1-Mavzu: Musobaqa turlari.
Reja:
Kirish
1. Musobaqalarni tashkil qilish va o`tkazish.
2. Musobaqalarning turlari.
3. Musobaqa o`tkazish sistemalari.
4. Musobaqa nzomi.
Tyanch iboralar. Musobaqa,
tur, birinchilik, chempionatlar, kubok, qisqartirilgan,
baravarlashtirilgan, klassifikatsiya, saralash, match, tzm, sistema.
Musobaqalarni tashkil qilish va o`tkazish.
Musobaqalarning ahamiyati
Sport musobaqalari sportchilarning malakalarini
oshirishda katta ahamiyatga
ega. Ular jismoniy, texnik, taktik, ruhiy, funksional tayyorgarliklarni aniqlashga va
takomillashtirishga yordam beradi hamda qilinayotgan
mehnatni natijasini
ko`rsatadi.
To`g`ri va yaxshi tashkil qqilingan musobaqalar
katta tarbiyaviy ahamiyatga
ega, chunki musobaqalar faqat jismoniy sifatlargagina (kuchlilik,
chidamlilik,
tezkorlik va egiluvchanlik) emas, balki ruhiy-psixologik sifatlarga ham katta ta’sir
ko`rsatadi. Musobaqa davrida sportchilarning tashkilotchilik, o`zini tuta bqilish lik,
jamoa maqsadini o`z maqsadidan yuqori qo`ya olishlik kabi yana bir qancha sifatlari
ham takomillashadi.
Musobaqalarda qatnashuvchilar avvalombor, tajriba almashadilar, murabbiylar
esa yangi trenirovka usullarini sinovdan o`tkazish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Shuningdek, sport musobaqalari sport turlarini targ`ib
qilish ning eng yaxshi va
hammabop shakllaridan hisoblanadi.
Musobaqalarning turlari
Musobaqalar
qo`yilgan
vazifalargagina
qqarab:
birinchiliklar
yoki
chempionatlar,
kubok
musobaqalari,
qisqartirilgan,
baravarlashtirilgan,
klassifikasiya
va saralash musobaqalari, match va o`rtoqlik
uchrashuvlar kabi
turlarga bo`linadi.