Fizik kattaliklarni turli xil o‘zgartirish uchun xizmat qiladigan qurilma bo‘lib, uning ishi asbob ishchi hajmini to‘ldirgan maxsus muhitda erkin zaryad tashuvchilarning hosil bo‘lishi,o‘zaro ta’siri va harakati
jarayonlarini boshqarishga asoslangan.
2. Parametr
Parametr
Ob’ekt ( jarayon) ning holati,xossalari yoki tashqi sharoitlarni tavsiflaydigan muyyan sifat xususiyatining miqdoriy o‘lchovi bo‘lib,uning qiymati tanlangan o‘zaro munosabatlar tizimida berilgan yoki oldindan aniqlangan hisoblanadi.
Bir elektr o‘tishli, ikki elektrodli, elektr o‘zgarishlarni amalga oshiruvchi yarimo‘tkazgich asbob.
4.Varikap Varikap
To‘siq sig‘imi va teskari
yo‘nalishdagi kuchlanish orasidagi munosabatdan foy dalanishga
asoslangan va elektr jihatdan
boshqariladigan sig‘im elementi sifatida
ishlatishga mo‘ljallangan yarimo‘tkazgich diod.
5. Varaktor
Varaktor
Signal chastotasini ko‘paytirish uchun xizmat qiladigan varikap.
Kanali bo‘yicha oqadigan tok boshqaruvchi va
kirish elektrodlari orasiga qo‘yilgan kuchlanish ta’sirida xosil bo‘ladigan ko‘ndalang elektr maydoni yordamida boshqariladigan tranzistor.
7.Tranzistor
Tranzistor
Bir yoki bir nechta elektrik o‘tishli, uch yoki undan ko‘p elektrodli, elektr signali quvvatini kuchaytirish uchun yaroqli, elektr o‘zgarishlarni amalga oshiruvchi yarimo‘tkazgich asbob.
8. Konstruktiv element ( KE)
Konstruktivnыy element ( KE )
Qurilmaning xususiy funksional vazifani bajaruvchi har qandy butun bo‘lagi.
9. Parametr
Parametr
Ob’ekt(jarayon )ning holati,xossalari yoki tashqi sharsitlarni tavsiflaydigan muayyan sifat xususiyatining miqdoriy o‘lchovi bo‘lib, uning qiymati tanlangan o‘zaro munosabatlar tizimida berilgan yokm oldindan aniqlangan hisoblanadi.
Konstruktiv element xossalari yoki belgilarini tavsiflaydigan sifat xususiyatining miqdoriy o‘lchovi. Masalan, geometrik o‘lchovlar, maydon, singdidiruvchanlik va boshqalar.
11. M- turdagi asbob
Pribor tipa M
Dinamik boshqaruvga asoslangan, ko‘ndalang o‘zgarmas magnit maydonida harakatlananayotgan elektronlarning potensal energiyasiga O‘YuCh chiqish signali energiyasiga aylantirib beruvchi elektrova kuum asbob.
12. 0- turidagi asbob
Pribor tipi 0
Dinamik boshqaruvga asoslangan, elektronlar dastasining kinetik energiyasini O‘YuCh chiqish signali energiyasiga aylantirib beruvchi elektrovakkum asbob.
13. Integral Mikrosxema (IMS)
Integralnaya Mikrosxema
Signalni o‘zgartirish,informatsiyani uzatish va yig‘ish bo‘yicha ma’lum vazifalarni bajaruvchi, tugal texnologik jarayonda tayyorlanadigan va elektr jihatdan o‘zaro bog‘langan elementlari yuqori joylashish zichligiga ega bo‘lgan mikroelektron mahsulot.
14. Integral mikrosxemaning
elementi
Element integralnoy mikrosxemы
Integral mikrosxemaning u yoki bu elektro-radio elementi (tranzistor, diod, rezistor, kondensator va boshqalar) vazifasini bajaruvchi bo‘lagi.U kristal yoki asosidan ajralms’holda bajariladi va sinash,qabul qilish, iste’molchiga yetkazish va foydalanish talablari nuqtai nazaridan alohida mahsulot sifatida qaralishi mumkin emas.
15. Integral mikrosxemaning komponenti
Komponenti integralnoy mikrosxemы
Integral mikrosxemaning u yoki bu elektro-radio elementi yoki elektro-radio elementlari sistemasi vazifasini bajaruvchi bo‘lagi. Uni integral mikrosxemadan sinash, qabul qilish, istemolchiga yetkazish va foydalanish talabalari nuqtai nazaridan alohida mahsulot sifatida ajratish mumkin.
16. Yarimo‘tkazgich integral
mikrosxema
Poluprovodnikovaya integralnaya mikrosxema
Shunday IMSki, uning barcha elementlari va elementlararo bog‘lanishlari yarimo‘tazgich hajimida yoki sirtida hosil qilinadi.
17. Pardali IMS
Plenochnaya IMS
Shunday IMSki, uning barcha elementlari va elementlararo bog‘lanishlari asos sirtida parda (yupqa qatlam ) sifatida hosil qilinadi.
18. Gibrid (durgay) IMS
Gibridnaya IMS
Elementlardan tashqari komponentalar va (yoki ) kristallardan tarkib topgan integral mikrosxema.
Metall bilan yarimo‘tkazgich kontaktida hosil bo‘ladigan elektr o‘tish asosidagi diod.
20. Diffuzion rezistor
Diffuzionnыy rezistor
Yarimutkazgich xajmida oldindan ajratilgan va elektr jixatdan muxofaza kilingan xajm elementiga issiklik diffuziyasi vositasida donor va akseptor kiritmalar kiritish yuli bilan xosil kilingan rezistor.