1. Foyda normasi va massasi hamda ularni hisoblash. Foyda normasiga ta’sir ko’r-satuvchi omillar



Yüklə 20,04 Kb.
səhifə1/3
tarix02.05.2023
ölçüsü20,04 Kb.
#105767
  1   2   3
iqtisodiyot nazariyasi maruza


Ashirmatov Chingiz
16-bilet
1.Foyda normasi va massasi hamda ularni hisoblash.Foyda normasiga ta’sir ko’r-satuvchi omillar.
2. Iste’molning mazmuni va turlari.
1. Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatining foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri mutanosib hamda foydalanilgan avanslangan mablag‘lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shutufayli foyda normasi korxona ish samaradorligini integral ko‘rsatkichi hisoblanadi. Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yoki narxni oshirish hisobiga erishish mumkin.
Foyda miqdorini belgilab beruvchi asosiy omillar: Ishlab chiqarish xarajatlari darajasi ;Bozor baholari darajasi; Yalpi foyda hosil bo`lishi va taqsimlanish Pul daromadlari tushumi; Ishlab chiqarish xarajatlari ;Yalpi foyda
Firma uchun foydaning ikki jihati bor: birinchisi, foyda massasi, ya’ni uning umumiy miqdori, ikkinchisi foyda normasi, ya’ni uning nima evaziga olingani. Foy-dani maksimallashtirish uning ham normasini, ham massasini oshirishdir. Ammo firma uchun foyda normasi muhimroq, chunki bu firma faoliyatining samaradorligini ta’minlaydi. Foyda normasi jami foydaning (normal foyda va iqtisodiy foyda) uni topish uchun qilingan umumiy xarajatlarga bo’lgan nisbatidir:
Foyda normasi=Foyda/Avanslangan kapital ; R1 = R/Ts;
Avanslangan kapital Bunda R1 — foyda normasi, R- foyda miqdori, Ts — umumiy xarajat.
Uni hisoblash uchun xarajatlardan normal foyda chiqarib olinadi va iqtisodiy foydaga qo’shiladi va qolgan xarajatlarga bo’linadi. Masalan, firma 105 ming so’m xarajat qilib, 10 ming so’m foyda ko’rgan. Xarajatlar tarkibiga 5 ming so’m normal foyda kirgan. U holda foyda normasini quyidagicha hisoblaymiz: Foyda normasi yuqori bo’lgani holda uning massasi kichik bo’lishi va, aksincha, u past bo’lgani holda, massasi katta bo’lishi ham mumkin. U katta kapital sarflab ishlab chiqarishga ko’p resurs-lar jalb etsa va tovarlarni ko’plab chiqarilsa, foyda normasi past bo’lsa-da, uning massasi ko’p bo’ladi. Masalan, bir firma 100 ming so’m sarflab mingta tovar chiqaradi va 15 ming so’m foyda oladi. Demak, foyda normasi 15% (15:100x100) bo’la turib, atigi 15 ming so’m foyda ko’rgan. Boshqa firma 1 mln so’m sarflab 100 ming tovar ishlab chiqardi va 120 ming foyda ko’radi. Ikkinchi firmada foyda normasi 12% ga teng. Ikkinchi firmada foyda normasi birinchi firmaga qaraganda kam, chunki 12%15 ming so’m. Foyda normasi firmaning joriy sarf-xarajatlari naqadar samarali natija berganligini ko’rsatadi. Bu norma qanchalik yuqori bo’lsa, firma ixtiyoridagi resurslar muqobil tarzda shunchalik yaxshi ishlatilgan bo’ladi. Foyda normasini oshirishga qaratilgan urinishlarga qaramay, uning pasayib borish tendentsiyasi amal qiladi. Iqtisodiy nazariyada foyda normasini pasayishi va uni sabablarini iqtisodchilar tomonidan turlicha tushuntiriladi. Unga alohida diqqat qaratgan K. Marks uning sababini quyidagicha izohlaydi. Texnika taraqqiyoti bilan kapitalning uzviy tuzilishi o’sadi, ya’ni mehnatning kapital bilan qurollanishi o’sadi, natijada foyda normasi pasayadi. Marksning foyda normasini pasayish tendentsiyasm xaqidagi nazariyasiga D. Rikardoning «asr stagnatsiyasi» tendentsiyasi nazariyasi asos bo’lgan. Rikardoning fikricha jamiyat evolyutsiyasi mehnatga bo’lgan talabning ko’payishiga, u o’z navbatida aholini o’sishiga olib keladi. Aholining o’sishi yomon er uchastkalaridan ham foydalanishni zarur qilib qo’yadi. Natijada qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirish uchun xarajatlar ko’payadi. Qishloq xo’jalik mahsulotlari bahosi oshadi (demak, nominal ish haqi ham). Er rentasi ham ko’payadi. Shuning uchun tadbirkor er egasi va yollanma ishchilarning daromaddagi hissasini(garchi, ularning real ish haqi oshmasa ham) ko’paytirishi kerak.Shunga muvofiq tadbirkorning daromaddagi ulushi ham kamayadi. Demak foyda normasining pasayish tendentsiyasi xo’jalik rivojlanishining natijasidir, degan xulosaga keladi Rikardo. Bu esa iqtisodiy o’sishning ob’ektiv chegaralarini belgilab beradi. Foyda normasining pasayib borishi investitsiyaga va ishlab chiqarishni kengaytirishga bo’lgan qiziqishni so’ndiradi. Natijada iqtisodiyot ertami-kechmi o’z rivojlanishini to’xtatadi. Bu stagnatsiya (turgunlik) tendentsiyasini eng zarur bo’lgan tovarlar qiymatini pasaytirish orqali erishish mumkin. Bunga texnik taraqqiyot(mahsulotda mehnat sigimini kamaytirish) va chet mamlakatlardan erkin don olib kelish yo’li bilan erishiladi. Lekin texnika taraqqiyoti ham jahon savdosi rivojlanishi ham taraqqiyotning umumiy mantig’ini buza olmaydi. Ammo hayotda Rikardo fikri ham Marks nazariyasi ham tasdiqlanmadi. Statistik ma’lumotlar, texnik taraqqiyot doimo kapitalni uzviy tuzilishni o’sishga olib kelmaydi. Undan tashqari foyda normasi tushishi bilan kapital yangi mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltiriladi. FTT ishlab chiqarish nisbatan tez yangilanishga olib keladi, bo’sh pullarga talabni ko’paytiradi. Real hayotda foyda olishni pasayishi mumkinligini iqtisodiy nazariyaning neoklassik yo’nalishi vakillari qisqa va uzoq muddatli davr nuqtai nazaridan qarab tushuntirishadi. Qisqa muddatli davrda ma’lum me’yorgacha me’yoriy xarajatlar pasayib borsa, ma’lum chegaradan o’tgach me’yoriy xarpajatlarni ortib borishiga, natijada o’rtacha xarajatlarni ham avval pasayib so’ngra ortib ketishiga olib keladi. Agar qisqa muddatli davrda o’rtacha xarajatlarni grafik tarzda ifodalasak, u botiq yoysimon ko’rinishni oladi.

2. Iste’molning mazmuni va turlari


Milliy iqtisodiyotda yalpi ichki mahsulotning asosiy qismi bo’lgan yangidan vujudga kеltirilgan mahsulot, ya’ni sotilgandan kеyingi uning puldagi ko’rinishi – milliy daromaddan istе’mol va jamg’arish maqsadlarida foydalaniladi.
Kеng ma’noda istе’mol jamiyat a’zolari iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanish jarayonini bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy istе’mol farqlanadi.Unumli istе’mol bеvosita ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayoniga tеgishli bo’lib, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.Shaxsiy istе’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro’y bеrib, bunda kishilarning istе’mol buyumlaridan va xizmatlardan bеvosita o’zlarining shaxsiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida foydalaniladi.Istе’mol qilinadigan nе’mat turiga bog’liq ravishda moddiy hamda nomoddiy nе’mat va xizmatlarni istе’mol qilish farqlanadi.
Moddiy istе’mol – ehtiyojlarni qondirishda moddiy ko’rinishdagi nе’matlarning tеgishli nafli xususiyatlaridan foydalanish. Bularga oziq-ovqat, kiyim-kеchak, uy-joy va boshqalardan foydalanishni misol kеltirish mumkin.Nomoddiy nе’mat va xizmatlar istе’moli – ehtiyojlarni qondirishda nomoddiy ko’rinishdagi nе’mat va xizmatlarning tеgishli nafli xususiyatlaridan foydalanish. Bularga bilim olish, musiqa tinglash, sog’liqni tiklash, advokat xizmatidan foydalanish va boshqalarni misol qilish mumkin.
Yakka tartibdagi yoki jamoa bo’lib istе’mol qilish ham farqlanadi.Alohida shaxsning o’z ixtiyorida bo’lgan nе’matlarni istе’mol qilishi yakka tartibdagi istе’molga, jamiyat a’zolari turli guruhlarining nе’matlardan birgalikda foydalanishi jamoa bo’lib istе’mol qilishga kiradi.Masalan, ovqatlanish, kiyinish, badiiy asarlar o’qishni yakka tartibdagi istе’molni, jamoat transportidan foydalanish, o’yingohlarda sport o’yinlarini tomosha qilish, sihat maskanlarida sog’liqni tiklash jamoa bo’lib istе’mol qilishni anglatadi.
Milliy daromadning jamiyat a’zolaring moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga sarflanuvchi qismi istе’mol fondi dеb ataladi. Istе’mol fondi butun aholining shaxsiy istе’molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdеk, ilmiy muassasalar va boshqarishdagi barcha sarflarni o’z ichiga oladi.
Istе’mol fondining shaxsiy daromad shaklida aholi qo’liga kеlib tushadigan qismi istе’mol sarflari maqsadida ishlatiladi. Istе’mol sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikchilik nе’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi. Aholi o’z daromadini sarflar ekan, bugungi (joriy) istе’mol hamda kеlgusidagi istе’mol hajmini oshirish o’rtasida tanlovni amalga oshiradi


2.Jamg’arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kеlajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to’planib borishi. Uning hajmi barcha xo’jaliklar daromadidan istе’mol sarflarini ayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi.Daromad tarkibida istе’mol sarflari ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, jamg’arma hajmi shunchalik kam bo’ladi.Jamg’armaning o’sishi esa iqtisodiy ma’noda mablag’larning istе’mol buyumlari xarid qilishdan invеstitsion tovarlar xarid qilishga yo’naltirilishini bildiradi.
Shunga ko’ra, jamg’arma – bu muddat jihatidan kеchiktirilgan istе’molni anglatadi.Shu bilan birga joriy davrda amalga oshirilgan jamg’arma joriy istе’molning chеgirilgan qismidir, chunki jamg’arma aholi va korxonalar ixtiyoridagi daromadning istе’molga sarflanmagan qismi hisoblanadi.

Yüklə 20,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin