Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-662-672 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 669 www.ares.uz etdi
32
.Sovet ittifoqi tarkibidagi askar-zobitlarga jangovar ruh bag`ishlab turgan
qahramon ayollardan biri sifatida Rahima Alimova edi.Rahima Alimova ,drama teatri
artisti E’tibor Oripova kabilar urush yillarida Moskva ,Stalingrad, Kursk va Minsk
ostonalarida jang harakatlarida ishtirok etib,o`zlarining ijod namunalarini namoyish
etib,jangchilarni g`alabaga ruhlantirdi
33
. Front ichida urushdan charchagan
askarlarni ruhlantirish maqsadida G`arbiy frontga Gavhar Rahimova rahbarligidagi
respublikamiz san’atkorlari tarkibida frontning eng qizigan o`choqlarida madaniy
xizmat qilib, o`zining yoqimli qo`shiqlari bilan dushmanni yengishda jangchilarga
madad bo'ldi
34
. Sovet ittifoqi tarkibidagi barcha urush qatnashchilari safida
O`zbekistonlik askar –zobitlar bilan ikkinchi jahon urush frontlarida dushmanga
qarshi kurashib, erk –iqboli, mustaqilligini ta’minlashda o`zlarining aziz jonlarini
ayamasdan yurt himoyasi uchun kurashga otlangan ayollarning ko`rsatgan jasoratlari
tahsinga sazovordir. Ular dushmanga qarshi kurashishlari uchun ruh bag`ishlash
maqsadida sovet ittifoqi rahbarlari tomonidan rag`batlantirib borilgan. Zebo
G`aniyeva ko`rsatgan jasoratlari uchun “Qizil Bayroq”ordeni bilan mukofotlandi
35
.
Bunday ayollar ko`pchilikni tashkil qilgan. Xanifa Mamatkazina ham Vatan oldidagi
xizmatlari 2 marta “Qizil Bayroq”ordeni, “III darajali Shuhrat”ordeni, hamda 2 marta
“Jasurligi uchun” medallari bilan taqdirlandi
36
. Soliha Davronova Zaparoje shahri
uchun 1943-yilning yozidagi jangda qatnashdi.Jangda qahramonlik ko`rsatgani uchun
“Jasurligi uchun “medali bilan taqdirlandi.Vatan Soliha Davronovaning mehnatini
taqdirladi,uning g`oz ko`kragiga “Qizil Yulduz” II darajali “Vatan uchun” ordenlarini
taqdi
37
. Rahima Alimova ko`rsatgan qahramonligi uchun “Jasurligi uchun” medali
mukofotlandi. U bir to`da razvedkachilar bilan birga dushmanni orqa tarafiga o`tib,
nemislarni qirishda hammaga o`rnak bo`ldi.Bu qahramonligi uchun Rahima
Alimovaga “Qizil Bayroq” ordeni bilan taqdirlandi
38
. Rayhon Hamroyeva Gomel
yonidagi janglarda ko`plab askarlarni halokatdan saqlab qoldi.Unga janglarda
ko`rsatgan jasorati uchun “Jasurligi uchun” medali berildi
39
. Janglarda ko`rsatgan
jasorati uchun Xosiyat Halimovaga “Jasurligi uchun” va “Jangovar xizmatlari
32
Vatan sharafi uchun 1945-yil 2-noyabr.N=64(349).Tuzuvchi:Shamsutdinov R.To`plam:Ikkinch jahon urushi va fronti gazetalari.II
kitob .-T.:Akademnashr.2017.–B.362.
33
Sirojev O.Fashizm ustidan erishilgan g`alabada Buxoroliklarning roli. –T.: O`zbekiston.1996. –B.337-338.
34
“Sovet O`zbekistoni” Berdiyev Y.Qo`shiqning sehri.1974-yil,144-son. –B.44.
35
“ Vatan uchun” 1942-yil 5-noyabrdagi soni.Tuzuvchi:Shamsutdinov R.To`plam:Ikkinchi jahon urushi va fronti gazetalari Ikitob. –
T.:Akademnashr,2017. –B.29.
36
Adham Rahmat Shinelli qizlar. –T.: 1970 . –B.103.
37
“Sovet jangchisi” 1945-yil 22-iyun N-50 (246).Tuzuvchi :Shamsutdinov R.I kitob. –T. :Akademnashr,2017. –B.409.
38
“Vatan sharafi uchun”1944-yil 16-yanvar N-3(193).Tuzuvchi:Shamsutdinov R.To`plam :Ikkinchi jahon urushi va fronti
gazetalari.II kitob. –T.Akademnashr,2017. –B.27.
39
Jo`rayev T.O`zbekiston jangchilari Ulug` Vatan urushi frontlarida. –T.:Fan.1975. –B.32.