Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-662-672 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 663 www.ares.uz qarshi kurashda bor kuch-shijoati,g`ayati bilan qo`liga qurol tutib,kurashga otlandi.
Shuningdek, mard-jasur o`g`lonlar bilan birgalikda yurt ravnaqi uchun kurashgan,
fidoyi va qahramon bo`lgan mard-u maydon ayollar ham kurash olib bordilar.
Ikkinchi jahon urushida O`zbekistonlik ayollar o`zlarining vatanparvarligi,
insonparvarligi va fidoyiligini namoyon etgan holda qahramonliklar ko`rsatdi.
O`zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov aytganidek: “Butun
ma’rifiy dunyoda xotin –qizlar manfaati degan alohida masala bor va uni o`rganish,
yechimini topishga juda katta ahamiyat berilishi bejiz emas. Agar ayollarga yetarli
e’tibor berilmasa, bunday jamiyatning kelajagi bo`lmasligi haqida o`ylaymanki, uzoq
gapirib o`tirishning hojati yo`q”. Bu borada yaqin o`tmish sovet davri tajribasini
sinchiklab o`rganish va undan zarur saboqlar chiqarish muhim. Sovet davlati ham
fashizmni dunyoga hukmronlik qilishiga qarshi , insoniyat boshiga keltirishi mumkin
bo`lgan falokatlarni oldini olish uchun kurashyapmiz degan g`oya ostida kurashgan.
Aslida ikki hukmron kuch ham dunyoga hukmronlikka intilib kurash olib borgan.
1941-yil 30-iyunda I.V.Stalin boshchiligidagi davlat mudofaa qo`mitasi(DMQ)
tuzilib ,barcha ishlar yagona shaxs qo`lida to`plandi.Tish-tirnog`igacha qurollangan
fashistlar Germaniyasi bilan kurash oson emaslini yaxshi bilardi. Sovet davlatini
urush sharoitiga moslash uchun 1941-yil 3-iyulda Stalin radio orqali xalqqa murojat
bilan chiqib,bor haqiqatni aytishga majbur bo`ldi
1
. Ushbu voqeadan so`ng Sovet
davlati o`zining tarkibidagi barcha davlatlar, viloyatlar, tumanlar va qishloq
okruglarida namoyish o`tkazilib,xalqqa murojatlar qilinib, aholini urush sharoitiga
moslab tayyorlash,bosqinchilarga qarshi kurashda mardonavorlik, vatanparlik
tuyg`usini kuchaytirib dushmanlarni vatan hududiga kiritmaslik uchun bor kuch-
shijoatini, fashistlarga qarshi nafrat bilan yurtini himoya qilish haqida da’vatlar
qilinib, o`z xalqini va barchani bu sharafli ishga chorlovchi namoyish bo`ldi.Davlat
Mudofaa Qo`mitasining 1941-yil 18-sentabridagi “SSSR grajdanlariga harbiy ishni
yoppasiga majburiy o`tkazish to`g`risida “ gi qaroriga binoan “Sovet ittifoqining
qurol ko`tarishga qodir bo`lgan har bir grajdani qo`liga qurol olib , o`z Vatanini
himoya qilishga tayyor bo`lib turishi lozim “
2
.Bunga javoban ittifoq tarkibidagi
barcha jasur o`g`lonlar,jumladan,o`zbeklardan surxon vohasining 50 365 nafar mard
o`g`lonlari hayot-mamot janglarida qo`llariga qurol olib,dushmanga qarshi ayovsiz
kurashdilar. Urushning dastlabki yillarida sovet hokimiyati o`zining qat’iy
talablari,zo`ravonlik siyosati va markazga bo`ysundirish uchun qat’iy va keskin
1
Inoyatov H.G`alabaga qo`shilgan hissa. –T.:Fan.1975. –B.5-6.
2
O`zbekiston tarixi (1917-1991-yy) 2-kitob. –T.: O`zbekiston, 2019. –B.38.