17-MAVZU. MILLIY DAROMAD VA MILLIY HISOBLAR TIZIMIDAGI
BOSHQA DAROMAD KO’RSATKICHLARI
REJA:
1. Dj Xiksning daromad haqidagi ta’limoti
2. MHTdagi daromad ko’rsatkichlari
3. Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish
statistikasi
1. Dj Xiksning daromad haqidagi ta’limoti
Bozor munosabatlari amal qilayotgan iqtisodiyotda daromad kategoriyasi
muhim ahamiyatga ega bo’lib, uni ikki miqyosda ko’rib chiqish mumkin:
makromiqyosa va mikromiqyosda. Mikromiqyosdagi daromadlar xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy jarayonlarda qatnashishi
natijasida olgan
ixtiyoriy daromadlardan iborat bo’lib, ularning hisobi buxgalteriya hisobida to’liq
aks ettiriladi. Makromiqyosdagi daromadlar buxgalteriya hisobidagi daromadlarga
mos kelmaydi va ularni mikromiqyosdagi daromadlarni to’g’ridan-to’g’ri qo’shish
orqali hosil qilib bo’lmaydi.
MHT-93 da qo’llaniladigan daromad kontseptsiyasi ingliz olimi Jon Xiksning
daromad ta’rifiga asoslanadi. Uning “Qiymt va kapital” asarida keltirilgan
daromad ta’rifining asosiy mohiyati quyidagicha: “Ma’lum
davr boshida mavjud
bo’lgan kapitalning qiymatini davr ohirida saqlab qolgan holda iste’mol uchun
ishlatilishi mumkin bo’lgan barcha mablag’larning maksimal yig’indisi – shu
davrda hosil bo’lgan daromaddir”. Ya’ni aholining
qashshoqlashmasdan yoki
qarzg botmagan holda iste’moli va jamg’arishi uchun sarflanadigan mablag’lardir.
Mazkur kontseptsiyaga asoslanib quyidagi xulosalar chiqariladi: har qanday
moddiy aktivlarning
moliyaviy aktivlarga aylanishi, molilyaviy aktivlar shaklini
o’zgarishi, aktivlar qiymatining inflyatsiya natijasida o’zgarishi daromad bo’lib
hisoblanmaydi.
2. MHTdagi daromad ko’rsatkichlari
MHTda J.Xiks kontseptsiyasiga asoslanuvchi, taqsimlash jarayonining barcha
jabhalarini xarakterlovchi daromad ko’rsatkichlari tizimi yaratilgan.
Bu tizim
quyidagi daromad ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi:
birlamchi daromadlar
joriy transfertlar
ixtiyordagi daromadlar
natura ko’rinishidagi ijtimoiy transfertlar
tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromad
milliy daromad (yalpi va sof)
milliy ixtiyordagi daromad (yalpi va sof)