1. Ikkinchi jahon urushi



Yüklə 137,5 Kb.
səhifə1/3
tarix27.09.2023
ölçüsü137,5 Kb.
#149386
  1   2   3
12-mustaqil ish


O’zbekiston ikkinchi jahon urushi yillarida (1941-1945 yillar)

Reja:




  1. Ikkinchi jahon urushi

  2. Ikkinchi jahon urushi va O’zbekiston 1941-1945 yillar

3.O’zbek xalqining matonati

1.Ikkinchi jahon urushi

1941 – 1945-yillarda bashariyat boshiga mislsiz kulfatlar yogʻdirgan Ikkinchi jahon urushi frontlarida Oʻzbekistonlik jangchilar ham tarifga sigʻmas qahramonligini namoyon etgan.


Oʻzbekiston mudofaaning moddiy ehtiyojini taʼminlashda ham nimaiki zarur boʻlsa, barchasini ayamay sarfladi. Chunonchi, urush yillarida aholi tomonidan mudofaa jamgʻarmasiga 649,9 mln. soʻm naqd pul, 4 mlrd. 226 mln. soʻm zayom puli, 52,9 kg. oltin va kumush topshirildi. Armiyaga 7 518 800 ta gimnastyorka, 2 636 700 ta paxtalik, 2 221 200 ta etik va qoʻnjli botinka yuborildi. Yengil sanoat vazirligi korxonalari tomonidan frontga 246 918 700 soʻmlik mahsulot joʻnatilgan. Qiyinchilik va xomashyo yetishmasligiga qaramasdan, Toshkent toʻqimachilik kombinati front uchun 410 mln metr gazlama ishlab chiqardi. Shuningdek, koʻp miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari joʻnatildi. Chunonchi, 1 282 000 tonna gʻalla, 482 000 tonna kartoshka va sabzavot, 1000 tonna poliz mahsuloti, quruq va hoʻl mevalar shular jumlasidandir. Faqat 1941-yilning ikkinchi yarmida 59 mingta ot frontga olib ketildi.
Respublikaning har bir viloyati, shahar va tumani jangchilarga yordam qoʻllarini choʻzishdi. Masalan, 1942-yilning boshlarida Buxoro viloyatidan 4059 juft issiq kiyim, 9380 juft jun paypoq va qoʻlqop, 5660 qalpoq, 2750 shim, 3000 poʻstin, 18,5 ming litr vino va quruq mevalar olindi. 1943-yilning boshlarida Leningradga Andijon viloyatidan 7884 kilo un va bugʻdoy, 5496 kilo yorma bugʻdoy, 1160 kilo guruch, 418 qoʻy, 8510 kilo quruq meva, Qoraqalpogʻistondan 224916 soʻm naqd pul, 21614 kilo bugʻdoy, 5819 kilo goʻsht, 3700 kilo guruch joʻnatildi.
Qoraqalpogʻistondagi Moʻynoq baliq kombinatidan 20 mln.banka goʻsht va baliq konservasi olingan edi. Surxondaryo va Toshkent viloyatlari ham jangchilardan hech nimani ayamadilar. 1942-yilning kuzida Surxondaryodan 5998 bosh qoramol, 18 tonna asal, 28 tonna yogʻ, 31 tonna quruq meva, 3000 litr vino olindi. Toshkentdan 52 vagonda oziq-ovqat mahsulotlari yuborildi. 1943-yili Surxondaryo viloyati front ehtiyojlari uchun 14 mln. soʻm naqd pul, 330 tonna goʻsht va yogʻ, 530 tonna bugʻdoy, 180 tonna quruq meva, 33168 dona teri topshirdi.
Kiyim-bosh va oziq-ovqat mahsulotlarini Samarqand, Namangan, Xorazm va boshqa viloyatlar ham frontga joʻnatib turganlar. Ikkinchi Jahon urushining toʻrt yili davomida Oʻzbekiston davlatga 4 806 000 tonna paxta, 54067 tonna pilla, 1 066 000 tonna gʻalla, 195 000 tonna sholi, 108 000 tonna kartoshka, 374 000 tonna sabzavot va hoʻl meva, 35289 tonna quruq meva, 57444 tonna uzum, 1 593 000 tonna goʻsht, 5 286 000 dona teri topshirgani maʼlum. Ular ham mudofaa ehtiyojlariga sarflangan, albatta. Bundan tashqari, urush yillarida Oʻzbekiston aholisi mudofaa jamgʻarmasiga jami 649 900 000 soʻm naqd pul oʻtkazib bergan. Shuningdek, Oʻzbek xalqi Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldaviya va boshqa joylardan koʻchirib keltirilgan oʻn minglab kishilarga boshpana berib, mehribonlik va gʻamxoʻrlik namunalarini koʻrsatdi. Jang boʻlayotgan hududlardan koʻchirilgan bir million shaxs boshpana, kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan taʼminlandi. Minglab yetim bolalarni oʻzbek oilalari oʻz qaramogʻiga oldilar, farzandlaridan kam koʻrmay tarbiyaladilar. Oʻzbek xalqi jangga ketgan turli millat vakillarining oilalaridan ham moddiy yordamini ayamadi. 113 ta harbiy kasalxona-gospitalni ham otaliqqa oldi.
Fashistlarning tor-mor qilinishida Oʻzbekistonda urush yillarida ishlab chiqarilgan qurol-aslahalar katta ahamiyat kasb etdi. Sanoatning asosiy qismi harbiy qurol ishlab chiqarishga yoʻnaltirilib, ular jang maydoniga uzluksiz yuborib turildi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, 2100 samolyot, 17342 samolyot motori, 17100 minomyot, 27 000 tankka qarshi otadigan zambarak qismlari, 60 000 harbiy kimyoviy anjom, 22 million mina, 560 000 snaryad, 2 million 318 ming aviatsiya bombasi, 1 million dona granata, 100 chaqirimdan ziyod sim, dala radiostansiyalari, tank va samolyotlar uchun 3 milliondan ortiq radiolampa, 5 bronepoyezd, 18 harbiy-sanitar va hammom oʻrnida foydalaniladigan hamda kir yuviladigan poyezd, 2200 koʻchma oshxona olib ketildi.
Oʻzbekiston 1943-yili nemis-fashistlaridan ozod qilingan hududlarga yordam berishni boshlab yubordi. Masalan, mazkur yilning oktyabrida Oʻzbekistondan Belorussiya, Ukraina va Rossiyaning dushmandan tozalangan yerlariga 800 nafar vrach safarbar qilindi. 1944-yilning birinchi yarmida esa Ukrainaga 300 tonna gʻalla, 8300 bosh qoramol, 6700 bosh qoʻy joʻnatildi. 1943-44 yillarda ozod etilgan shaharu-qishloqlarga Qoraqalpogʻistondan 45 800 000 bosh qoramol va qoʻy yuborildi.
Toshkent temiryoʻlchilari vagonlarda turli xil jihozlarni yuborishdi. Stalingradni tiklash uchun 350 nafar quruvchi bordi. Xorazmliklar Xarkovga har xil qishloq xoʻjalik texnikasini joʻnatilgan. 1943-yil avgust oyida dushmandan ozod qilingan joylarga respublikadan 1152 traktor, 25 kombayn, 1138 omoch, 38 seyalka olib ketildi. Sentyabr oyining oxirlarida oziq-ovqat mahsulotlari va jihozlar toʻldirilgan 374 vagon joʻnatildi. 12-oktyabrda Ukrainaga 450 vagonda sovgʻalar bilan birga 300 tonna gʻalla, 8300 bosh qoramol, 10 ming juft oyoq kiyim, 200 ming gazlama mollari, kasalxona, maktab va radiouzellar uchun jihozlar yuborildi. Voronej va Kursk shaharlariga 275 bosh qoramol, 72 tonna gʻalla, 24 tonna quruq meva olib ketildi. Bulardan tashqari, respublika boʻyicha 300 tonna gʻalla, 180 tonna quruq meva, 10 ming juft oyoq kiyim, 200 ming metr gazlama, 2600 ming soʻm naqd pul, yuk mashinasi, telefon stansiyasi joʻnatildi. Ukraina uchun 350 traktor, 200 avtomashina, 50 kombayn, 1500 omoch berildi. Stavropol oʻlkasiga 1142 traktor, 400 seyalka 1142 nafar agronom va haydovchisi bilan joʻnatildi. Ozod qilingan joylarga Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari 50 ming bosh qoʻy va 190 ming bosh qoramol yuborgan. Shuningdek, nemis-fashistlaridan tozalangan respublika va viloyatlarga 1944-yili 100 000 kitob sovgʻa qilingan edi. 1943–44 yillarda ozod qilingan yerlarga Oʻzbekistondan 13 000 dan ortiq temiryoʻl mutaxassisi, hunar bilim yurtlaridan 15 000 yosh yigit sobiq Leningrad, Kiyev va Dunayga yoʻl oldi. Oʻzbekiston sanoat sohasida ham katta ishlarni amalga oshirib, Rossiya, Ukraina va boshqa joylardan koʻchirib keltirilgan oʻnlab korxonalarni joylashtirib, ularning ishchi-xizmatchilarini boshpana va oziq-ovqat bilan taʼminladi. Oʻzbekistonda harbiy sohada ham beqiyos ishlar amalga oshirildi. Xususan, Respublikada 15 diviziya va brigada tuzilib, ularda Oʻzbeklar salmoqli oʻrinni egalladilar. Oʻsha harbiy qismlardan tashqari oʻn minglab navqiron yigit harakatdagi armiya saflariga yuborildi. Toshkentdagi harbiy bilim yurtlari front uchun bir necha ming komandir va siyosiy xodimlarni tayyorladi.
Urushning dastlabki oylarida Toshkent shahrining oʻzidan 100 ming yigit va qisman ayollar harbiy xizmatga jalb qilindi. Oʻzbeklar Moskva, Stalingrad, Kavkaz, Qrim, Kursk, Dnepr, Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi janglarda qatnashib, Berlingacha bordilar. Shuningdek, Yaponiya bilan urushda ham ishtirok etishgan, partizan urushlarida mardonavor kurashdilar. Shu tariqa Oʻzbek xalqi Ikkinchi jahon urushida fashistlarni tor-mor etishga molini ham, jonini ham tikdi. Bamisoli topgan bitta nonini toʻrtga boʻlib, bittasini oʻziga, qolganini bevosita frontga, soʻng respublikaga koʻchirib keltirilganlarga, jangga ketganlarning oilalariga, harbiy gospitallarga, fashistlardan ozod qilingan hududlarning och-nochor aholisiga berdi.Ayni paytda bir milliondan oshiq farzandlari fashistlarga qarshi janglarda mardonavor kurashdi. Ulardan bir necha yuz ming kishi halok boʻldi va jarohatlandi.
Bevosita janglarda 27 mln.kishining yostigʻi qurigan, boshqa talafotlarni ham qoʻshganda 30 mln. kishi nobud boʻlgan Ikkinchi jahon urushi Oʻzbek xalqiga ham beqiyos katta talofat keltirdi. Minglab ayollar beva va bolalar yetim boʻlib qoldilar. Ota-onalar farzandlari dogʻida qaygʻu-alam bilan bu dunyodan koʻz yumdilar.
Bu maʼlumotlar botir jangchilar, sabrli Oʻzbek xalqi Ikkinchi jahon urushida yuksak jasorat koʻrsatganligidan dalolat beradi.
Ikkinchi jahon urushi (1-sentyabr 1939 — 2-sentyabr 1945) — XX asrda sodir boʻlgan jahon tarixidagi eng yirik urush. Ushbu urush XX asr fojiasi sifatida insoniyat tarixiga kirgan. Gʻarb mamlakatlari (Angliya, Fransiya, AQSh) hukmron doiralarining „kelishtirish“ siyosati Avstriyani (1939-yil mart), Chexoslovakiyani (1939-yil mart) Germaniyaga qoʻshib olinishiga va Myunxen bitimiga (1939-yil sentyabr) yoʻl ochib berdi. Ikkinchi jahon urushining boshlanishida SSSRning ham aybi bor. 1939-yil 23-avgustda SSSR bilan Germaniya oʻrtasida Molotov-Ribbentrop pakti 10 yil muddatga hujum qilmaslik toʻgʻrisida shartnoma imzolandi. Bu shartnomaning maxfiy qoʻshimcha ahdnomasiga muvofiq, Germaniya va SSSR Sharqiy Yevropada oʻzlarining taʼsir doiralarini boʻlib oldilar. Har ikki mamlakat manfaatlari, avvalo, Polsha davlati bilan bogʻliq edi. Sovet tomoni Gʻarbiy Ukraina, Gʻarbiy Belorussiya va Bessarabiya (1921-yilda boy berilgan) hududlarini qaytarib olmoqchi edi. Shuningdek, Germaniya Boltiqboʻyi mamlakatlariga daʼvo qilishdan ham voz kechdi.
Germaniya bilan SSSR shartnomaga muvofiq, Polshaga bir vaqtda qoʻshin kiritishlari kerak edi. SSSR bu majburiyatni bajarmadi. 1939-yil 1-sentyabrda Germaniyaning bir oʻzi Polshaga bostirib kirdi va Ikkinchi jahon urushini boshlab berdi. 3-sentyabrda Angliya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. SSSR 1939-yil 17-sentyabrda Polsha hududiga qoʻshin kiritdi. Koʻp oʻtmay Brestda olmon qoʻmondoni T. Guderian va sovet generali S. M. Krivosheiy qoʻmondonligida Polshaning boʻlib olinishi munosabati bilan qoʻshma sovet-olmon paradi oʻtkazildi.
SSSR Ikkinchi jahon urushi bahonasida oʻz hududlarini kengaytirish va chegaralarini mustahkamlashga kirishdi. 1939-yil noyabr — 1940-yil martda SSSR bilan Finlandiya oʻrtasida harbiy toʻqnashuv boʻldi. Bundan SSSR manfaatdor edi. Oʻzaro urush natijasida SSSR Finlandiyaning bir qator hududlarini (Leningradga chegaradosh yerlar va Viborg) tortib olib, shim.gʻarbiy chegaralarini mustahkamlab oldi. 1940-yilning yozida SSSRning rasmiy talabi bilan Ruminiya Bessarabiya va Shimoliy Bukovinani sovetlarga berishga majbur boʻldi. 1940-yil iyun oyida Estoniya, Latviya va Litva sovet qoʻshinlari tomonidan bosib olinib SSSRga kiritildi.
1940-yil aprel-mayda nemis fashist qoʻshinlari Daniya va Norvegiyani istilo qildi, 1940-yil 14-mayda — Niderlandiya, 28-mayda — Belgiya taslim boʻldi. Shundan soʻng fashist qoʻshinlari Lyuksemburg va Gollandiyani bosib olib, ular hududi orqali Fransiyaga (22-iyunda taslim boʻldi) bostirib kirdi.
Sovet hukumati fashistlar Germaniyasini Yevropaning navbatdagi poytaxtini bosib olishi munosabati bilan tabriklab bordi. Internatsionalning direktivalarida fashizmga qarshi targʻibotni toʻxtatish haqidagi talablar paydo boʻldi. 1940-yil 27-sentyabrda Germaniya, Italiya va Yaponiya davlatlari Berlinda „uchlar ittifoqi“ni tuzish haqidagi shartnomaga imzo chekishdi. 1940-yil 28-oktyabrda fashistlar Italiyasi Gretsiyaga bostirib kirdi. 1940-yil 20-24-noyabrda Mojariston, Ruminiya va Slovakiya „uchlar ittifoqi“ga qoʻshildi. 1941-yil martda esa Bolgariyaning monarxiyafashistik hukumati ham bu ittifoq safiga koʻshilishga rozilik bildirdi.
1940-yil 18-dekabrda Gitler SSSRga qarshi urush haqidagi 21-sonli direktivasi „Barbarossa“ rejasiga imzo chekdi. Fashistlar Germaniyasi SSSRga qarshi kurash boshlashdan oldin 1941-yil 6-17-aprelda Yugoslaviyani bosib oldi. Shu yilning 13-aprelda SSSR Yaponiya bilan betaraflik haqida kelishib oldi. 1941-yil 20-may — 1-iyunda fashistlar Germaniyasi Krit orollarini egalladi. 18-iyunda esa hujum qilmaslik va hamkorlik haqida Germaniya — Turkiya shartnomasi imzolandi.
1941-yil 22-iyunda fashistlar Germaniyasi SSSRga qoʻqqisdan hujum boshladi. Aynan shu vaqtdan boshlab tarix notog’ri yozilib SSSR II jahon urushining faqat 1941-1945 davrini oladi. Mojariston, Ruminiya, Finlandiya, Italiya uning tomonidan turib urushga kirdi. Shu kuni Angliya hukumati SSSRni Germaniyaga qarshi urushda qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi. 24-iyunda Franklin Roosevelt AQSH xukumati SSSRga yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi. SSSR Germaniyaga qarshi urushning 1-davri (1941-yil iyun — 1941-yil noyabr) da, asosan, mudofaa harakteridagi janglar olib bordi.
Fashistlar Germaniyasi va ittifoqchilarining tajovuzkorona harakatining tobora avj olishi jahon mamlakatlarini tashvishga soldi. 1941-yil yozida fashistlar Germaniyasiga qarshi koalitsiya tuzish yoʻlida dastlabki qadam qoʻyildi. 1941-yil 12-iyulda SSSR na Buyuk Britaniya hukumatlari fashistlar Germaniyasiga qarshi urushda birgalikda harakat qilish haqida kelishib olishdi. 1941-yil 24-sentyabrda Sh. ls Goll boshchiligida Ozod Fransiya (1942-yil iyuldan Kurashayotgan Fransiya) milliy qoʻmitasi tuzilib, fashizmga qarshi kurash boshladi. 1941-yil 5-dekabrda nemisfashist qoʻshinlarining Moskva jangidagi magʻlubiyati Gitlerning „yashin tezligidagi urush“ deb atalmish rejasini puchga chiqardi va natijada unga qarshi urushga kirgan mamlakatlar soni ortdi.
1941-yil 7-dekabrda Yaponiya Pyorl Harborga hujum qilish bilan Buyuk Britaniya va AQShga qarshi urushni boshlab yubordi. 8-dekabrda AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlar Yaponiyaga, 11-dekabrda esa Germaniya va Italiya — AQShga, shu kuni AQSh fashistlar Germaniyasi va Italiyaga qarshi urush eʼlon qildi.
1941-yil oxiri — 1942-yil boshida Yaponiya Malayziya, Indoneziya, Filippin, Birmani bosib olib, Avstraliyaga tavdid sola boshladi. Sharqiy frontda esa Olmonfashist qoʻshinlari yozgi hujumlar natijasida Kavkaz boʻsagʻasiga, Volga boʻyiga yetib keldi.
1942-yil 1-yanvarda Vashingtonda 26 davlat ishtirokida fashizmga qarshi kurashuvchi davlatlarning harbiy ittifoqi tuzilib, Deklaratsiya qabul qilindi. 1942-yil 26-mayda SSSR va Buyuk Britaniya oʻrtasida fashistlar Germaniyasi va uning Yevropadagi tarafdorlariga qarshi urushda ittifoqchi boʻlish va urushdan keyin oʻzaro yordam va hamkorlik qilish haqida shartnoma imzolandi. 1942-yil yoziga kelib antigitlerchi davlatlar soni yanada ortdi. 1-iyunda Meksika Germaniya, Italiya va Yaponiyaga, 22-avgustda Braziliya Germaniya va Italiyaga, 14-dekabrda Efiopiya — Germaniya, Italiya va Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qildi. Sharqda esa yapon militaristlari Gollandiya Hindistonini (12-mart), Filippin orollarini (9-iyun) qoʻlga kiritdi.
Sovet qoʻshinlari urushning 2-davri (1942-yil noyabr — 1943-yil oxiri) da Stalingrad jangi va Kursk jangilagm gʻalabalari natijasida Germaniya qoʻshinlari qoʻmondonligi strategik tashabbusni butunlay qoʻldan chiqardi. SSSRda va boshqa hududlarda qarshilik koʻrsatish harakati avj oldi. 1943-yil 13-yanvarda Gitler urushda tashabbusni yana qoʻlga olish maqsadida ommaviy safarbarlik eʼlon qildi, lekin shunga qaramasdan 1943-yil may oyiga kelib Shimoliy Afrika (qarang: Shimoliy Afrika kompaniyasi), Angliya-AQSh qoʻshinlari tomonidan ozod qilindi. 1943-yil iyul-avgust oylarida Angliya-Amerika desant qoʻshinlari Sitsiliya orolga tushirildi. 1943-yil 25-iyulda Italiyada Mussolini osib oʻldiriddi va fashistlar rejimi tugatildi. 3-sentyabrda Italiya soʻzsiz taslim boʻlganligi haqidagi hujjatga imzo chekdi.
1943-yilga kelib fashizmga qarshi boʻlgan kuchlar tobora kuchayib bordi. 1943-yil 3-iyunda Jazoirda Fransiya milliy ozodlik qoʻmitasi tuzildi. 12-13-iyulda Germaniyada Ozod Germaniya milliy qoʻmitasi tashkil qilindi. Avgust- sentyabr oylarida Bolgariya vatanparvarlari frontining milliy qoʻmitasi yuzaga keldi. 1943-yil sentyabr-oktyabr oylarida partizanlar bilan Kurashayotgan Fransiya harakati qismlari hamkorligida Korsika orol ozod etildi. 1943-yil 16-yanvarda Iroq, 7-aprelda Boliviya Germaniya, Italiya va Yaponiyaga qarshi urushga kirdi. 1943-yil 13-oktyabrda Italiya oʻzining sobiq ittifoqchisi Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. SSSR, Angliya va AQSh hukumatlari Italiyani „birgalikda urushayotgan mamlakat“ deb tan oldi. 1943-yil 27-noyabrda Kolumbiya Germaniyaga qarshi urushga qoʻshildi. SSSR, AQSh va Angliya hukumat boshliqlari Tehron konferensiyasiyada Angliya — Amerika qoʻshinlarini Shimoliy Fransiyaga tushirish yoʻli bilan Yevropada ikkinchi frontni ochish gʻoyatda muhim ekanligini tan olishdi.
Fashizmga qarshi urushning 3-davri (1944-yil yanvar — 1945-yil may) boshlarida sovet qoʻshinlari SSSR hududining deyarli hammasini ozod qildi. Ittifoqchilar 1944-yil 6-iyunga kelibgina Fransiyaga oʻz qoʻshinlarini tushirib, Yevropada ikkinchi frontni ochdilar va sentyabrda Fransiya qarshilik koʻrsatish harakati kuchlarining faol ishtirokida Fransiya hududining deyarli hammasi fashist bosqinchilaridan ozod qilindi. 1944-yil 27-martda sovet qoʻshinlari Ruminiya hududiga kirib bordi. 13-martda SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya hukumatlari Germaniya tomonida turib urushayotgan Mojariston, Ruminiya, Bolgariya va Finlandiyaga urushni toʻxtatish haqida murojaat qildi. Natijada bu mamlakatlarda fashizmga qarshi boʻlgan kuchlar harakati faollashdi. 1944-yil mayda Ruminiyada fashizmga qarshi Birlashgan ishchilar fronti, Mojaristonda esa Vatanparvar kuchlar fronti, (2-dekabrdan Milliy mustaqillik fronti) yuzaga keldi. 21-iyulda Polshada Milliy ozodlik qoʻmitasi tashkil boʻldi.
1944-yil 25-iyulda Gitler mamlakatda „o’ta ommaviy safarbarlik“ eʼlon qildi. Gitlerning bu tadbiri ham yordam bermadi. U bosib olgan mamlakatlarda ozodlik harakatlari avj oldi. 1944-yil 1 avgust-2-oktyabrda Varshavada, 19-25-avgustda Parijda, 23-avgustda Ruminiyada, 6- 10-sentyabrda Bolgariyada fashist bosqinchilariga qarshi qurolli qoʻzgʻolonlar boʻldi. Natijada, jahon urushi maydonida kuchlar nisbati tubdan oʻzgardi. Germaniya ittifoqchilari oʻrtasida parokandalik boshlandi. 1944-yil 26-yanvarda Liberiya, 24-avgustda Ruminiya, 15-sentyabrda Finlandiya, 28-dekabrda Mojariston, 1945-yil fevralda Peru, Urugvay, Venesuela, Turkiya, Misr, Livan, Suriya, Saudiya Arabistoni, Paragvay, Ekvador, Chili kabi mamlakatlar, 27-martda esa Argentina fashistlar Germaniyasi va Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qildilar.
Sovet qoʻshinlari 1944-yil oʻrtalarida Markaziy va Janubi-sharqiy Yevropa mamlakatlarini vatanparvar kuchlar yordamida ozod qilishga kirishdi. Shu yili ittifoqchi qoʻshinlar Shimoliy Italiyani va Gʻarbiy Germaniyaning bir qator rayonlarini ozod qildi. 1945-yil 4-11-fevralda SSSR, AQSh va Angliya davlat rahbarlari ishtirokida boʻlgan Qrim (Yalta) konferensiyasida, Germaniyani batamom tor-mor qilish rejalari, shuningdek, dunyoning urushdan keyingi siyosiy tuzilishi masalalari xususida kelishib olindi.
Amerika-Angliya qurolli kuchlari Tinch okeanidagi Marshall va Mariana orollarini (1944), Filippinni va Yaponiyaning Okinava orolni (1945) egalladi. 1945-yil 25-aprelda sovet va Amerika qo‘shinlari Elbada uchrashdi. 3-mayda Angliya qoʻshinlari Birma qarshilik harakati kuchlari bilan hamkorlikda poytaxt — Rangunni ozod qildi.
1945-yil 2-mayda Sovet qoʻshinlari Berlinni ishgʻol qildi. A. Gitler oʻzini oʻldirdi. 8-mayda Berlin yaqinidagi Karlsxorstda Germaniya oliy qoʻmondonligi vakillari fashistlar Germaniyasining Ikkinchi jahon urushida soʻzsiz taslim boʻlganligi haqidagi hujjatga imzo chekdi. 9-mayda sovet qoʻshinlari, chex qarshilik harakati kuchlari ishtirokida Chexoslovakiyaning poytaxti Pragani ozod qildi.
SSSR, AQSh va Angliya hukumatlari boshliklarining Berlin konferensiyasi, asosan, Germaniya masalasi, uning keyingi taqdiri va taraqqiyot yoʻli, uni demilitarizatsiyalash va demokratiyalash masalasi koʻrildi. Konferensiyada SSSR hukumati Yaponiyaga qarshi ittifokchilar bilan birgalikda urushga kirishini yana bir bor taʼkidladi. AQShning havo kuchlari harbiy zaruriyat yoʻqligiga qaramay Yaponiyaning Xirosima (1945-yil 6-avgust) va Nagasaki (9-avgust) shaharlariga atom bombalari tashladi. Buning natijasida har ikki shahar aholisidan 102 mingga yaqin kishi halok boʻldi, 16 ming kishi bedarak ketdi, 61 ming kishi yarador va 324 ming kishi kuchli radiatsiya bilan zaharlandi.

Yüklə 137,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin