1. Bir martalik va takroriy tadqiqotlar yordamida olinishin mumkin bo’lgan ma’lumotlarni tasniflang



Yüklə 22,69 Kb.
səhifə1/2
tarix19.06.2023
ölçüsü22,69 Kb.
#132686
  1   2
21 16. Saipova Iroda


2-topshiriq.
1.Bir martalik va takroriy tadqiqotlar yordamida olinishin mumkin bo’lgan ma’lumotlarni tasniflang.
2.Sotaiologik tadqiqot nima va uning imkoniyatlari qanday?
3-Savol
Bir marta yoki qayta-qayta amalga oshirilishiga qarab sotsiologik tadqiqotlar bir martalik va takroriy bo’linadi.
Takroriy sotsiologik tadqiqotlar soni va ular orasidagi vaqt oraliqlari ularning maqsadi va mazmuni bilan belgilanadi.
Takroriy sotsiologik tadqiqotning bir turi – bu bir xil ijtimoiy ob’ekt ma’lum vaqtdan keyin bir xil dastur va metodologiya bo’yicha o’rganilib, uning rivojlanish tendentsiyalarini aniqlashga imkon beradigan panelli tadqiqotdir. Panel sotsiologik tadqiqotning eng yorqin misoli aholini davriy ro’yxatga olishdir.
Bir martalik tadqiqot- ijtimoiy hodisaning o’rganish vaqtidagi holati yoki miqdoriy xususiyatlari haqida ma’lumot beradi. To’g’ri voqeaning oniy surati uning vaqt o’tishi bilan o’zgarishi tendentsiyalari haqidagi savolga javob bermaydi Bir martalik tadqiqotga misol siatida Monografik tadqiqotni keltirish mumkin.
Monografik tadqiqot- bu yaxshi ishlab chiqilgan nazariya doirasida bir yoki bir nechta ob’ektlarni tekshirish orqali vaziyatni o’rganishni eslatadi. Bunda maqsad yangi bilimlarni oliah emas balki aniq ijtimoiy-tashxis qo’yish, masalan, ma’lum bir korxonaning tashkiliy tuzilmasini aniqlash. Keng ma’noda monagrafik tadqiqot- bu kognitiv va amaliy maqsadlarda bir yoki bir nechta ob’ektlarni har qanday o’rganish. O’rganish ob’ekti mavjud ma’lumotlar asosida tipologik tanlanadi. Bu hodisalarning butun sinfiga xos deb taxmin qilinadi.
Monografik tadqiqotlar qishloq sotsiologiyasida keng tarqalgan bo’lib, ular alohida qishloq aholi punktlarining ”ijtimoiy portretlari”ni olish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Ushbu tadqiqot usuli aholi hayotining asosoiy jihatlari- oilalar tarkibi, bandlike, daromad manbalari va miqdorlari, mehnat xususiyatlari, dam olish sohasidagi mahalliy urf-odatlar, an’analar haqida ma’lumot to’plashga asoslangan.

Yüklə 22,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin