1. Аrxiv ishini axborotlashtirish. Elektron hujjat almashinuv tizimi



Yüklə 62,5 Kb.
səhifə1/2
tarix24.05.2023
ölçüsü62,5 Kb.
#121433
  1   2
Raqamli arxivlar


Аrxivlarni zamonaviy texnologik vositalar bilan taʼminlash. Raqamli arxivlar.
Reja:
1. Аrxiv ishini axborotlashtirish.
2. Elektron hujjat almashinuv tizimi.
3. Raqamli arxivlar va ularni saqlash.


Kalit soʼzlar: Аrxiv texnikasi, elektron arxiv, elektron hujjat, axborotlash, koʼrsatma, axborotlashtirish bosqichlari, davr, arxiv axboroti, elektron resurslar, texnologiyalar.
1.Аrxiv ishini axborotlashtirish. XXI asr dunyoni keng koʼlamli globalizatsiyalashi va koʼplab jarayonlarni axborotlashtirish asri hisoblanadi. Bu oʼz navbatida qimmatli manbalarni shu jumladan arxiv hujjatlarini saqlashga ham tegishli. Аrxiv maʼlumotlarini saqlash, arxiv fondlaridagi maʼlumotlarni tezda izlab topish, arxivdan foydalanuvchilarni soʼrovlarini oʼz vaqtida bajarish arxivshunosni eng muxim vazifasi hisoblanadi. Texnikani hozirgi kundagi imkoniyatlarini hisobga olib, turli arxivlarda saqlanayotgan maʼlumotlarni elektron shaklga oʼgirish mumkin. Muammoni bu tarzda hal qilish arxivshunoslar ishini yengillashtiradi, vaqtni tejaydi, hujjatlarni asl nusxalarini yaxshi saqlanishiga yordam beradi va arxiv tashkilotlarida tezkor ish faoliyatini tashkil qilishni taʼminlaydi. Shuni eʼtiborga olgan holda arxivshunos-talabalararxiv ishini axborotlashtirish asoslarini toʼgʼrisidagi bilimlarini, elektron arxivlar va hujjatlarni va Oʼzbekistonda arxiv ishini avtomatlashtirishni huquqiy bazasini bilishlari talab qilinadi. Ushbu mavzu boʼlajak arxivshunoslarni avtomatlashtirish sohasidagi boshlangʼich bilimlar bilan qurollantiradi va elektron arxivlar yaratish, arxiv sohasida texnik vositalar qoʼllashni toʼgʼrisidagi dunyo qarashlarini kengaytiradi. Аrxiv ishini axborotlashtirish - arxiv hujjatlariga ishlov berishning takomillashtirish jarayoni boʼlib, unda arxiv ishiga informatikaning nazariy va amaliy ishlanmalari joriy qilinadi hamda arxivlar zamonaviy texnik vositalari va dasturlari bilan taʼminlanadi. Аrxiv ishini axborotlashtirish bosqichlari. Аrxiv ishini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish tarixini bir necha bosqichlariga ajratish mumkin.
1. XIX oxiri 1950 yillargacha.
2. 1950 yillardan 1970 yillarni birinchi yarmigacha.
3. 1970 yillarni ikkichi yarmidan 1980 yillarni birinchi yarmigacha.
4. 1980 yillarni ikkinchi yarmidan 2000 yillargacha.
Аrxiv ishini axborotlashni obʼekt va maqsadlari. Аxborotlashtirish obʼektiga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilinishi natijasida arxiv ishini yoʼnaltirish va vazifalarni rivojlantirib borishi tushuniladi. Hozirgi kunda davlat va tashkilot arxivlarini ishini axborotlash obʼektlariga qoʼyidagilar kiradi: arxivni butlash va hujjatlarni qiymatini ekspertizasi; axborotni izlab topishni yengillashtirish maqsadida arxivni barcha hujjatlari boʼyicha axborot-izlash maʼlumotnomalarini yaratish va kiriti (jildlar nomenklaturasi, ruyxat, katalog, koʼrsatgichlar). aashinada oʼqiladigan axborot tashuvchilarni hujjatlarini butlash, saqlash va izlash; arxiv hujjatlarini qayd qilish va hujjatlarni saqlanishini nazorat qilish; sugʼurta va hujjatlardan foydalanish fondini tashkil qilish; axborot-maʼlumotnoma ishlari, tashkilotlardan kelayotgan soʼrovnomalarni bajarilishini nazorat qilish; ish yuritish va avtomatlashtirilgan ish yuritish tizimini tadbiq qilish (davlat arxivlariga); bomplektlash manbalariga avtomatlashgan ish yuritish tizimni va elektron hujjat almashish tizimini tadbiq qilishni nazorat qilish (davlat arxivi uchun). Аrxiv ishini axborotlashtirish maqsadlari qoʼyidagilar hisoblanadi: arxivshunos ishini yengilashtirish; arxivdagi maʼlumotlarni hisobini aniqlash va tezkorligini oshirish tashkilotni hujjatlar almashinuvini yigʼma maʼlumotlarini olish va tahlil qilish; hujjatlarni ishlatish samaadorligi va intensivligi taxlili; ish samaradorligini oshirish, soʼrovnomalarni bajarishda hujjatlarni izlash tezligi va aniqligini taʼminlash; hujjatlarni sozlanishini taʼminlash-arxiv hujjatlarini raqamlash yoʼli bilan sugʼurta va foydalanish fondini noanʼanaviy axborot tashuvchilarda tashkil qilish. Аxborot texnologiyalari va ularni arxivlar ishiga tadbiq qilishni tashkil qilish Аrxiv ishida asosan maʼlumotlar bazasi texnologiyasi va axborot texnologiyalari qoʼllaniladi (raqamli hujjatlar, tarmoqli texnologiyalar). Аrxivda tashkil qilinadigan barcha bazalar shartli ravishda qayd qilish va axborot-qidiruv turlariga boʼlinadi. Bu ikki toifa tuzilishi, yaratish usuli, qoʼllaniladigan dasturiy taʼminotga koʼra bir-biridan farq qiladi. Maʼlumotlarni qayd qilish bazasi arxivdagi hujjatlarning qayd qilinishi, foydalanishni qayd etishni, hujjatlarni saqlanishni nazorat qilish uchun xizmat qiladi. Аxborot hajmi tarkibi - ish yuritishni maxsus elektron tizimi (xizmat xati, xat va fuqarolar murojaati, bajarishni nazorat va hokazolar) hujjatlar balki, maʼmuriy hujjatlar, xizmat xati, meʼyoriy-huquqiy va boshqa hujjatlar, hujjatlarni yakka va guruhiy tayyorlash tizimi, korporativ xizmatlar (elektron joʼnatma, maʼlumotnoma, bank va maʼlumot bazalariga operativ kirish). Tizimlar oʼrtasida maʼlumotlar almashish. Tizimning vazifalari: hujjatlar harakatini hisobga olish va nazorat qilish, ruyxatga olishni yagona printsiplarini tadbiq qilish, ish yuritishni yagona texnologiyasini olib borish, hujjatlarni jildga kiritish va ruyxatlarini tayyorlash, elektron hujjatlarni etalon banklarini yaratish, tizimni barcha tashkilotlariga hujjatlarni joʼnatish. Elektron hujjat almashishning ushbu tizimini oʼziga xos tomoni shuki, unda butun tizim osti yagona axborot tizimi, yagona dasturiy taʼminotda yuqori darajadagi standartlash va maʼlumotlarni unifikatsiyalash bilan amalga oshiriladi. Аrxiv ishini axborotlash konseptsiyasiga koʼra davlat arxivlarida arxivlarni tarmoqlar boʼyicha yagona shakldagi (unifikatsiyalangan) dasturiy taʼminotni birlashgan axborot tizimlarini yaratish maqsadga muvofiq. Bu tizim koʼp bosqichli va koʼp funktsiyali boʼlib, arxiv hujjatlarini ruyxatga olish, arxiv hujjatlarini avtomatlashgan hisobini yuritish va izlashni, hujjatlarni saqlanishini nazorat qilishni, koplektlash manbalarini ruyxatini yuritishni, arxiv hujjatlaridan foydalanishni qayd qilishni oʼz ichiga oladi.

Yüklə 62,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin