1-Amaliy mashg’uloti
Mavzu: Topografik kartada berilgan nuqtalarning geografik va to’g’ri
burchakli koordinatalarini aniqlash.
Maqsad:Topografik karta, kartada berilgan nuqtalar, geografik va to’g’ri
burchakli koordinatalari to’g’risida tushuncha berish.
Kerakli jihozlar:daftar, ruchka, qalam, chizg’ich.
Ishning bajarilish tartibi:
Geografik koordinatalari
Yer yuzasini topografik jihatdan o’rganishda
hamda karta va plan bilan
ishlashda joydagi nuqtalarning bir-biriga nisbatan tutgan o’rnini aniqlash kerak
bo’ladi. Nuqtalarning bir-biriga nisbatan tutgan o’rni ularning koordinatalari bilan
aniqlaniladi. Boshlang’ich deb qabul qilingan nuqtaga
nisbatan biron nuqtaning
tutgan o’rnini ifodalovchi miqdorlar shu nuqtaning koordinatasi deyiladi. Fan va
texnikaning turli sohalarida xilma-xil koordinata sistemasi qo’llaniladi.
Topografiyada yer yuzasidagi hamda karta
va planlardagi nuqtalarning
o’rnini aniqlash uchun geografik va to’g’ri burchakli koordinata sistemalaridan
foydalaniladi.
Nuqtaning geografik
koordinatasi deyilganda, bu nuqtaning qaysi meridian
va qaysi parallelda joylashganligi tushuniladi.
Shuning uchun geografik koordinata to’g’risida
gapirishdan oldin, ekvator,
meridian va parallelar haqida to’xtab o’tamiz.
Ma’lumki, Yer o’z o’qi atrofida g’arbdan sharqqa tomon harakat qilib, bir
sutka davomida bir marta aylanib chiqadi. Yerning bu o’qi faraz qilingan o’qdir.
1.1-shaklda Yerning aylanish o’qi QQ
1
chizig’i bilan ko’rsatiladi,
bu chiziqning
yer yuzasi bilan kesishgan nuqtalari geografik (shimoliy - Q va janubiy - Q
1
)
qutblar deyiladi. Demak, geografik qutblar Yer o’qining ikki uchidadir.