1-Mavzu: O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari (2 soat) Reja: «Ta`lim to`g`risidagi»



Yüklə 22,33 Kb.
səhifə1/8
tarix25.01.2023
ölçüsü22,33 Kb.
#80617
  1   2   3   4   5   6   7   8
1-Mavzu O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantiri


1-Mavzu: O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari (2 soat)
Reja:
1.«Ta`lim to`g`risidagi» Qonunning maqsadi va vazifalari
2. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari
3.Ta’lim tizimi va turlari.
4. Ta`lim shakllari


Tayanch tushunchalar: tayanch o’rta ta’lim, professional ta’lim, katta yoshdagilar ta’limi, inklyuziv ta’lim, dual ta’lim, davlat-xususiy sheriklik.

O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan «2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining 172-bandida «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilab berildi.


Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida yigirmadan ortiq xorijiy davlatning (Rossiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Italiya, Angliya, AQSh, Fransiya, Shvetsiya, Daniya, Norvegiya, Hollandiya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston va b.) ta’lim to‘g‘risidagi qonunlari o‘rganildi va ularning ilg‘or tajribalari inobatga olindi.
30 ga yaqin manfaatdor vazirlik va idoralar, ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan 50 dan ortiq mutaxassis va 100 dan ortiq fuqaro qonun loyihasi bo‘yicha fikr va mulohaza, takliflarini bildirdi. Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.
Takliflarning aksariyati ta’lim sohasidagi muammolar va ularning yechimiga, shuningdek ta’lim sifatini yaxshilashga, muallimlarning obro‘-e’tiborini oshirishga, ularning ijtimoiy himoyasiga qaratilgan.
Yangi tahrirda ishlab chiqilgan qonun loyihasida boblar soni 5 tadan 11 taga va moddalar soni 34 tadan 75 taga yetkazildi.

Yüklə 22,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin