Mavzu: Tarqatma materiallar bo`yicha ma`ruza qismlarini o`zlahstirish . Reja: 1.Kirish. II. Asosiy qism . 2.1. O`tiladigan mavzuning asosiy mazmunini ochib berish. 2.2. Dars jarayonida tarqatma materiallardan foydalanishda o'ziga xos kamchiliklari. 2.3. Bolalarni qiziqtirishning usullari . III. Xulosa . IV. Foydalanilgan adabiyotlar . KIRISH Ma'lumki, dars mashg'ulotlarida tarqatma materiallardan samarali foydalanish juda muhim ahamiyatga ega hamda ularni tayyorlash pedagogdan sabr-toqat, kreativ yondashuv va mahorat talab etadi. Tarqatma materiallar sifatida berilgan topshiriqlar ta'lim oluvchilarning dars jarayonida individual, juftlikda yoki guruh bo'lib hamkorlikda ishlashiga, berilgan topshiriqlarni hamjihatlikda bajarishiga, vaqtdan unumli foydalanishiga imkon beradi. Shuningdek, tarqatma materiallar yordamida bir vaqtning o'zida muhokama qilinayotgan savolni, axborotni ham eshitish, ham ko'rish orqali qabul qilish shubhasiz ta'lim oluvchilarning puxta bilim olishlariga va o'z navbatida ushbu egallangan bilim ular xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishiga yordam beradi.
Bugungi kunda dars mashg'ulotlarida tarqatma materiallardan foydalanish tobora keng qo'llanilmoqda va buning samarali hamda ijobiy tomonlari yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Darsda ta'lim oluvchilarning bilim, malaka va ko'nikmalarini birdek shakllantirishda pedagogdan ulkan mahorat talab etiladi. Bunday paytda mavzuga oid ma'lumotlarni, grammatik qoidalarni, berilgan matnlarni tarqatma material sifatida yetkazib berish muhim rol o'ynaydi.
"Dunyoga kelgan yangi chaqaloq bolaning ruhini «top-tozapaxtaga» o'xshatadi. Uningfikricha, bolaning «top-toza paxta» tarzidagi ruhiga nimalarni yozish mutlaqo katta odamlar ixtiyorlaridadir. Shuning uchun bolaning qanday odam bo 'lib yetishishi, ya'ni unda qanday shaxsiy fazilatlarning tarkib topishi bola hayotdan oladigan tajribaga, o 'zgalar bilan muloqot jarayonida oladigan hayotiy tushuncha va tasavvurlariga bog 'liqdir '', deb ta 'kidlaydi Angaliyalik olim Djon Lokk