Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-662-672 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 665 www.ares.uz 613 tasi xotin-qizlar edi
7
.Vaholanki,har bir hududlarda bosqinchilarga qarshi
kurashda qahr-u g`azabga to`la,urushga otlangan mard va jasur ayollar bisyor
edi.Darhaqiqat,ikkinchi jahon urushi frontlariga sanitariy(hamshira) xodimalar, teatr
va san’at xodimlari, talaba qizlar va ularning jangovar dugonalari, shuningdek,
yuragida Vatanga muhabbat hissi kuchli bo`lgan mard-u maydon ayollar jangga
otlanishdi.Vaholanki,ularning deyarli ko`pchiligi ko`ngilli sifatida urushga jo`nadi.
Birgina Shahrisabz shahridan urushning dastlabki bir necha kun ichida 1148 kishi
harakatdagi armiyaga ixtiyoriy jo`nadi, ulardan 10 tasi xotin –qizlar edi
8
.Joylarda
aholini urush sharoitiga moslab tayyorlash va fashist bosqinchilariga qarshi targ`ibot-
tashviqot ishlari jadallashtirilganligi sababli,kurashga otlangan ayollar safi
kengaydi.Jumladan,sovet ittifoqi 1941-1943-yillar mobaynida Toshkent viloyatidan
37-ming yigit –qizni Qizil Armiyaga yo`lladi.Ana shulardan 10-minggi Milliy
qismlarga qabul qilindi
9
.Fashist bosqinchilariga qarshi kurashda Sirdaryo
viloyatining 15 252 nafar o`g`il –qizlari hayot-mamot janglariga otlandi.Toshkent
viloyatidan ikkinchi jahon urushiga 200-ming o`g`il –qizlar safarbar etildi
10
. Harbiy
safarbarlikka
javoban,
Xorazm
viloyatidan
harbiy
komissariyatga
urush
boshlanganidan bir necha kun o`tar –o`tmas 1156 ariza ( shulardan 147 nafari xotin-
qizlardan iborat edi) tushdi. Viloyatning 1213 nafar xotin- qizlari yangi ishlab
chiqarish kasblarini o`rgandilar va jangga otlanganlarning o`rnilarida o`zlarining
faoliyatlarini namoyon eta boshladilar. Fashizmga qarshi olib borilgan dahshatli
janglarda 67 300 nafardan ziyod xorazmliklar o`zlarining aziz jonlarini ayashmasdan
bu qonli kurashda ishtirok etishdi
11
. Sovet ittifoqi tarkibidagi jonajon yurtini himoya
qilish uchun kurashga otlangan ayollardan biri Roza Ibrohimova edi. 1943-yilning
yozida O`zbekistondagi aloqachilik maktabini tugatib, Moskva yaqinidagi radio
vazonga borib tushdi
12
. Roza Ibrohimova Berlinni ishg`ol qilish uchun bo`lgan
janglarda ishtirok etib munosib qahramonliklar namoyon eta oldi.Urushning birinchi
haftasida farg`onaliklardan urushga safarbar etishlarini so`rab 1735 ariza (shundan
423 nafari xotin –qizlardan iborat edi) tushdi. Farg`onada 8 ta sanitary otryadi
(ularda 280 nafar xotin-qizlar o`qidi )va Qo`qonda 6 ta sanitar otryadi (ularda 220
nafar xotin –qizlar o`qidi ) tuzildi.Urush yillarida farg`onaliklardan bir necha yuz
ming ko`ngillilar fashizmga qarshi kurashda ishtirok etdilar
13
. Joylarda fashist
7
Хотира Самарканд в. 1-китоб –Т.: Ибн сино номидаги нашриет-матбаа бирлашмаси ,1994. – В. 5.
8
Yorbozorova Z.Ikkinchi jahon yillarida O`zbekiston xotin-qizlar faoliyati.B.M.I.-Qarshi.2013.
9
Inoyatov H.G`alabaga qo`shilgan hissa. –T.:Fan. 1975. –B.16.
10
Yorbozorova Z.Ikkinchi jahon urushi yillarida O`zbekiston xotin-qizlar faoliyati.B.M.I. –Qarshi.2013.
11
Хотира Хоразм в. 1 китоб –Т.: Г Гулом номидаги адабиет. 1994. –В. 6-7.
12
Yorbozorova Z. Ikkinchi jahon yillarida O`zbekistonlik xotin-qizlar faoliyati. B.M.I.Qarshi. 2013.
13
Хотира Фаргона 2 китоб .–Т.: Комуслар бош тахририяти . 1994. –В. 5.