Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-662-672 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 664 www.ares.uz choralarini amalga oshirdi. Darhaqiqat,qanday qilib bo`lsa ham dushmanni
mag`lubiyatga uchratish uchun o`zining Stalincha siyosatlari bilan oddiy xalq
vakillaridan foydalandi. Garchi,bu adolatsiz ekanligini bilsalar-da. Shunday
bo`lishiga qaramasdan sovet davlati vakillari o`zining oliy maqsadlari yo`lida hech
narsadan qaytmadilar. Bizga tarixdan ma’lumki, 1941-yilning 22-iyunida harbiy
safarbarlik e’lon qilinib ,sovet ittifoqi tarkibidagi O`zbekistonning yuragida o`ti bor
o`g`lonlari ham dastlabki yillarda 32-ming kishi frontga jo`nash uchun ariza
berdilar.23-24-iyun kunlari Buxoro, Andijon, Namangan, Farg`ona va boshqa
shaharlarda namoyish bo`lib o`tdi. Qoraqalpog`iston Nukusda ham 23-iyun kuni
namoyish bo`lib ,ko`plab aholi ko`ngilli ravishda fashistlarga qarshi kurashga otlandi
3
. Urushning boshlarida O`zbekistonlik ayollar urushga ketgan otalari , aka-ukalari va
turmush o`rtog`lari o`niga dala ishlarida ,jumladan, traktor haydash, paxta terimi
umuman olganda ayollarga munosib ishlar bilan emas,balki og`ir yumushlarni ham
bajardi.1941-yilning 15-oktabriga qadar bo`lgan vaqt mobaynida 800 nafar xotin-qiz
“frontga ketgan yigitlarning o`rnini olishi kerak”,degan chaqiriq bilan chiqdi
4
. Dala
ishlari ,uy –yumushlari va bola tarbiyasi bilan mashg`ul bo`lmasdan bosqinchilarga
qarshi
kurashda
qo`liga
qurol
tuta
oladigan
mard-u
maydon
ayollar
ko`payib,endilikda ular ham urush frontlarida fashistlarga qarshi kurashda jasur
o`g`lonlar bilan birgalikda kurashishni or-nomus masalasi deb hisoblab, kurashga
otlandi. 1941-yil 5-iyulida Toshkent shahrining Oktabr rayonida miting bo`lib, unda
15-ming xotin-qiz qatnashdi. Bu mitingda “Qimmatli opa-singillar ! ,“Hammamiz bir
yoqadan bosh chiqarib,sevimli Vatanimizni himoya qilaylik, dastgoh,transport,traktor
va kombaynlarda ishlab erlarimiz ,aka-ukalarimizning o`rnini bosaylik.Bu urushda
hech kimni qo`l qovushtirib o`tirishga haqqi yo`q.Biz front orqasida g`alaba
qozonamiz degan chaqiriqlari mavjud
5
Ikkinchi jahon urushiga ishchilar, ziyolilar,
xizmatchilar ,san’atkor va qo`shiqchilar,tibbiyot xodimlari va talaba yoshlar
shuningdek ,yuragida o`ti bor har qanday insonlar safarbar etildi.Ular jonajon yurtini
dushmanga bermaslik uchun bor kuchlarini ayamasdan kurashdilar.Urushning
dastlabki yillaridayoq, Toshkent shahridan 100-ming yigit-qizlar frontga safarbar
etildi
6
.Boshqa
viloyatlardan
ham
ko`ngilli
sifatida
urushga
otlanganlar
mavjud.Jumladan, Samarqand viloyatidan frontga yuborishlarini so`rab, 1316-kishi
ariza bergan bo`lsa , 1941-yil 4-avgustga kelib, ularning soni 2988 taga yetdi. Ularni
3
Inoyatov H.G`alabaga qo`shilgan hissa. –T.: Fan. 1975. –B.12.
4
Surxondaryo tarixi Tursunov S,Qobilov E,Murtazoev B,Pardayev T. –T.:Sharq,2004. –B.327.
5
Inoyatov H.G`alabaga qo`shilgan hissa. –T.:Fan. 1975. –B.19-20.
6
Хотира Тошкент ш .1-китоб –Т.:комуслар бош тахриряти. 1994. –B.6.