1-ma’ruza. Respublikada non mahsulotlarini ishlab chiqarishning rivojlanishi,non mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy va qo’shimcha xom ashyo



Yüklə 449,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix31.10.2022
ölçüsü449,24 Kb.
#66994
  1   2   3   4   5   6   7   8
1-Ma\'uza (4)



1-ma’ruza. Respublikada non mahsulotlarini ishlab chiqarishning 
rivojlanishi,non mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy 
va qo’shimcha xom ashyo 
 
Reja: 
1.1.Nonning inson oziqasidagi ahamiyati. Novvoylik sanoatining rivojlanishi. 
1.2.Bug’doy unining novvoylik xossalari va uni belgilovchi omillar 
1.3.Unning gaz hosil qilish qobiliyati va uni belgilovchi omillar 
1.4.Unning gaz hosil qilish qobiliyatini texnologik ahamiyati va aniqlash usullari 
1.5.«Unning kuchi» va uni belgilovchi omillar 
1.6. «Unning kuchi»ni texnologik ahamiyati va aniqlash usullari 
 
1.1.Nonning inson oziqasidagi ahamiyati. Novvoylik sanoatining rivojlanishi. 
Non bu un, suv va tuzdan shakar, yog’, sut va boshqa mahsulotlarni qo’shib (yoki 
qo’shmasdan) tayyorlangan, achitqi va xamirturushlar yordamida bijg’itilgan xamirni 
pishirish natijasida olinadigan oziq-ovqat mahsulotidir. Non tayyorlash uchun asosan 
bug’doy va javdar unidan foydalaniladi. Ba’zida qo’shimcha sifatida makkajuxori, arpa, 
no’xat, soya yoki oq juxori unidan foydalaniladi.
Yuqori oziqliq qiymati, a’lo darajadagi ta’mi, ko’ngilga tegmasligi, yaxshi hazm 
bo’lishi, tayyorlashning osonligi, saqlash sharoitlarining oddiyligi va turg’unligi bilan
non mahsulotlari er yuzidagi insonlarning asosiy oziq-ovqat mahsuloti, ba’zi 
davlatlarda esa ovqatlanish rastionida birinchi o’rindagi mahsulot hisoblanadi.
Issiq, xushbo’y, yumshoq va shirin tamli nonni iste’mol qilish insonga orom
bag’ishlaydi. Shuning uchun XX asr olimlaridan biri "yaxshi pishgan bug’doy nonining 
bir bo’lagi, inson aqlining buyuk kashfiyotlaridan birini tashkil qiladi" degan ekan.
Non haqida ko’plab ajoyib maqollar aytilgan: "Non ne’matlar sultoni - nonni 
e’zozlang", "Non mo’lligi - el to’qligi", "Nonga hurmat - elga hurmat" va boshqalar.
Nonni biz bilgan ko’rinishda tayyorlash bundan 6000 yil ilgari ma’lum edi. 
Qadim zamonlarda odamlar suvga solib bo’ktirilgan donli ekinlar urug’larini iste’mol 
qilganlar. Keyinchalik donni maydalab va pishirib istemol qilish boshlangan. Bu davrda 
don mahsulotlarini asosan bo’tqasimon ko’rinishda iste’mol qilgan. Turli xil 
tegirmonlarning ixtiro qilinishi natijasida, qizdirilgan toshlarning yuzasida yoki orasida, 
sopol toshlar orasida xamirdan pishirilgan yumaloq nonlar pishirilgan. 
Keyinchalik odamlar bijg’itib ko’pchitilgan xamirdan turli shakldagi nonlar 
tayyorlashni o’rgandilar. Xamirni bijg’ishi esa maydalangan bug’doydan va havodan 
achitqi va sut kislotasi bakteriyalari tushishi natijasida yuzaga kelgan. 
Inson tomonidan bijg’itilgan xamirdan non tayyorlashning ixtiro qilinishidan 
boshlab novvoylik rivojlangan. Ko’p asrlar davomida non uy sharoitida tayyorlab 
kelingan. Katta shaharlarning aholisini, harbiy qo’shinni va boshqalarni non bilan
ta’minlashga zarurat, novvoylik sanoatining rivojlanishiga olib keldi.


Eng oldin non ishlab chiqarishning barcha jarayonlari qo’lda bajariladigan
kichik nonvoyxonalar tashkil qilindi. Xamir qorish, xamirni bo’laklash va nonni 
pishirish jarayonini mexanizastiyalash-tirish natijasida, Evropa mamlakatlarida ishlab 
chiqarilgan mashina va pechlar bilan jihozlangan kichik va yirik novvoylik korxonalar 
tashkil topa boshladi. 
O’zbekistonda XX asrning boshlarida bunday korxonalar avvalo shaharlarda 
(Toshkent, Samarqand, Farg’ona kabi) tashkil topdi. Bu shaharlarda milliy non
mahsulotlari bilan bir qatorda evropali non turlari va navlari ham tayyorlana boshlandi. 
1925 yilda novvoylikni tubdan qayta jihozlash, non korxo-nalarini qurish va 
novvoylik jihozlari ishlab chiqaruvchi mashi-nasozlik bazasini yaratish to’g’risida
qaror qabul qilindi. 30-chi yillarga kelib hamma katta shaharlarda, shu jumladan 
O’zbekistonning viloyat markazlarida ham, mashina va pechlar bilan jihozlangan 
novvoylik korxonalari mavjud edi. Keyinchalik mexanizastiya-lashtirilgan
nonvoyxonalar barcha rayon markazlarida faoliyat ko’rsata boshladi. 
Hammaga ma’lumki, yangi pishgan nonda uning barcha xususiyatlari: muloyimlik,
ta’mi va yoqimli hidi yaqqol ko’rinib turadi. Bunday non ishtaha bilan eyiladi, ovqat 
hazm qilishda oshqozon shirasi ta’siriga tez uchraydi va yaxshi hazm bo’ladi. Shuning 
uchun keyingi vaqtlarda respublikamiz aholi shaharchalarida Vinkler firmasi mashina 
va pechlari bilan jihozlangan mexanizastiyalashtirilgan kichik nonvoyxo-nalar vujudga 
keldi. 
Bu nonvoyxonalar keng assortimentdagi non mahsulotlari ishlab chiqarish 
imkoniyatiga ega bo’lib, aholiga issiq non mahsulotlari etkazib beruvchi do’kon bilan 
ham ta’minlangan. Bu nonvoyxonalarning soni yildan yilga ortib bormoqda. 
Shu munosabat bilan ta’kidlash mumkinki, O’zbekistonning shahar va 
qishloqlarida tashkil topgan novvoylik tarmog’i, respublika aholi-sini non mahsulotlari 
bilan ta’minlashga qodirdir. 
Non-bulka mahsulotlari orasida o’zbek milliy nonlari alohida o’rin egallaydi. 
O’zbek nonlarining ko’p navlari yumaloq shakliga ega bo’lib, o’rtasi ingichka va 
chetlari qalin bo’ladi. Bu nonlar qolipli va bulka nonlarga qaraganda g’ovakligi kam, 
ammo ta’mi ayniqsa yangi pishgan vaqtida juda shirin bo’ladi. O’zbek nonlari faqatgina
Respublika hududidagina emas balki undan tashqarida ham yoqimli xushtam mahsulot 
sifatida iste’mol qilinadi. Shunday afsona borki Samarqand nonlarini faqatgina
Samarqandda pishirish mumkin ekan. Shuni alohida qayd etish mumkinki, usta nonvoy 
tomonidan oddiy resteptura asosida, tandirda tayyorlangan non haqiqiy tansiq ta’omdir. 
O’zbek nonlarini tayyorlashda mahalliy ustalarimiz katta yutuq-larga erishganlar. 
L.I.Rempelning bayon etishicha XX asr boshida Buxoroda o’zbek nonlari katta 
do’konlarda joylashgan nonvoyxonalarda tayyorlangan. Do’konninig bir qismini katta 


tandir egallagan. Yoqilg’i sifatida o’tin va shoxlardan foydalanilgan. Bitta tandirda ikki 
smena davo-mida 6 ming donagacha non pishirish mumkin bo’lgan. 
Eng katta non savdogari bo’lib - usta Ismoil nonvoy hisoblanib, uning katta 
tegirmoni (xarosxona) va nonvoyxonasi bo’lgan. Xarosxona ot bilan harakatga 
keltiriladigan tegirmondan, nonvoyxona esa to’rtta tandirdan iborat bo’lgan. Nonvoyxona 
ikki smenada 20 mingtagacha non ishlab chiqargan. Uning nonvoyxonasida tandirga non 
yopuvchi sakkizta nonpaz, xamir mahsulotlarga shakl beruvchi o’n ikkita nonshikan,
sakkizta
Yüklə 449,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin