vazifalarini ta‘riflab berdi. Hozirgi zamon seleksiyasi yangi 
nav, zot va shtammlar yaratish jarayonida quyidagi vazifalarni bosqichma-bosqich turli metodlarni qo’llagan holda amalga 
oshiradi: 
1) 
Seleksiya ishining ob‘ektlari bo’lgan o’simliklar, hayvonlar va ikroorganizmlarning nav, zot, shtamm va tur xilma-xilligini 
o’rganish. Seleksiya uchun zarur bo’lgan dastlabki material to’plash, kolleksiyalarni yaratish. Buning uchun o’simliklar, 
hayvonlarning turli-tuman nav va zotlari hamda ularning yovvoyi va yarim yovvoyi ajdodlari yig’iladi, o’rganiladi, qiyosiy 
tahlil qilinadi va baholanadi. Ularning eng yuqori sifatlilari seleksiya uchun dastlabki material sifatida seleksionerlarga 
tavsiya etiladi; 
2) 
Seleksiyada duragaylash, mutagenez va genetik injeneriya metodlarini qo’llash yo’li bilan irsiy o’zgaruvchanlik doirasini 
kengaytirish va bundagi qonuniyatlarni tahlil qilish va o’rganish. Buning natijasida amaliy seleksiya uchun yanada 
qimmatliroq, irsiy o’zgaruvchanlikka o’ta boy material sun‘iy yaratiladi. Oqibatda seleksiya samaradorligini keskin oshirish 
imkoniyati yaratiladi; 
3) 
YAratilayotgan nav, zot va shtammlar belgi va xususiyatlarining rivojlanishida tashqi muhit sharoitining ahamiyatini 
aniqlash. Buning natijasida organizmlar irsiy belgi va xususiyatlarining rivojlanishi darajasiga ijobiy ta‘sir etuvchi tabiiy va 
sun‘iy (agrotexnik va zootexnik sharoitlar) omillari aniqlanadi. Bu esa ulardan yuqori mahsulot olish texnologiyasini 
yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi; 
4) 
YAratilayotgan nav, zot va shtammlarning inson uchun foydali belgilarining kelgusi avlodlarda saqlanib, yanada kuchayib 
borishini ta‘min etuvchi ilmiy asoslangan tanlash metodlarini yaratish va qo’llash. Tanlash seleksiya jarayonining hamma 
bosqichlarida qo’llaniladi. 
Seleksiyaning asosiy metodlaridan biri tanlash hisoblanadi. Tanlash metodlarining tizimida asosan ikki turi ajratiladi: yalpi 
(ommaviy) va yakka tartibdagi (individual) tanlash. 
YAlpi (ommaviy) tanlash. YAlpi (ommaviy) tanlash – genotipi tekshiriladigan tashqi belgilar (fenotip) bo’yicha qarindoshlarni 
tanlash. Masalan, ma‘lum o’simlik populyasiyasiga mos keladigan, umumiy belgilari yaxshi deb topilgan o’simliklar hosili jamlab 
terib olinadi. 
YAkka tartibdagi (individual) tanlash. YAkka tartibdagi tanlash turli organizmlarning avlodlari aralashib ketadigan ommaviy 
tanlashdan farqli o’laroq, har bir o’simlik yoki hayvonning qator bo’g’inlari davomida avlodlari baholanadi. Buning natijasida 
ayrim individlarning irsiy xususiyatlarini baholash mumkin bo’ladi. YAkka tanlash jarayonida populyasiya sun‘iy ravishda alohida 
liniyalarga ajratiladi. 


153 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin