Fanni o‘qitilishidan maqsad - talabalarda elektr ta’minoti sistemalaridagi mavjud modellardan foydalang holda jarayonlarni tahlil qilish va mustaqil modellashtirish soxasidagi bilimlarni mukammalashtirish malakalarini hosil qilish, elektr energetika yo‘nalish profiliga mos, ta’lim standartida talab qilingan bilimlar, ko‘nikmalar va tajribalar darajasini ta’minlashdir.
Energetikada EHM ni qo‘llashning dolzarbligi.
Energetikada EHM ni qo‘llash fanida informatika, kompyuter dizayni va intellektual tizimlar, matematik modellashtirish, amaliy va tizimli dasturlash bo'yicha fundamental va amaliy tushunchalar beriladi. Bu fanda amaliy dasturlar paketlaridan Excel, MS Visio, SCADA tizimlari, MathCAD, Matlab, va Python dasturlash tillari imkoniyatlaridan foydalanish ko'nikmalarini egallashadi. Bu dasturlar orqali talabalar zamonaviy raqamli texnologiyalar (kompyuterlar) asosida loyihalarni ishlab chiqishadi va ustuvor vazifalarni hal qilish, har xil energetik masalalarni yechimlarini topish bo’yicha ko‘nikma va malakalarga ega bo’ladilar.