Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-662-672 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 670 www.ares.uz uchun”medali va boshqa medallar bilan taqdirlandi
40
.Jamila Husainova urushdagi
jasoratlari uchun jangovar medallar bilan taqdirlandi
41
.
XULOSA Xulosa o`rnida shuni aytish joizki , ikkinchi jahon urushi insoniyatni, jamiyatni
umuman barcha sohalarni fashizm balosidan asrab –avaylashga qaratildi.Bu urushda
sovet ittifoqi tarkibidagi barcha millat vakillari, jangchilari,askar-zobitlari va
ayollari,jumladan,o`zbek ayollari ham ishtirok etdi. Bu kabi ayollarda yuksak
vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg`ulari kuchli bo`lgani sababli,Vatan himoyasini
or-nomus masalasi sanab,ma’suliyatli vazifani o`zlarining nozik zimmalariga
olib,urush
frontlariga
jo`naganligining
o`zi
katta
jasorat.Sovet
davlatining,xususan,o`zbeklarning mard-u maydon ayollari fashist bosqinchilariga
qarshi kurashda qahramonlik va jasoratlari bilan o`z fidoyiligini namoyon eta
oldi.Har qanday voqea-hodisaning ibtidosi bo`lgani kabi,albatta intihosi ham
bo`ladi.1945-yil 2-sentabrda Yaponiyaning taslim bo`lishi bilan ikkinchi jahon urushi
ham tugadi.Fashizm ustidan qozonilgan g`alaba bilan yakun topdi.Har qanday voqea-
hodisaning boshida inson va uning manfaati,ehtiyoji turadi.Bu urushning g`alaba
bilan yakun topishini istagan davlat boshliqlari dunyoda hukmronlik qilish uchun har
qanday ishdan voz kechmay,faqat bitta maqsad,ya’ni urushda g`alaba qozonish
yo`lida kurash olib bordilar.Ikkinchi jahon urushining dastlabki yillarida kurashga
otlangan sovet ittifoqi tarkibidagi askar-zobitlarning deyarli barchasi jang
maydonlarida halok bo`ldi.Shunday bo`lishiga qaramasdan insonlar urush frontlariga
jo`nayverishdi.E`tibor beradigan bo`lsak,urushga 1943-yildan keyin ketgan jangchilar
qaytishdi.Vaholanki,ularning ko`pchiligi yarador,mayib-majruh bo`lib qoldi.Ulardan
minglab kishilar frontga ko`ngilli bo`lib ketaverdi,dastlab urushga ketganlarning
ko`pchiligi halok bo`lgan bo`lsalarda,ularning o`rnini qoplash uchun minglab
insonlar Vatan himoyasini sharafli hisoblab urushga jo`nadi.Sovet davlati tarkibidagi
jumladan,o`zbek insonlarda jangovar ruh kuchli bo`lganligi sababli xalqining
ishonchini,ota-onasining ishonchini sharaf bilan oqlash uchun hamma vaqt
dushmanga qarshi jang qilishga tayyor ekanligini namoyon etdilar.Sovet ittifoqi
tarkibidagi davlatlarning insonlari g`alabaga moyilligi sababli,urushning dastlabki
yillarida mag`lubiyatga uchrasalar-da,ortga chekinmasdan o`zlarining erk-ozodligi
uchun faqat olg`a intildilar. Chunki,bu insonlarda or-nomus va jangovar ruh kuchli
40
Adham Rahmat Shinelli qizlar. –T.:1970. –B.98-102.
41
Karimov I.A.O`zbekiston:Milliy istiqlol,iqtisod,siyosat,mafkura.I jild. –T. :O`zbekiton,1996. –B.54.