1-amaliy mashgulot. Mavzu: Kesuvchi asboblarning yeyilishini o’rganish



Yüklə 84,14 Kb.
tarix03.02.2022
ölçüsü84,14 Kb.
#52051
1-amaliy mashgulot.


1-amaliy mashgulot.

Mavzu:Kesuvchi asboblarning yeyilishini o’rganish.
Yeyilishda kesuvchi asbob massasi kamayadi, shuning uchun yeyilish o‘lchovi massa bo‘lishi mumkin.

Kesuvchi asbobning yeyilishi w chiqib ketuv modda miqdorini (massasini ) m sarflangan ishga A munosabati bilan o‘lchadi:



Yeyilishni o‘lchashning bu usuli asosan to‘g‘ri, lekin bir qator muxim kamchiliklarga ega.

Kesuvchi asbobning umumiy massasiga nisbatan eyilgan bo‘laklar miqdori shunchalik kichikki, uni o‘lchash qiyinchilik to‘g‘diradi.

Kesuvchi asboblarning eyilishini aniqlash uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi.



2.Oldingi va orqa yuzalar bo‘yicha eyilish maydonchalarini o‘lchash

Bu eng ko‘p tarqalgan usul hisoblanadi. Bu usul etarlicha sodda va ishonchlidir. O‘lchash uchun Brinel lupasi va asbobsozlik mikroskopidan foydalaniladi. Eyilish maydonchalari fotoqurilma erdamida rasmga olinadi.

Oldingi yuzadagi chuqurga chuqurligi ustunga mahkamlangan indikator bilan o‘lchanadi. Bu usul vaqt birligi ichida kesuvchi asbob geometriyasining va kesish maromining eyilishga ta’sirini taqqoslash imkonini beradi.

Nisbiy yeyilishni o‘lchash

Turli xil kesish maoromlarida ishlovchi kesuvchi asboblar eyilishini solishtirish uchun, eyilishga keskichning yo‘l uzunligiga nisbati nisbiy eyilish U0 beradi: Ko‘pincha eylish kesishning 1000m yo‘liga to‘g‘ri keladi qilib ifodalanadi va quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.



bu erda U - keskichning ishlash vaqtidagi eyilishi m ( mkm ), l - kesish yo‘li, m.



d - ishlov berilayotgan detal diametri, m.

L - detalning ishlov berilgan qismi uzunligi, m.

s - detalning 1 aylanishiga to‘g‘ri keluvchi surish, mm/ayl.

Nisbiy eyilishni hisoblash faqat meoeriy eyilish muhitida to‘g‘ri natijalarni beradi.

O‘lchamli yeyilishni o‘lchash

Ishlov berish aniqligi nuqtai nazaridan, keskich cho‘qqisidan ishlov berilgan yuzaga normal bo‘yicha o‘lchanuvchi va o‘lchamli eyilish deb ataluvchi eyilish katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

O‘lchamli eyilish kattaligini aniqlash uchun keskich cho‘qqisidan bir qancha masofada ikkita ustma-ust joylashgan chiziqlar o‘tkaziladi . O‘lchamli eyilish tajriba boshida (di) va tajribadan keyin o‘lchangan (d0) keskich cho‘qqisidan chiziqgacha bo‘lgan masofa farqi sifatida hisoblab chiqiladi. O‘lchash aniqligini oshirish uchun yagona o‘rnatuvchi baza tanlanadi.


Keskichni o‘lchamli emirilishini o‘lchash sxemasi
O‘lchamli eyilish asbobsozlik mikroskopida yoki proektorda o‘lchanadi. Oxirgi paytda tajribagacha kesuvchi asbob kesuvchi qirrasining konturi ko‘chirib olinadi, kesuvchi qirraning siljish kattaligi va shuningdek o‘lchamli eyilishi aniqlanadi.

Ba’zan o‘lchamli eyilishni orqa yuza bo‘yicha eyilish maydonchasi balandligini o‘lchash bilan va quyidagi formula aslida hisoblab aniqlanadi:



U = horqtg,
bu erda - orqa burchak

O‘lchamli eyilish bilan orqangi yuza bo‘yicha


emirilishni bog‘liqligi
Biroq bu usul xatoliklarga olib keladi.

O‘lchamli eyilishni detalni konusligini o‘lchab aniqlash mumkin. Keskichlarni qizishi va elastik deformatsiyalanishini ta’sirini o‘rganib chiqarish uchun tizim quyidagicha kurinishga ega bo‘ladi. Xomoki detal chetlarida ikkita A va B yuzalar yo‘niladi .



Detalni konusligi bo‘yicha o‘lchamli eyilishini aniqlash sxemasi

Tizimni siqilishi yuza diametrlari ayirmasining yarimiga teng:



SHundan so‘ng berilgan meromda V va G ariqchalar orasidagi xomoki detal bo‘lak yo‘niladi. Harorat ta’sirida defformatsiya ta’sirini chiqarib tashlash uchun, keskich G ariqchaga chiqqanidan so‘ng surish to‘xtatiladi va keskich ish xolatida sovigunga qadar qoldiriladi. So‘ngra surish yana boshlanadi va E bo‘lak yo‘niladi. E va D nuqtalarda diametrlar farqi eyilish va siqish natijasida umumiy xatolikka teng bo‘ladi.

L – uzunlikda keskichning o‘lchamli eyilish quyidagicha teng:
,

minimetr yordamida dastgohda keskich eyilishini o‘lchash uchun murakkab bo‘lmagan qurilma taklif etilgan.


5.Eyilishni tekshirishda radioaktiv izotoplarni qo‘llanilishi

Kesish jarayonida kesuvchi asbobning eyilgan bo‘laklari qrindi, detal bilan olib ketiladi, kesuvchi asbobda o‘rnashib qoladi va atrof muxitga tarqaladi.

Kesuvchi asbobning eyilgan qismini massasini (xajmini) radioaktiv izotonlar usuli bilan aniqlanadi, uning moxiyati kuyidagidan iborat. Qattiq qotishma yoki boshqa asbobsozlik materiali plastinkasi neytronlar bilan nurlantiriladi. Buning natijasida kesuvchi asbob materialida koboltning S060, Volframning W185, W187, titanning Ti51 va boshqalarning radioaktiv izotoplari hosil bo‘ladi.

Nurlangandan so‘ng boshlan-g‘ich eyilish ta’sirini bartaraf qilish uchun kesuvchi asbob qo‘shimcha kesib ishlanadi. So‘ngra qirindi namunalari ajratiladi (50-100 gr porsiya) va ularning aktivligi o‘lchanadi. Qirindining radiaktiv-ligi asbobsozlik materiallari-ning eyilgan bo‘laklari miqdo-riga bog‘liq bo‘ladi. Eyilish kattaligi e impulpslar chastotasi hamda eyilish maxsulotlari massasi bilan ifodalanadi.

Radiaktiv izotoplar usuli yuqori sezgirlikka, aniqlikka, natijalarining batafsiligiga ega bo‘lib, tajriba vaqtini va materiallar sarfini keskin qisqartirishi mumkin.



Bu usul yordamidagi, vaqt birligi ichida eyilish o‘zgarishini, kesuvchi asbob geometriyasini kesish maromini elementlarini va sovitish moylash moddalarini eyilishga ta’sirini, shuningdek turli xil asbobsozlik materiallarining kesish xususiyatlarini o‘rnatish mumkin.
Yüklə 84,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin