1-Amaliy mashg’ulot Tuzuvchilar: Jo’rayeva N



Yüklə 190,04 Kb.
səhifə1/5
tarix20.11.2023
ölçüsü190,04 Kb.
#163618
  1   2   3   4   5
Кинематиканинг физик асослари 1



1-Amaliy mashg’ulot

Tuzuvchilar: Jo’rayeva N.
Axmadjonova U.
Kinematika

Fizika yunoncha so‘z bo‘lib, “rhusis”- tabiat degan ma’noni anglatadi.



Asosiy birliklar
1.Uzunlik, metr (m).
2.Massa, kilogrramm (kg).
3.Vaqt, sekund (s).
4.Elektr tokining kuchi, Amper (A).
5.Termodinamik temperatura, Kelpvin (K).
6.Modda miqdori, mol(mol).
7.Yorug‘lik kuchi, kandela (kd).
Qo‘shimcha birliklar

Yassi burchak, radian (rad).
Aylanda uzunligi radiusga teng bo‘lgan yoyni ajratadigan ikki radius orasidagi burchak 1 radian deb qabul qilingan.
Fazoviy burchak, steradian (sr).
Uchi sfera markazida joylashgan va shu sfera sirtidan radius kvadratiga teng yuzli sirtni ajratuvchi fazoviy burchak 1 steradian deb qabul qilingan.
Vaqt o‘tishi bilan jismning fazodagi vaziyatini boshqa jismlarga nisbatan o‘zgarishi –mexanik harakat deb ataladi.Mexanik harakat uch xil bo‘ladi.

  1. Ilgarilanma – jismning barcha nuqtalari bir xil masofaga ko‘chadi.

  2. Aylanma – jismning barcha nuqtalari parallel tekisliklarda joylashgan aylanalar chizadigan harakat.

  3. Tebranma –davriy takrorlanib turuvchi harakat.

Fizikaning mexanika bo‘limi uch qismga bo‘linadi: kinematika, dinamika,
statika. Kinematika – jism harakatini shu harakatni yuzaga keltiruvchi
sabablarni hisobga olmasdan o‘rganadi.
Dinamika – jism harakatini shu harakatni yuzaga keltiruvchi sabablarni
hisobga olgan holda o‘rganadi.
Statika – jismlarni muvozanat shartlarini o‘rganadi.
Kinematikadagi jism harakatini o‘rganishda traektoriya, yo‘l va ko‘chish
tushunchalari kritiladi.
Traektoriya – jismni harakat davomida fazoda qoldirgan izidir.
Harakatlanayotgan jismni harakat traektoriyasi bo‘ylab bosib o‘tgan
masofasi – yo‘l deyiladi.
Jismni boshlang‘ich va oxirgi vaziyatini tutashtiruvchi yo‘nalishli to‘g‘ri
chiziq kesmasi – ko‘chish deb ataladi.
Moddiy nuqtaning harakati traektoriya shakliga qarab ikki xil
bo‘ladi.To‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli.
Vaqt birligi ichida bosib o‘tilgan yo‘lga tezlik deyiladi.
Umumiy xolda tugri chizikli xarakatning tezligi

tezlanishi
.
Tezlanish deb tezlikning vaqt bo‘yicha o‘zgarishiga aytiladi.
To‘g‘ri chizikli tekis xarakat bulganda

va a = 0.
To‘g‘ri chizikli tekis uzgaruvchan xarakat bulganda, kuyidagi ifodalar kelib chikadi:
,
,
a = const.
Bu tenglamalarda a tezlanish xarakat tekis tezlanuvchan bo‘lsa musbat va tekis sekinlanuvchan bulsa manfiy bo‘ladi.
Egri chiziqli xarakatda tula tezlanish quyidagiga tengdir:

Bunda attangensial tezlanish, ap –normal ( markazga intilma) tezlanish bo‘lib
va
bunda - xarakatning tezligi va R –traektoriyaning berilgan nuqtadagi egrilik radiusi.
Umumiy xolda aylanma xarakatda burchak tezlik
,
Burchak tezlanish esa

Tekis aylanma xarakatda burchak tezlik quyidagiga tengdir

Bunda T –aylanish davri, υ –aylanish chastotasi, ya’ni vaqt birligidagi aylanishlar soni.
Burchak tezlik ω chiziqli tezlik υ bilan quyidagi munosabat orqali bog‘langan

Mavzuga doir masalalar





  1. Avtomobil o‘z harakati vaqtining birinchi yarmida 80 km/soat tezlik bilan, qolgan vaqtida esa 40 km/soat tezlik bilan harakatlangan. Avtomobil harakatining o‘rtacha tezligi topilsin.




  1. Poezd 36 km / soat tezlikda harakat qilmoqda. Agar bug‘ berish to‘xtatilsa, poezd tekis sekinlanuvchan harakat qilib 20 sek dan keyin to‘xtaydi. 1) Poezdning manfiy tezlanishi topilsin. 2) To‘xtash joyidan necha metr narida bug‘ berishni to‘xtatish kerak?




  1. Vagon – 0,5 m/sek2 manfiy tezlanish bilan tekis sekinlanuvchan harakat qilmiqda. Vagonning boshlang‘ich tezligi 54 km/soat. Vagon qancha vaqtdan keyin va boshlang‘ich nuqtadan qancha uzoqlikda to‘xtaydi?




  1. Tormozlangan poezd tekis sekinlanuvchan harakat qilib 1 minutda o‘z tezligini 40 km/soat dan 28 km/soat gacha kamaytirgan.

1).Poezdning manfiy tezlanishi va
2).Tormozlanish vaqtida o‘tgan yo‘li topilsin.

  1. Moddiy nuqta 20 m radiusli aylana bo`ylab, S=At3+Bt2+Ct+D kinematik

tenglamaga muvofiq harakatlanmoqda. Harakat boshlangandan 4 s o`tgandan keyin nuqtaning o`tgan yo`li, shu paytda uning tezligi, normal, tangensial va to`la tezlanishlari topilsin. Bunda , , , .



  1. Jismning bosib o‘tgan yo‘li s ning t vaqtga bog‘liqligi tenglama orqali berilgan, bunda A = 6 m, B = 3 m/s va S = 2 m/s2. Jismning 1 sek dan 4 sek gacha bo‘lgan vaqt chegarasidagi o‘rtacha tezligi va o‘rtacha tezlanishi topilsin. intervalda 1 sek dan oralatib yo‘l, tezlik va tezlanishning grafigi chizilsin.




  1. Erkin tushayotgan jismning Yerga urilish paytidagi tezligi 39,2 m/s ga yetgan. Jismning tushish balandligi h va tushish vaqti t ni toping.




  1. Maxovoy g‘ildirak harakat boshlanishidan t = 1 minut o‘tgach 720 ayl/min ga mos tezlikka erishadi. G‘ildirakning burchak tezlanishi va bir minutdagi aylanish soni topilsin. Harakat tekis tezlanuvchan deb hisoblansin.




  1. Tekis sekinlanib aylanayotgan g‘ildirak tormozlanish natijasida 1 minut davomida o‘zining tezligini 300 ayl/min dan 180 ayl/min gacha kamaytiradi. G‘ildirakning burchak tezlanishi va bu minut ichidagi aylanishlar soni topilsin.




  1. Val 180 ayl/min chastotaga mos o‘zgarmas tezlik bilan aylanadi. Val tormozlangan vaqtdan boshlab son jihatdan 3 rad/s2 ga teng burchak tezlanish bilan tekis sekinlanuvchan aylanma harakat qiladi. 1).Val qancha vaqt o‘tgach to‘xtaydi?

2).To to‘xtaguncha u necha marta aylanadi.

Yüklə 190,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin