1-laboratoriya mashg`uloti



Yüklə 393,78 Kb.
tarix04.09.2023
ölçüsü393,78 Kb.
#141464
TJKM 1-LAB

1-LABORATORIYA MASHG`ULOTI

Mavzu: Tashish va ko‘tarish transport vositalari to‘g’risida umumiy tushunchalar


Yangi o‘quv rejasiga asosan ushbu kurs PDI mutaxassisligi uchun kiritilgan bo‘lib, bundan asosiy maqsad-paxta tozalash sanoatida qo‘llanilayotgan transport vositalari, ularni asosiy ko‘rsatkichlarini o‘rganish va bajarilayotgan barcha operatsiyalarni mexanizmlar yordamida bajarishga erishish yo‘llari, hozirgi kunda mexanizatsiya darajasini ko‘tarishdagi asosiy yo‘nalishlarni o‘rganishdan iborat.


Bizga ma’lumki, paxta tozalash sanoatida barcha texnologik jarayonda bajariladigan operatsiyalar majmuasini ko‘p qismi qo‘l mexnati asosida amalga oshiriladi. Bugungi kunda ularni mexanizatsiyalash darajasi qariyib 40-50% ni tashkil etadi.
Texnologik jarayonni uzluksiz amalga oshirishni to‘la ta’minlash uchun mavjud operatsiyalarni mexanizatsiyalar yordamida bajarish holatiga mehanizatsiyalash deb ataladi.
Ayniqsa, paxtani g’aramga bosish va uni saqlash jarayonidagi ko‘p ishlar qo‘l mehnati asosida amalga oshiriladi. Shu sababli bu masalalarni amalga oshirishda va hal etishda albatta bugungi kunda mavjud bo‘ lgan mexanizatsiya vositalarini chuqur o‘rganish va amalga oshirishlik kerak bo‘ lgan vazifalarni aniq hal etish zarurdir.
Shuning uchun ushbu masalalarni hal etishda “Ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash” fani katta rolь o‘ynaydi. PTS da asosiy mexanizatsiya vositalari quyidagi bo‘limlarga ajralgan bo‘ladi:
chigitli paxtani, tolani, tola chiqindilarini ko‘tarish-tashish vositalariga;

      1. Texnologik jarayonini uzluksiz amalga oshirishda uni ta’minlab beruvchi transport vositalariga;

      2. Asosiy va qo‘shimcha bo‘limda joylashgan texnologik mashinalarni normal ishlashini nazorat qiluvchi transport vositalari;

      3. Tayyorlov punkitlarida paxta tashish va uni joylash uchun ishlatiladigan transport vositalari: (PП; PБД; ПЛA; XПП; TT) bo‘ linadi.

Ishlab-chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishda barcha masalalarni hal etish uchun juda katta miqdorda mablag’ hamda kerakli materiallar ta’lab etiladi.
Shuning uchun bu ishlarni ma’lum rejalashtirish asosida amalga oshirish zarurdir. Ushbu rejani tuzishda albatta texnologik jarayonni xususiyatini to‘liq o‘rganish zarurdir, hamda avtomatlashtirish va mehanizatsiyalashtirish transport vositalarini samaradorlik ko‘rsatkichlarini bilish kerak.
Samaradorlik ko‘rsatkichi asosiy parametr hisoblanib, u o‘z tarkibiga asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni oladi, masalan (1-rasmda mexanizm va avtotransport vositalarining samaradorlik ko‘rsatkichi tasnifi, 2-rasmda esa kompleks mexanizatsiya vositalarini tasniflari keltirilgan).

1-rasm. Mexanizm va avtotransport vositalarini samaradorlik ko‘ rsatkichi.



2-rasm. Kompleks mexanizatsiya vositalarining tasnifi.

Robototexnika shu kunda juda tez rivojlanib ketmoqda. Bu esa qo‘l mehnatini


mexanizatsiyalar yordamida bajarilishi ancha tezlashtirilmoqda.
Ayniqsa robototatexnika avtomobilsozlik sanoatida, og’ir metallurgiya
sanoatida keng o‘rin olib kelmoqda.
Paxtasanoatiga ham ushbu texnikani joriy etish uchun ko‘p izlanishlar olib borilmoqda. Buning uchun har bir texnologik jarayonni to‘liq kompleks mexanizatsiyalashtirishga va avtomatlashtirishga juda katta e’tibor berish zarurdir.
Sanoat korxonalaridagi tashiladigan transportlanuvchi yuklarning va ularga mos ravishda yuklash-tushirish ishlarining tannarhi va mehnat hajmi umumiy sanoat korxona tannarhining 25% ni tashkil etadi.
Paxta xom ashyosini qayta ishlash jarayonida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni uzoq masofalarga tashishda ayniqsa mahsulatlarni eksport qilishda quydagi transport vositalaridan temir- yo‘l, suv, havo yo‘li, yuk tashuvchi avtomobil, traktorlar va maxsus yuk transportlovchi transportlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Temir-yo‘l transporti- Temir-yo‘l transportidan foydalanishda tashish masofasi 200 km dan kam bo‘lmasligi va vagonlardan temir-yo‘lga tushadigan yuk 220 kN dan oshmasligi kerak. Temir-yo‘l transportiga parovoz, teplovoz, elektrovoz va gazotruvozlar kiradi.
Suv transporti- Suv transporti turkumiga paroxod, teploxod, vodomyot, truboxod, avtomoxodlar kiradi.
Havo yo‘l transporti- Bu mashinalarga samalyotlar, vertalyotlar va dirijabllar kiradi. Bu mashinalar yuklarni uzoq masofaga tashishda boshqa turdagi mashinalarning yurishi va o‘tishi qiyin bo‘lgan botqoq, cho‘l, tog’li joylarda ishlatiladi.
Yuk avtomobillari, traktorlari va pnevmog’ildirakli shataklagichlar. Yuk avtomobillari, traktorlar va tirkamalari zimmasiga 10..15% dan ortiqroq yuklarni tashish ishlari to‘g’ri keladi. Yuk avtomobillari tez yurishi, manyovrchanligi, past- baland yo‘llarda yura olishi, tik qiyalikdan tusha olishi va kichik radiuslik qayrilishlarda burila olishi bilan boshqa mashinalardan ajralib turadi. Yuk avtomobillari maxsus va umumiy yuk tashish avtomobillariga bo‘linadi. Umumiy yuk tashish avtomobillariga bortli, o‘zi ag’daradigan mashinalar kiradi.
Maxsus yuk transportlovchi avtomobillariga furgon, avtomobil-tsisterna, truba va turli xil panellar tashuvchi avtomobillar va hokazolar kiradi.
Traktorlar ishlash muhitiga ko‘ra pnevmog’ildirakli va gusenitsali bo‘ladi. Gusenitsali traktorlar botqoq, cho‘l va o‘rmonlarda og’ir yuklarni tashish uchun ishlatiladi.
Shataklagichlar ham o‘z navbatida shataklagichlar va yarim shatagichlarga bo‘linadi.
Yüklə 393,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin