Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-662-672
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 662 www.ares.uz
O`ZBEK AYOLLARINING IKKINCHI JAHON URUSHI FRONTLARIDAGI
FAOLIYATI
Komila Xurramova
O’zMU Tarix fakulteti 3-kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola o’zbek ayollarining ikkinchi jahon urushi frontlaridagi faoliyati,
urush frontlarida ko’rsatgan jasoratlari haqida ma’lumot beradi.
Kalit so’zlar:
Davlat mudofaa qo’mitasi (DMQ), Qizil Armiya, “Qizil
Yulduz”, “Vatan uchun” ordenlari, “Jasurligi uchun” medali.
KIRISH
Insoniyat
tarixiga nazar tashlasak, qanchadan-qancha voqea-hodisalarni
bevosita ishtirokchisi sifatida boshidan kechirdi. Insoniyat
XX asrda fan-texnika
taraqqiyotida, ixtiro va kashfiyotlar bobida ancha muvafaqqiyatlarga erishdi.
Jumladan, Ikkinchi jahon urushi butun insoniyat tarixida misli ko`rilmagan darajada
azob-uqubatlar, yo`qotishlar va vayronagarchiliklar keltirdi. Bu urush jahonning yirik
davlatlari tomonidan dunyoni iqtisodiy, siyosiy va hududiy hamda strategik jihatdan
bo`lib olish maqsadida olib borildi. Bu qirg`in-barot urushning tashabbuskori sifatida
fashistlar germaniyasi o`zini yetarli darajada urush sharoitiga tayyorligini hisobga
olib boshladi.Asosiy janglar Gitler Germaniyasi va
Sovet davlati hududida olib
borilganligi sababli O`zbekiston ham ittifoq tarkibida bu urushda qatnashib o`zining
munosib jasoratlarini namoyon eta oldi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O`zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A .Karimov ta’kidlaganidek
”Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin,bu urushda qaysi g`oya
ostida va
kimning izmi bilan olib borilgan bo`lmasin, o`z Vatani el-yurtining yorug` kelajagi,
beg`ubor osmoni uchun jang maydonlarida halok bo`lganlarni,o`z
umrlarini bevaqt
xazon qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz. Bu achchiq,
lekin oliy haqiqatni
unutishga hech kimning haqqi yo`q va bunga yo`l ham bermaymiz. Urush yillari -
O`zbekiston tarixining uzviy bir qismi. Biz tariximizdan
biror sahifani olib
tashlamaymiz. Bu tarix –bizniki uni unutishga hech kimning haqqi yo`q”. O'zbek
aholisi ko`ngilli va ixtiyoriy ravishda urushga sararbar etilib, fashist bosqinchilariga