6-mavzu Amaliy Bug’doy, grechexa va sholining buzilgan va shikastlangan donlari miqdorini xisoblash
Reja
1. Bug’doy, grechexa va sholining donlaridan olinadigan yormalar
2. Yorma navlari tarkibidagi begona aralashmalar.
3. Yorma navlari tarkibidagi buzilgan va shikastlangan donlarni aniqlash.
Yorma olish uchun turli xildagi ekinlar doni ishlatiladi, bu esa, o'z navbatida, yorma turlarining ko'payishiga olib keladi. Bundan tashqari, bir xil donning o'zidan olingan yormalar qayta ishlash usuliga qarab, bir-biridan keskin farq qilishi mumkin.
Shuning uchun yormalar shakli, o'lchami, qayta ishlangan don qismlarining kimyoviy tarkibiga qarab farqlanadi va natijada uning iste'mol xususiyatlari ham aniqlanib, turlarga ajratiladi. Ayrim yorma qismlari bir tekisligi va hajmiga qarab nomerga, shuningdek, qayta ishlanadigan donning namunaviy tartibiga bog'liq holda ti plarga va markalarga ajratiladi. Har xil turgamansub yormalar navlarga ajratiladi. Navlarga ajratish tayyor mahsulot tahliliga asoslanib amalga oshiriladi.
Bug'doyni tegirmonda yanchib, manna yormasi olinadi. Tegirmonga tortish uchun keltirilgan bug'doy turiga qarab quyidagi yorma markalariga bo'linadi: yumshoq bug'doy — M markali, yumshoq bug'doy va qattiq bug'doyning 20 %gacha aralashma-si (Durum) MT markali, qattiq bug'doy (Durum) — T markali.
Sholidan — oqlangan va sayqallangan guruch (oliy, birinchi, ikkinchi navlar), singan guruch;
Marjumak - bug'langan va bug'lanmagan oliy hamda ikkinchi navli maijumak yormasi, bo'ylama (prodel) yormasi va parxez un.
Marjumak yormasi bug'langan va bug'lanmagan marjumak donidan olinadi. U to'laqonli oziqlanish uchun zarur bo'lgan minerallar (temir, kalsiy, fosfor)ga, ko'p miqdordagi vitaminlarga boy va yuqori ozuqaviy qiymatga ega bo'lib, iste'molbopligi bilan ham alohida ajralib turadi. U ikki xil turda savdoga chi qariladi: 1) yadritsa — meva qobig'idan ajratilgan, 1,6x20 mm. li
elakdan o'tmagan, marjumak mag'zidan iborat bo'lgan yorma; 2) prodel (oraliq) — bu 1,6x20 mm. li elakdan o'tgan, metall / to'qimali № 08 elakdan o'tmagan, qismlarga bo'lingan (yanchilgan), meva qobig'idan ajratilgan marjumak yadrosi. Yadritsa va prodel bug'langan dondan olinib, tez pishuvchi, deb ataladi. Yadritsa birinchi va ikkinchi navga ajratiladi, prodel esa navlarga ajratilmaydi.
Yorma navlari tarkibidagi begona aralashmalar, tuyilmagan, siniq, aynigan donlar va yaxshi, sifatli, yadro miqdori singari ko'rsatkichlariga qarab bir-biridan farq qiladi.
Aralashmalar yorma sifatiga kuchli ta'sir etadi, chunki ular bo'tqaning ozuqaviy va ta'm xususiyatlarini buzadi, yormaning buzilishiga sabab bo'lib, uning saqlanuvchanligiga putur yetkazadi. Yorma tarkibidagi aralashmalarning umumiy miqdori va ularning alohida turlari miqdori standartlarda me'yorlab ko'rsatilgan. Yormadagi aralashmalarga quyidagilar kiradi: ifloslantiruvchi aralashma, aynib buzilgan yadro, oqlanmagan don, 0,5—13 %dan ortiq miqdordagi siniq yadrolar (yorma turi va turkumiga qarab), oqshoq va tuyilmagan don (arpa yormasida).
O'rtacha namunadan aralashmalar miqdorini aniqlash uchun 100 g. dan 10 g. gacha (yorma turi va aralashma turiga bog'liq holda) yorma o'lchanmasi ajratiladi, oqshoq va siniq yadrolarni aniqlash uchun elakdonda elanadi. Elakda qolgan va pastki elakdan o'tgan aralashmalar qo'lda ajratiladi. Ajratib olingan aralashmalar 0,01 g. gacha aniqlikda o'lchanib, olingan o'lchanmaga nisbatan foizda aralashma miqdori ko'rsatiladi.
Ifloslantiruvchi aralashmaning alohida komponentlari miqdori qat'iy me'yor bilan belgilab qo'yilgan. Ifloslantiruvchi aralashmalarning yormadagi umumiy miqdori 0,5—0,7 %dan, mineral aralashmalar miqdori 0,05—0,1 % dan ortmasligi, zararli aralashmalar (shu jumladan, talxak va bujin miqdori 0,02 %) miqdori 0,05 % dan ortib ketmasligi kerak. Ayrim yormalar uchun gul qobiqlarining qoldiq miqdorlari me'yori ham belgilangan.
Yormadagi aralashmalarga aynib buzilgan yadro ham kiradi. Aynib buzilgan yadroda mag'izning rangi o'zgargan, mog'orlagan, ko'mirga aylangan holatlarda bo'ladi. Aynib buzilgan yadrolar miqdori barcha turdagi yormalar uchun 0,2—0,8 %dan oshmasligi kerak. Ammo ayrim yormalarda bunday fraksiya ifloslantiruvchi aralashmalar tarkibiga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: |