1 – mavzu: Nutq madaniyati fanining predmeti va vazifalari (2 soat)
Reja:
Nutq madaniyati‖ tushunchasi.
Nutq madaniyati maqsad va vazifalari.
Nutq turlari haqida tushuncha.
Adabiyotlar: A:1, 2, 3, 4, 5, 6. Q:11, 13.
Amaliy topshiriq: Mavzuni o‘rganib chiqib, rejalar mohiyatini yoriting.
Nutq madaniyati deb yuritilayotgan hodisa bir qator murakkab, ammo mavjud til faktlari, ilmiy-amaliy tasavvurlar, aniq nutqiy jarayon ko`rinishlari va talablari bilan aloqadordir. Mana shunga ko`ra nutq madaniyati: tildagi mavjud til hodisasi nomi; 2) nutq madaniyati talablariga javob beruvchi aniq nutqiy jarayonning, ya’ni aniq nutqiy ko`rinishning nomi; 3) madaniy nutq va u haqida kishilar ongida mavjud bo`lgan aniq normatik tasavvurlarning nomi; 4) tilshunoslikning ilmiy-tadqiqot ob’yekti bo`lgan nutq madaniyati va u haqida mavjud ilmiy tasavvurlarning, muammoning nomi; 5) nutq madaniyati muammosini tadqi qilish bilan shug`ullanadigan tilshunoslik sohasining nomi tarzida talqin qilish mumkin. Nutq madaniyati amaliy jihatdan nutqning xilma-xil muammolarini tadqiq qiluvchi fan bo`lib, chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til, til normalari, nutq, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin bo`lgan kamchilik va xatolar, nutqiy asarlarning ko`rinishlari, nutqning talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs yuritadi. Nutq madaniyati asoslari ham fan sifatida o`z tekshirish ob`yekti va vazifalariga ega. Uning tekshirish predmeti til qurilishi, adabiy til normativlari va nutqning kommunikativ fazilatlaridir. Nutq madaniyati asoslari fani adabiy til normalarini, uning tarixiyligini, taraqqiy etib borishi, undagi ba’zi elementlarning eskirishi, yangilarining paydo bo`lishini kuzatib qayd etib boradi. Odam nutq yordamida o`zining fikrlari, his-tuyg`ulari, istaklarini bayon etadi va boshqalarning fikrlari, his-tuyg`ulari, istaklarini anglab oladi.
Nutq ichki va tashqi ko`rinishlarga ega. Ichki nutq odamning o`z ichida gapiradigan passiv nutqi bo`lib, u ikkinchi kishining ishtirokini talab etmaydi. Shuning uchun ham bu nutq o`z-o`ziga qaratilgan nutq sanaladi. Ichki nutq og`zaki va yozma nutqning asosi sifatida xizmat qiladi. Tashqi nutq boshqalarga qaratilgan va nazorat qilish mumkin bo`lgan faol nutq bo`lib, u og`zaki va yozma ko`rinishlarga ega. Og`zaki nutq odatdagi tovushli so`zlashuv nutqi bo`lib, bu nutq ko`proq ohang va turli imo-ishoralar bilan aloqadordir. Unda murakkab Grammatik qurilmalardan foydalanilmaydi.Bu nutqda fikrni ixcham ifodali maqsadida to`liqsiz gaplar keng qo`llaniladi. Nutqning bu turi bir va bir necha kishi tomonidan amalgam oshiriladi. (monologik, diologik nutq).
Nutq shaxsiy hodisa. Agar so`zlovchi adabiy me’yorlarini kishi egallamagan bo`lsa yoki o`z shevasi bergan shaxsiy variantni afzal deb qarasa, uning puxta adabiy me’yordan cheklanishi mumkin.
O`zbek tili xususiyat jihatidan uch lahzadan iborat.
Kelishik me’yorlari. Adabiy tilimizda ―kuchli‖ va ―kuchsiz‖ me’yorlari bor.
Kuchli me’yorlar adabiy tilda so`zlovchi shaxslar tomonidan hamma vaqt amalgam oshiriladi.
Kuchsiz me’yorlar og`zaki nutqida ham e’tibor berilishi oqibatida yuzaga keladi.
O`zbek tilining qorluq lahjasidagi maxsus shahar shevalarda qaratqich va tushum kelishiklari bir xil ko`rsatkichga ega, ya’ni 2 kelishik uchun ham –ni xizmat qiladi.
Qaratqich-qaralmish aloqasida xoslik ma’nosi ifodalanishida ba’zi bir o`zgacha sharoitlarda qaratqich ko`rsatkichi ishlatilmaydi. Masalan: O`zbek tili, shahar kengashi, bahor fasli.
Turli sabablarga ko`ra kelishik joylarini almashtirib ishlatish, ya’ni hamma hollarda ham hozirgi zamon o`zbek tili normalarini buzish hisoblanadi.
Birlarni bee’tiqod.
Birlarni riyo ko`rdim.
Tushum kelishigi affiksini vazn talabi bilan tushirib qoldirsa, she’rda g`alizlikni hosil qiladi:
Quloq soling alvon-alvon so`zlarga,
Karvon yurar olsiz to`la tuzlarga,
Uyga keeling, ikki birday miyani
Urush janjal kim qo`yibdi sizlarga.
Turkiy xalqlarning ba’zilari tilida jo`nalish kelishigi o`rnida ayrim hollarda o`rin-payt kelishigidan foydalanish uchraydi.
Suratda ra’nosan o`zing, men mubtalo qayda boray?
Egalik qo`simchasidan foydalanish me’yorlari.
Egalikning ifodalanmasligi birinchi shaxsga qarashli predmet boshqasi bilan qiyoslanganda ham yuz berishi mumkin. Masalan: Ombizning oti yuz km yo`lni ham pisand qilmaydi.
Egalikdan foydalanish me’yorlariga zid holda egalik qo`shimchasini tushirish hollari og`zaki nutqda ko`zga tashlanmoqda. Masalan: mehnatkashlar tovushi.
Kеyingi paytda tilshunoslikda nutq madaniyati, til madaniyati tushunchalari tеz-tеz tilga olinadigan bo’ldi. Lеkin kеltirilgan atamalar va ular ifodalaydigan tushunchalar tilshunoslik uchun tamoman yangi hodisalar emas. Masalan, til madaniyati, so’zlash madaniyati («Kultura govorеniya») atamalarini tilshunoslarning 20-30-yillarda yozgan asarlarida ham uchratish mumkin. Kеltirilgan atamalarning ishlatilishida muayyan izchillik bor bo’lishiga qaramasdan, ular anglatadigan tushuncha tilshunoslar tomonidan turlicha Talqin qilib kеlindi. Nutq madaniyati tushunchasining lisoniy, ilmiy, ilmiy-amaliy mundaryjasi hozirda ham izchil bеlgilangan emas. Shu sababli nutq, madaniyati dеganda nimani anglamoq kerak? Til madaniyati dеyish to’g’rimi yoki nuh madaniyati dеyish o’rinlimi? Balki ba'zi tilshunoslar taklif etishayotgandеk, nutq odobi va so’z odobi atamalarini qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Nutq madaniyati qadimgi Rim va Afinada shakllangan bо‘lsa ham, unga qadar Misrda, Assuriyada, Vavilon va Xindiston mamlkatlarda paydo bо‘lganligi notiqlik san’ati tarixidan ma’lum. Bu davrda hokimiyatidagi davlatni boshqarishning, savdo-sotiqning va sud ishlarining nihoyatda taraqqiy etishi notiqlikni davlat darajasiga kо‘taradi. U paytda davlat arboblarining obrо‘-e’tibori va yuqori lavozimlarga kо‘tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog‘liq bо‘lgan. Grek notig‘i Demosfen, va Rim notiqlari Sitseron, Kvintiman, Aristotel kabi nazariyotchilarning hayotlari bunga misoldir. Sitseronning «Notiqlik haqida», «Notiq», «Brut», asarlari, Kvintimanning «Notiq bilimi haqida», Aristotelning «Ritorika» asarlari qadimgi Rimda notiqlik nazariyasining rivojlanganligini kо‘rsatuvchi bir omildir.
Har qanday sohaning madaniyati bо‘lgani singari nutqning ham о‘z madaniyati bor.
Til va nutq bir-biriga bog‘liq hodisalardir, ularni bir-biridan ajratib qarash assosizdir. Til nutq uchun moddiy materialdir. Shu asosida nutq tashkil topadi. Tilning ruhiy hodisaligi uning ongda saqlanishi bо‘lsa, moddiy hodisaligi undagi tovushlardir.
Nutq - bu til deb ataluvchi, о‘ta muhim vazifani bajaruvchi noyob quroldan foydalanuvchi jarayondir. Nutq xaraktdagi til bо‘lib, nutq a’zolarining harakati jarayonida paydo bо‘ladi va sо‘z birikmalari, erkin birikmalar, sо‘z tartibi va gaplardan tashkil topgan.
Demak, nutq madaniyati tushunchasi har bir xalq tili va millat ma’naviyatini belgilovchi yoki kо‘rsatuvchi odob va nafosat kategoriyasidir.
Yuqorida bayon etilgan mulohazalar nutq madaniyati tushunchasini tushunish va ta’riflash tilshunoslikda hozir quyidagi kо‘rinishlarga ega degan xulosaga kelishi imkonini beradi:
- nutq madaniyati adabiy til rivojlanishining о‘ziga xos xususiyatlaridan biri.
- nutq madaniyati bu adabiy til meyorlarining shakllanishi va silliqlanishiga yordamlashishidan iborat bо‘lgan faoliyat.
- nutq madaniyati tilni, uning qonun qoidalarini ongli idrok qilish, aniq, ravshan, ifodali nutq tuza olish mahratdir.
- nutq madaniyati, kishilarni о‘zaro tо‘liq va teran fikrlashning, tilning barcha imkoniyat va vositalarini puxta egallashdan iboratdir.
- nutq madaniyati faqat tо‘g‘ri nutqgina emas, о‘qituvchilik hamda nutqiy chechanlik hamdir.
- nutq madaniyati til vositalaridan о‘rinli foydalangan holda maqsadga muvofiq sо‘zlash va yoza olish san’atidir. (A.N.Yefimov).
- nutq madaniyati, bu avvalo, fikrlash madaniyatidir. (D.E.Rozental).
Grammatik norma
O’zbek tili grammatikasi tilshunoslikning nazariy jihatdan bir muncha mukammal ishlangan so’z shakllari, qo’shimchalar, so’z birikmalar va gap tuzilishi me’yorlashtirilgan bo’limi sanaladi.
Lug’aviy me’yor
Adabiy tilda milliy tilning yashash va amal qilish qonuniyatlaridan kelib chiqib so’z tanlash imkoniyatlari uning leksik me’yorlarini belgilaydi. Ijtimoiy hayotda yuz berayotgan o’zgarishlar, yangiliklar eng avvalo tilning leksikasida o’z aksini topadi.
Inson nutqiy faoliyatga adabiy til madaniyati qoidalarini mukammal bilgan holda mustaqil shug‘ullanishi, ayniqsa, badiiy adabiyotlarni, gazeta va jurnallarni о‘qishi, radio va televideniyani tinglashi orqali erishadi va tinimsiz shug‘ullanishi natijasida nutqiy malakaga ega bо‘ladi. Insonning nutqiy faoliyati uch kо‘rinishda bо‘ladi. Bular: sо‘zlash, о‘qish, eshitish.
Jamiyatda yashayotgan har bir shaxs alohida nutq egasi sanaladi. Lekin ularning hammasi uchun umumiy bо‘lgan nutqiy qurol – yagona shu jamiyatning tili hisoblanadi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
Qо‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Y. Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari - T.: O‘qituvchi, 1992.
Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari-. T., 1993.
Rasulov.R., Husanov.N, Mо‘ydinov Q.. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati.
Nosirov. P. О‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyati asoslari T., 1994.
Mahmudov N. O’qituvchi nutqi madaniyati – T.: O’qituvchi, 2007
Dostları ilə paylaş: |