1-amaliy mashg’ulot Mavzu: Fanning asosiy tushunchalari mohiyati, xavf turlari va



Yüklə 46,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix27.12.2023
ölçüsü46,36 Kb.
#199456
  1   2   3   4   5
ХФХ.1-амал.



1-amaliy mashg’ulot 
Mavzu: Fanning asosiy tushunchalari mohiyati, xavf turlari va 
 ularni guruhlash va indenfikatsiyasi. (2 soat). 
Reja. 
1.
Fanning maqsadi va vazifasi 
2.
HFX ning aksiomalari yoki uning istiqboli haqida 
 
Ilgari bu fanlar alohida-alohida bir-biriga bog’lanmagan holda o’qitilar edi. Masalan 
ekologiya - umumiy umummuhandislik fani sifatida, mehnat muhofazasi - insonning 
mehnat sharoitidagi xavfsizligini, fuqaro muhofazasi esa insonning favqulodda 
vaziyatlardagi xavfsizligini ta’minlash masalalarini o’rganar edi, xolos. Uning tarbiya 
muhiti ruhiyati va boshqa ko’pgina omillar hisobga olinmas edi. Ma’lumki insonning 
hamma aktiv harakati (mehnat jarayoni, dam olishi, sport bilan shug’ullanishi va h.k.) 
uning faoliyatini tashkil qiladi.
Alloh taolo insonni yaratganda uni rizqi bilan yaratgan. Lekin u rizqini o’z mehnati 
bilan topishi kerak. Bu yo’lda u ko’pgina xavf-xatarlarga uchraydi. Hozirgi vaqtda inson 
tabiiy, texnik, iqtisodiy va boshqa ko’plab xavf-xatarlar dunyosida yashaydi. Bularga 
bardosh bera olmagani hayotdan ko’z yumadi. 
Bundan tashqari tabiatda ofatlar, er qimirlashi, suv toshqini, tayfunlar, yong’inlar, 
tog’ siljishlari va boshqalar bo’lib turadi. Bular inson faoliyatiga bog’liq bo’lmagan holda 
yuz bersa, inson faoliyati bilan bog’liq portlashlar, avariyalar, yong’inlar va boshqa yirik 
ko’ngilsiz voqealar bo’lib turadi. Bularga ko’plab misollar keltirish mumkin: 
Armanistondagi er qimirlashi, Jigaristondagi er siljishi, Chernobildagi AESning portlashi, 
Ufa atrofida temir yo’ldagi portlash, 1992 yil 3 martdan “Moskva-Riga” poezdlarining 
to’qnashuvi. 1992 yil avgustdagi janubiy Qirg’izistondagi er qimirlash. 1992 yil Ukraina 
shaxtasidagi portlash va boshqalar. 
Ko’rinib turibdiki, talofatlar iiternatsional xarakterga egadir. 1984 yilda Bxopal 
(Hindiston) shahrida AQShning “Yunion-Karbayd” zavodida metilizotsionat zaharli 
gazining sizib chiqishi natijasida 3150 kishi o’lgan, 20 ming kishi to’la nogiron bo’lgan 
va 200 ming kishi kasallangan. 1988 yil 20 dekabrda Tablas (Fillipin) bo’g’ozida 
kemalar to’qnashuvi natijasida 5393 kishi xalok bo’lgan 2004 yildagi Tinch okeanidagi 
tsunami, 2010 yil Gaiti orolidagi, shu yil fevral oyidagi Chilidagi zilzila va boshqa 
ko’plab tabiiy ofatlar insoniyatga son – sanoqsiz kulfatlar olib keldi. 
Shularni hisobga olib BMT ning 42-sessiyasi 1991 yildan boshlab tabiiy ofat va 
talofatlarni kamaytirish, bexatarlik 10 yilligi deb belgiladi. 
Binobarin, hozirgi sharoitda shaxsning va jamiyatning xavfsizligini taminlash uchun 
kasbiy va tarmoq manfaatlari qobig’idan chiqib, bu muammolarni keng miqyosda hal 
qilish hayot taqozosidir.
Ana shunday imkoniyatlarni ushbu HFX fani ochib beradi. U hayotning asosiy 
qonunlarini, printsipini va usullarini ko’rib chiqadi. XFX - bu xavfsizlikni inson 
faoliyatining barcha jabhalarida qo’llash mumkin bo’lgan nazariy asosidir. Bu 
mutaxassislarning bilimida asosiy rol o’ynaydi. Haqiqatdan ham mutaxassis shu ish 
jarayonida sodir bo’ladigan xavfli vaziyatlarni oldindan ko’ra bilmasa, ajralib chiqishi 
mumkin bo’lgan zaharli moddalardan saqlanish usullarni bilmasa, ishchilarni sog’lig’ini 
saqlay olmasa unday mutaxassis mutaxassis emas. 


HFX, fani bir necha umumiy tushunchalar bilan bog’liq. 
“Faoliyat” - insoniyatning mavjud bo’lishi uchun kerakli sharoit. 
“Mehnat” - faoliyatning yuqori formasi. 
Entsiklopediyada keltirilishicha faoliyat va mehnat turlari ko’p qirralidir. Ular 
maishiy hayotda, jamiyat hayotida, madaniy, ishlab chiqarish, ilmiy va hayotning boshqa 
jabhalarida kechadigan amaliy aqliy va ruhiy jarayonlardan iborat. 
Faoliyat jarayoni nusxasi G’modeliG’ umumiy holda asosan ikki elementdan, yani 
inson va muhit orasidagi munosabatlardan tuzilgan.
“Inson-muhit” sistemasi ikki maqsadni ko’zlaydi: 
1.
Ma’lum bir samaraga erishish. 
2.
Ko’ngilsiz oqibatlardan holi bo’lish. 
Ko’ngilsiz 
oqibatlarga, 
avariyalar, 
yong’inlar, 
holatlar 
kishi
sog’lig’iga va hayotiga zarar etkazish holatlari va sh.o’. lar kiradi. Shunday ko’ngilsiz 
oqibatlarni keltirib chiqaruvchi ta’sir, jarayon va hodisalar xavflar deb ataladi. 
Xavflar yashirish va yaqqol bo’ladi. Yashirin xavflar amalga oshishi uchun aniq 
sharoitlar kerak. Shu sharoitlar 

Yüklə 46,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin